Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Sement ko‘priklar o‘rnatishga tayyorgarlik ishlari


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

10.6. Sement ko‘priklar o‘rnatishga tayyorgarlik ishlari 
 
Tayanchi so‘zlar: 
Ko’prik qo’yich, ajratish-ta’mirlash, nosozliklarni aniqlash, kerakli texnik 
vositalar, sement ko‘priklar o‘rnatishga tayyorgarlik 
10.1. Quduqqa ko‘prik qo‘yish 
Ko‘prik deb, quduq ostki qismini yuqori qismidan ajratuvchi sun’iy inshoatga 
aytiladi. Ko‘priklar rezinali, plastmassali, metalli, sementli va boshqa burg‘ilanadigan 
materiatllardan bo‘lishi mumkin. Ularni ochiq stvolda hamda himoya tizmasini ichki 
qismida o‘rnatish mumkin.
Istiqbolli gorizontlarni sinash jarayonida qatlam sinagichi uchun tayanch 
vazifasini bajaruvchi sun’iy zaboy sifatida, shuningdek o‘tkazuvchan gorizontallarni 
quvurni ichki qismi bilan tutashgan orqaliklarini bir-biridan vaqtinchalik yoki doimiy 
ajratish maqsadida himoya tizmasi ichida ko‘priklar qo‘yiladi. Ko‘prik tayyorlashni 
eng samarali usuli qo‘yidagicha. NKK ostki qismiga rezba yordamida qotirilgan ichi 
g‘ovak (bo‘sh) konteyner bilan himoya tizmasi ichiga tushiriladi. Konteynerni ichida 
markaziy o‘tish kanaliga ega bo‘lgan manjetli tiqin kalibrlangan shtiftlar yordamida 
qotirilgan. Konteyner quyilishi lozim bo‘lgan ko‘prikni ostki chegarasida 
joylashtiriladi. 
Quduq to‘liq yuvib bo‘linganidan keyin NKK ni ichiga birinchi ajratish 
tiqinini joylashtirilib ustidan hisoblangan miqdorlik tamponaj eritmasi haydaladi. 


108 
So‘ngra sementlash uskuna ichidagi ikkinchi ajratish tiqini qo‘yib yuborilib, ustidan 
belgilangan miqdorda bosuvchi suyuqlik haydaladi. Tamonaj eritmasini zarur 
miqdori qo‘yiladigan ko‘prik hajmini tahminan 120 % ga teng bo‘lsa, bosuvchi 
suyuqlikni zarur hajmi esa NKK ni ichki hajmiga teng. Birinchi ajratish tiqini, 
manjetli tiqingacha borib, uni o‘rindig‘iga joylashadi va o‘tish kanalni yopadi. 
Bosuvchi suyuqlikni haydalib turishi natijasida NKK ichida bosim tezda oshadi. 
Bosim 3 MPa borgan vaqtda kalibrlangan shtirtlar kesilib, manjetli tiqin (birinchi 
ajratish tiqini bilan birga) konteynerlardan chiqadi va kengayib himoya tizmasi 
devorlariga zichlashadi tamonaj eritmasi manjetli tiqin ostidan quvur orti muhitiga 
siqib chiqariladi.
Ikkinchi ajratuvchi tiqin NKK ni konteyner bilan biriktiruvchi perevodnikni 
o‘rindig‘iga joylashishi bilan bosuvchi suyuqlikni quvurlar tizmasi ichida harakatlana 
olmaydi va yana sementlash uskuna uchida bosim tezda oshadi. SHu vaqtda 
suyuqlikni haydash to‘xtatiladi. So‘ngra NKK ni shunday ko‘tarish lozimki 
konteyner ko‘prikni yuqorigi chegarasidan 20-25m yuqorisida bo‘lsin. Quduqni yana 
teskari sirkulyasiya usuli bilan to‘liq yuviladi. YUvish jarayonida ikkilamchi ajratish 
tiqini yuza qismiga chiqarib yuboriladi. 
Tamponaj eritmasi qotganidan keyin burg‘i bilan burg‘ilash quvurlari 
tushirilib ko‘prikni yuqori chegarasini chuqurligi aniqlanadi. Uning kuchsiz yuqori 
qismi burg‘ilanadi va suyuqlik ustuni bosimini kamaytirish orqali germetikligi 
tekshirib ko‘riladi. Agar ko‘prik germetik bo‘lmasa, unda uni burg‘ilab o‘tilib, 
ko‘prik quyish operatsiyasi takrorlanadi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling