Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
sement ko‘prik o‘rnatish usullari
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
10.4.7.sement ko‘prik o‘rnatish usullari
112 Sement ko‘priklar mustahkamlangan va mustahkamlanmagan quduqlarda o‘rnatiladi. Belgilash va geologik-texnik sharoitlarga bog‘liq holda qo‘prik o‘rnatishning quyidagi usullaridan foydalaniladi. 1) Muvozanat usuli. Haydash quvurlari va halqasimon oraliqdagi tamponlash eritmalari ustunlarini muvozanatga keltirishga asoslangan. 2) Nazorat usuli. Ikkita ajratish tiqinlari va NKQning quyi qismiga o‘rnatiladigan ajratish tiqinlari o‘tirgichi va ajratish tiqinlarini o‘rnatish uchun yuqori bosim jo‘mrakli sementlash boshmoqidan tashkil topgan maxsus moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Bu usul quduqlarni mustahkamlash quvurlarini sementlashda ishlatilib, undan quduqlarni kapital ta’mirlashda kamdan-kam foydalaniladi. 3) Jelonkali usul. Ko‘prik karotaj kabelidagi jelonka yoki ajratish pakeri yordamida o‘rnatiladi. Bu usul chuqur bo‘lmagan quduqlarda qo‘llaniladi [1]. Bir qator texnik sabablarga ko‘ra bu usul keng tarqalmagan va hozirgi vaqtda O‘zbekiston xududida qo‘llanilmaydi. 4) Bosim ostida sementlashda sement stakanni (ko‘prik) asorat intervali yuqorisida qoldirish usuli. Bu usul tog‘ jinslarini plastik oqimi hududida (oquvchanlar va rapo xatar hududlar) joylashgan quduqlarni sementlashda sement eritmasini sQK vaqtida mustahkamlash quvurlarini radial va egilma zo‘riqishga chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi. Izoh – keltirilgan sement ko‘prik o‘rnatish usullari tasnifida xozirda quduqlarni kapital ta’mirlashda qo‘llanilmaydigan usullar aytib o‘tilmadi, shuning uchun quyidagi rahbariy hujjatda amaliyotda eng keng qo‘llaniladigan sement ko‘prik o‘rnatish usullari ko‘rib chiqilgan. 10.4.7.Mustahkamlangan quduq tanasida sement ko‘prik o‘rnatish usullari: a)Sement ko‘priklarni bosim ostida o‘rnatish texnologiyasi; b) «Osiq» sement ko‘priklar o‘rnatish texnologiyasi; c)Quduq ob’ektlarini sinashda ajratuvchi ko‘priklarni o‘rnatish texnologiyasi; Mustahkamlanmagan quduq tanasida sement ko‘priklar o‘rnatish texnologiyasi. 113 10.4.8.Uglerod-sement eritmasi yordamida sement ko‘priklar o‘rnatish texnologiyasi Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling