Fanni oʼqitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalar “Neft va gaz ishi asoslari” fanini oʼzlashtirishlari uchun oʼqitishning ilgʼor va
zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish
muhim ahamiyatga ega. Fanni oʼzlashtirishda darslik, oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar, maʼruza
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, hamda ishlab chiqarishdagi namunalar va
maketlardan foydalaniladi. Maʼruza va amaliy mashgʼulot darslarida mos ravishdagi ilgʼor
pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Аsosiy nazariy qism (maʼruza mashgʼulotlari)
Fan tarkibi mavzulari:
1-modul.Kirish. Fanning mazmuni va qisqacha tarixi.
1-mavzu. Kirish. Fanning mazmuni va qisqacha tarixi
Kirish.Oʼzbekiston Reslublikasida mustaqillik yillarida neft va gaz sanoatining rivojlanishi va
istiqbollari, sanoat rivojlanishiga bagʼishlangan.
2-mavzu. Neft va gaz konlarining tasnifi.
Neft konlarini va gaz konlarini tuzilishiga qarab tasniflash. Uyumlarning geologik tuzilish
xususiyatlari va qatlam yotqiziqlari toʼgʼrisida maʼlumot.
3-mavzu. Neft va gaz uyumlarining kollektorlik xossalari.
Mahsuldor qatlamni tashkil etgan togʼ jinslarning turli kon-geologik sharoitda kollektorlik
xossalari. Togʼ jinslarning gʼovakliligi, oʼtkazuvchanligi, granulametrik tarkibi, turliligi, elektr
va issiqlik oʼtkazish qobilyati, karbonatliligi va xossalari.
4-mavzu. Qatlam bosimi va harorati.
Qatlam bosimi, gidrostatik bosim, geostatik bosim, suyuqlikning gazga toʼyinish bosimi va
ularning oʼzaro bogʼliqligi. Qatlam harorati, geotermik pogʼona va geotermik gradient toʼgʼrisida
tushuncha.
5-mavzu. Neft tarkibi va tasnifi. Neftning asosiy fizikaviy xossalari.
Konlardagi neftning tarkibiy qismi toʼgʼrisida tushuncha. Neftning zichligi, tarangligi,
qovushqoqligi va boshqa fizikaviy xossalari. Neftlarni qovushqoqligi va tarkibidagi parafin,
asfalьt, mum, oltingugurt va boshqa parametrlari boʼyicha tasniflash. Аnomal neftlar toʼgʼrisida
tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |