Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor o‘qituvchilari
Download 10.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Taqriz marksheyder NOMDOROV
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor o‘qituvchilari R.U.Nomdorov, A.A.Abdiazizov, Sh.B Chorshanbiyev va I.Y Soxibovlar tomonidan tayyorlangan “Marksheyderlik ishi” nomli o‘quv qo‘llanmaga ТА Q R I Z Hozirgi kunda yuqori malakali, xorijiy tajribaga ega bo‘lgan yetuk kadrlarni tayyorlash zamonamiz talabi hisoblanadi. Shunday ekan, pedagogik jarayonlarning eskirib qolgan texnologiyalarini yangisiga almashtirish va unga davr talablari asosida yondashish, hamda unga o‘quv jarayonida zamonaviy uslublarini tadbiq etish asosiy vazifalardan biridir. Mazkur, O‘quv qo‘llanma “Marksheyderlik ishi” fanidan 60722000 – Marksheyderlik ishi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tasdiqlangan fan dasturi asosida bajarilgan bo‘lib, unda o‘quv qo‘llanmaga qo‘yilayotgan barcha asosiy talablarga mos keladi. Chunki bu o‘quv qo‘llanma zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshiriladigan jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, u keng qamrovli va ma’lumotlar bazasiga boy hisoblanadi. O‘quv qo‘llanma mualliflarning ma’lumotlari asosida to‘plangan holda, bir tizimga solishga erishilgan. O‘quv qo‘llanmaning yozilishi aniq bir maqsad va vazifa, hamda maqsaddan kelib chiqqan holda unda ma’lum bir vazifalar belgilangan bo‘lib, amaliy ahamiyatga egadir. Oliy ta’lim muassasalarida Davlat tilidagi darslik va o‘quv – uslubiy qo‘llanma va dasrliklarning yetarli darajada bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Ana shu maqsadda, mualliflar “Marksheyderlik ishi” ta’lim yo‘nalishi sohalari ishlarini rivojlantirishda “Marksheyderlik ishi” fanining ahamiyati, uning maqsad va vazifalari, rivojlanishi, asosiy nazariyalari, tarmoqlari, asosiy usullarini amaliyotda qo‘llash, ochiq va yer osti konlarida marksheyderlik xizmatlari va tasvirga olish ishlarining sifatiga va istiqboliga ta’siri kabi masalalarni yechishni yoritib bera olgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma zamonaviy o‘quv dasturlari va ularni qo‘llash metodlari ilmiy tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan bo‘lib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda mashg‘ulotlarni zamonaviy modul asosida tashkil etish imkonini beradi, unda tayanch iboralar, nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar to‘plami berilgan, taqdimot materiallari ham yetarli darajada. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mualliflar R.U.Nomdorov, A.A.Abdiazizov, Sh.B Chorshanbiyev va I.Y Soxibov larning o‘quv qo‘llanma katta hajmdagi ishlarni o‘z ichiga olib, yuqori saviyada bajarilgan. Taqrizchi sifatida, men ushbu o‘quv qo‘llanmani ijobiy baholab, uni o‘quv jarayonida foydalanish va chop etish uchun tavsiya etaman. Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari To‘rayev S.K. Download 10.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling