Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


 Qabul qilish va topshirish ko‗rinishidagi sinov


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

9.2. Qabul qilish va topshirish ko‗rinishidagi sinov. 
Qabul qilish va topshirish ko‗rinishidagi sinovda quyidagi ishlar bajariladi: 
-rostlash organlarini va pnevmatik, gidravlik ijro etuvchi qurilmalarning ishchi 
bo‗shlig‗ini germetikligi va mahkamligi; 
- aniqlik sinfi; 
- zatvorning nogermetikligi. 
Davriy sinovda quyidagi ishlar bajariladi: 
-xaqiqiy maksimal o‗tkazuvchanlik xususiyati K
V
100 

-o‗tkazuvchanlik xarakterstikasi; 
- asosiy statik keltirilgan xatoligi; 
- shtokni (yoki valni) surilishi bo‗yicha varisiyasi; 
- sezgirlik progini; 
- detallar va bloklarni almashtiraolinishi
- tebrashishga mahkamligi. 
Tipik sinovda ijro etuvchi qurilma standartlarda va ishlab turgan texnik 
sharoitlarda ko‗rsatilgan xamma punktlar bo‗yicha sinovdan o‗tkaziladi.
9.3. Ijro etuvchi qurilmalarni parametrlarini va
xarakteristikalarini hisoblash va tanlash 
Ijro etuvchi qurilmalar yordamida boshqarish obyektiga ta‘sir etuvchi signalni 
amalga oshiriladi, yani
)
(t
кх


(1) 
Bu yerda k- proporsionallik koeffisiyenti. 
Bu yerda boshqarish obyektiga ta‘sir etayotgan signal  obyetga kirayotgan yoki 
undan chiqayotgan mahsulotlarni sarfini yoki energiyasini o‗zgartirish hisobiga 
rostlanilayotgan kattalikni bir xil meyorda ushlab turadi. 
Ko‗pchilik holatlarda ijro etuvchi qurilmalar boshqarish sistemalariga statik va 
dinamik xatolik kiritadilar. Bu xatolik boshqarish obyekti va boshqarish qurilmalari 
xususiyatlari, ulanishlari natijasida tushuntiriladilar, bu esa boshqarish sifatiga ta‘sir 
etadi. 
Ijro etuvchi qurilmalarni funksional sxemasini ko‗rib chiqamiz. Rostlash 
qurilmasini va masofadan boshqarish qurilmalarini chiqish signaali pozisionerning 
jamlagichiga beriladi, bu siignal ijro etuvchi qurilmaning chiqish elementi holati 
bilan qo‗shiladi. Jamlangan siganal (ayirma ko‗rinishidagi signal) kuchaytirgich 
yordamida kuchaytiriladi va pilot elementiga uzatiladi, u uz navbatida ijro 


85 
mkxanizmining ishchi bo‗shlig‗iga ishchi havoni borishini boshqaradi. Ishchi 
bo‗shliqdagi bosim membranani effektiv yuzasiga ta‘sir etib, uni xarakatlanuvchi 
sistemasiga ta‘sir etuvchi siljituvchi kuchga aylantiradi. Harakatlanuvchi sistema
ijro mexanizmini chiqish zvenosidan, rostlash organini shtokida va birlashtiruvchi 
elementlardan tashkil topgan. Siljituvchi kuch xarakatlanuvchi sistemani boshqa 
ta‘sir etayotgan kuchlari bilan birgalikda zatvorni harakatga keltiradi. Zatvor surilishi 
oqibatida rostlash organini o‗tkazuvchanligini o‗zgartiradi. 
Zatvorni surilishi bilan rostlash organini o‗tkazuvchanligini o‗z-aro bog‗liqligi 
o‗tkazuvchanlik xarakteristikasi deyiladi, bu bog‗lani asosan rostlash organini 
germetikligi asosida amalga oshiriladi. O‗tkazuvchanlik xususiyatini o‗zgarishi 
rostlash organidan o‗tayotgan muhitni sarfini o‗zgarishiga olib keladi, bu sarfni 
o‗zgarishi gidravlik sistemani xususiyatlariga xam bog‗liqdir.
Shunday qilib «komanda ko‗rinishidagi signal – sarfga» aylantiriladi, bunda 
«komanda ko‗rinishidagi signal – ta‘sir qiladigan ayirma signalga – ijro mexanizmini 
ishchi bo‗shlig‗idagi havoni potokiga – bosimga – siljituvchi kuchga – 
xarakatlanuvchi sistemani siljishiga – o‗tkazuvchanlikga - sarfga». 
Yuqorida keltirilgan va o‗z navbatida ta‘sir etadigan ketma ketliklar ijro 
etuvchi qurilmalarning quyidagi elementlarini maxsus struktura ko‗rinishida tuzilishi 
hisobiga amalga oshiriladi:
Jamlagich – kuchaytirgich – pilot elementi – ishchi bo‗shlik – membranali blok 
– xarakatlanuvchi sistema – drosseli juftlik – gidravlik sistema. 
Ijro etuvchi qurilmalarda tug‗ri janjirdan tashqari teskari janjir xam mavjud 
bo‗lib, unda teskari ta‘sir xam o‗rinlidir. Ishchi bo‗shliqning xajmi zatvorning 
holatiga chiziqli bog‗nanish funksiyasi bilan ifodalanadi. Membrananing effektiv 
yuzasi xam ijro mexanizmining holatiga bog‗liqdir. Rostlash organida undan 
o‗tayotgan muhit sarfning o‗zgarishi unda hosil bo‗layotgan bosimlar farqini 
o‗zgarishiga olib keladi, bu hol o‗z o‗zidan rostlash organining zatvorini dinamik va 
statik kuchlarini o‗zgarishiga olib keladi. 
Shunday qilib, ijro etuvchi qurilmalar maxsus ko‗rib chiqilishi kerak bo‗lgan 
murakkab sistemaga kiradi, chunki u nochiziqli bog‗lanishlarga asoslangan va o‗z-
aro chorraxa ko‗rinishidagi bog‗lagnishlarga ega bo‗lgan zvenolarni majmuasidir.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling