Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Ijro etuvchi qurilmalarga umumiy texnik talablar haqida ma‘lumot bering?
2. Ijro etuvchi qurilmalari qanday turdagi sinovlardan o‗tkaziladi? 
3. Qabul qilish va topshirish ko‗rinishidagi sinov qanday sinov?
4. Davriy sinovda qanday ishlar bajariladi?
5. Tipik sinovda qanday ishlar bajariladi? 
ADABIYOTLAR:
1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni 
nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 
2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent
2012. 


86 
3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: 
Академия, 2007. 
4. Емельянов А.И. и др. Исполнительные устройства промышленных 
регуляторов. –М.: Машиностроение, 1975. 
 
MAVZU: ROSTLASH ORGANLARI VA ULARNING TURLARI. 
REJA: 
1. Rostlash organlari va ularning turlari 
2. Rostlash organlarining o‗tkazuvchanlik xususiyati
3. Rostlash organlariga qo‗yiladigan umumiy talablar 
 
Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi
uzluksiz rostlash organlari, diskret rostlash organlari, zatvor, bosimlar farqi
o‗tkazuvchanlik xususiyati, kuch xarakteristikasi, minimal o‗tkazuvchanlik 
xususiyati, maksimal xaqiqiy o‗tkazuvchanlik xususiyati o‗tkazuvchanlik 
xususiyatini o‗zgarish diapazoni. 
 
 
10.1. Rostlash organlari va ularning turlari 
Ijro etuvchi qurilmaning rostlash organi, o‗zgaruvchan gidravlik qarshilik 
hisoblanib, muhitni o‗tish yuzasiga ta‘sir etish yo‗li bilan uni sarfini o‗zgartiridi. 
O‗tish yuzasini o‗zgarishi xarateriga ko‗ra rostlash organlari quyidagi turlarga 
bo‗linadi: 
- uzluksiz rostlash organlari
- diskret rostlash organlari. 
Birinchisi, miksimal va minimal o‗tish yuzasi orasidagi uni hamma qiymatlarini
amalga oshirib bera oladi. Ikkinchisi esa o‗tish yuzasini pog‗onali ravishda 
o‗zgartiradi. Diskret rostlash organlari ikki pozisiyali organlar sifatida keng 
tarqalganlar, ular o‗tish yo‗lini to‗liq ochadilar yoki to‗liq yopadilar. 
Ijro etuvchi qurilmalarning ba‘zi bir parametrlari shartli o‗tkazuvchanlik 
xususiyatlari, shartli bosimi, bosimlar farqi va shartli o‗tish yo‗llari asosan rostlash 
organini konstruksiyasini va o‗lchamlarini belgilaydi.
Yuqorida keltirilgan asosiy parametrlaridan tashqari qo‗shimcha parametrlar 
xam borki ularni rostlash organlarini tanlashda hisobga olish kerak bo‗ladi. Boshqa 
parametrlarni kerakligi ijro etuvchi qurilmalarning effektiv ishlatilishi uchun 
qo‗yiladigan talablardan kelib chiqadi. Masalan, zatvorni germetik bo‗lishi, 
o‗tkazuvchanlik xususiyatini minimal qiymatini amalga oshirish, rostlash diapazoni, 
dinamik va boshqa xarakteristikalari konkret ishlatish sharoitlaridan kelib chiqadi, va 
ishlashida juda katta rol o‗ynaydi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling