Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
NAZORAT SAVOLLARI: 1. Ijro etuvchi qurilmalarga umumiy texnik talablar haqida ma‘lumot bering? 2. Ijro etuvchi qurilmalari qanday turdagi sinovlardan o‗tkaziladi? 3. Qabul qilish va topshirish ko‗rinishidagi sinov qanday sinov? 4. Davriy sinovda qanday ishlar bajariladi? 5. Tipik sinovda qanday ishlar bajariladi? ADABIYOTLAR: 1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012. 86 3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: Академия, 2007. 4. Емельянов А.И. и др. Исполнительные устройства промышленных регуляторов. –М.: Машиностроение, 1975. MAVZU: ROSTLASH ORGANLARI VA ULARNING TURLARI. REJA: 1. Rostlash organlari va ularning turlari 2. Rostlash organlarining o‗tkazuvchanlik xususiyati 3. Rostlash organlariga qo‗yiladigan umumiy talablar Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, uzluksiz rostlash organlari, diskret rostlash organlari, zatvor, bosimlar farqi, o‗tkazuvchanlik xususiyati, kuch xarakteristikasi, minimal o‗tkazuvchanlik xususiyati, maksimal xaqiqiy o‗tkazuvchanlik xususiyati o‗tkazuvchanlik xususiyatini o‗zgarish diapazoni. 10.1. Rostlash organlari va ularning turlari Ijro etuvchi qurilmaning rostlash organi, o‗zgaruvchan gidravlik qarshilik hisoblanib, muhitni o‗tish yuzasiga ta‘sir etish yo‗li bilan uni sarfini o‗zgartiridi. O‗tish yuzasini o‗zgarishi xarateriga ko‗ra rostlash organlari quyidagi turlarga bo‗linadi: - uzluksiz rostlash organlari; - diskret rostlash organlari. Birinchisi, miksimal va minimal o‗tish yuzasi orasidagi uni hamma qiymatlarini amalga oshirib bera oladi. Ikkinchisi esa o‗tish yuzasini pog‗onali ravishda o‗zgartiradi. Diskret rostlash organlari ikki pozisiyali organlar sifatida keng tarqalganlar, ular o‗tish yo‗lini to‗liq ochadilar yoki to‗liq yopadilar. Ijro etuvchi qurilmalarning ba‘zi bir parametrlari shartli o‗tkazuvchanlik xususiyatlari, shartli bosimi, bosimlar farqi va shartli o‗tish yo‗llari asosan rostlash organini konstruksiyasini va o‗lchamlarini belgilaydi. Yuqorida keltirilgan asosiy parametrlaridan tashqari qo‗shimcha parametrlar xam borki ularni rostlash organlarini tanlashda hisobga olish kerak bo‗ladi. Boshqa parametrlarni kerakligi ijro etuvchi qurilmalarning effektiv ishlatilishi uchun qo‗yiladigan talablardan kelib chiqadi. Masalan, zatvorni germetik bo‗lishi, o‗tkazuvchanlik xususiyatini minimal qiymatini amalga oshirish, rostlash diapazoni, dinamik va boshqa xarakteristikalari konkret ishlatish sharoitlaridan kelib chiqadi, va ishlashida juda katta rol o‗ynaydi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling