Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Ijro etuvchi qurilmalarning metrologik xarakteristikalari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
8.2. Ijro etuvchi qurilmalarning metrologik xarakteristikalari
Ijro etuvchi qurmilmalarning quyidagi kattaliklari va xarakteristikalarini tekshirish kerak bo‗ladi: 1. Salt siljishi bo‗yicha asosiy keltirilgan xatoligi – shtokni haqiqiy S D va keltirilgan S P siljishlari orasidagi maksimal ayirmani shartli siljishiga nisbati prosent hisobida tekshirilayotgan normal sharoitda, salt siljishda. 100 MAX Y P D S S S Salt siljish deganda rostlash organidan muhit o‗tmayotganida va salniklar tortilmagan holdagi, normal sharoitda ijro etuvchi qurilmalarni ishlashi tushuniladi. Normal sharoit deganda atrof muhitni temperaturasi 20 5 0 C va manba bosimi 3%. 2. Shartli o‗tkazuvchanlik xususiyati K VY . Maksimal o‗tkazuvchanlik qobiliyati K V100 bilan shartli o‗tkazuvchanlik kobiliyatlari K VY orasidagi ruxsat etilgan ayirma 10 % bulishi kerak. 3. O‗tkazuvchanlik xarakteristikasi GOST asosida tekshiriladi. 4. Ijro mexanizmlarini rostlash organlari bilan birlashtirish usullari. Ijro mexanizmlarini rostlash organlari bilan o‗zaro biriktirishda, maxkamlashda va siljituvchi kuchni to‗g‗ri uzatishda quyidagi talablarga javob berilishi kerak: - zatvorni lyuftsiz siljishini amalga oshirish kerak, chunki lyuft gisterezis paydo bo‗lishiga olib keladi. - Siljituvchi kuchni ijro mexanizmlarini chiqish elementidan rostlash organini kirish elementiga uzatuvchi bilashtiriladigan elementlar mustahkam bo‗lishi kerak, chunki ularni deformasiyalanishi ijro etuvchi qurilmalarning siljish xarakteristikalariga xatolik kiritmasin. 82 Qismlarni birlashtirish ularni yig‗ishda, ajratib olishda va ularga xizmat ko‗rsatishda qulay bo‗lishi kerak. Ijro etuvchi qurilma yig‗ma holda (ijro mexanizmi krishkaga yoki rostlash organini korpusiga maxkamlangan bo‗ladi) va yig‗ma bulmagan holda (ijro mexanizmi aloxida maxkamlanadi) bo‗lishi mumkin. Yig‗ma ijro etuvchi qurilma kompaktroq bo‗ladi, chunki uni maxkamlash uchun maxsus fundament yoki kronshteyn kerak bo‗lmaydi. Yig‗ma ijro etuvchi qurilmalar zavodda yig‗ilishi hisobiga qiyshayib qolish va montaj qilinishida xatoliklar bo‗lishini oldi olinadi. Ko‗pchilik ishlab chiqarilayotgan ijro etuvchi qurilmalar yig‗ma holda bo‗ladi. Yig‗ma holda bo‗lmagan ijro etuvchi qurilmalara, asosan, aloxida hollarda ya‘ni ularni o‗rnatish sharoiti noqulay bo‗lgan hollarda ishlatiladi. Ijro mexanizmlarini chiqish elementlarini rostlash organlarining kirish elementlari bilan yig‗ma holda chiqarilishi turli hollarda bajariladi: - bevosita; - bikir; - trosli. Bevosita yig‗ma ko‗rinishda degani bunda ijro mexanizmini chiqish elementi (shtoki yoki vali) rostlash organini kirish elementi (shtoki yoki valiga) bevosita maxkamlanadi. Bunday mahkamlanish asosan yig‗ma ijro etuvchi qurilmalarda amalga oshiriladi. Kichik va o‗rtacha sarflar uchun mo‗ljallangan ijro etuvchi qurilmalar uchun bevosita ulash birlashtiruvchi gaykalar asosida amalga oshiriladi (razemniy va nerazemniy). Bunday ulanish lyuftni yo‗qotadi. O‗lchovlari kichik bo‗lgan ijro etuvchi qurilmalarda ijro mexanizmining va rostlash organining shtoklari bitta detel ko‗rinishida bajariladi. Bevosita ulash richaglar va reykali uzatish asosida bajariladi. Bunday ulashlash asosan yig‗ma va yig‗ma bo‗lmagan ijro etuvchi qurilmalarda ishlatiladi. Zaslonkali ijro etuvchi qurilmalarda, zatvor-disk 60-90 0 aylanadi, bunda shtokni chiziqli yo‗nalishi richakli uzatmalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita ulash yig‗ma bo‗lmagan ijro etuvchi qurilmalarda ham qo‗llaniladi. Richag va tyagalar yordamida bevosita ulashni amalga oshirilganda ijro mexanizmi 8 metrgacha masofada o‗rnatiladi. Tros orqali bog‗lanish richagli uzatishlar bilan birga yig‗ma bo‗lmagan ijro etuvchi qurilmalarda ishlatiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling