Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Ijro etuvchi qurilmalarning ta‘sir etish turi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
7.3. Ijro etuvchi qurilmalarning ta‘sir etish turi Ta‘sir etish turi bо‗yicha ijro etuvchi qurilmalar normal holda ochiq va normal holda yopiq kо‗rinishda bо‗ladilar. 79 Normal holda ochiq ijro etuvchi qurilmalar ijro etuvchi mexanizmnnng ishchi bо‗shlig‗ida (qismida) siqilgan havo bо‗lmaganda rostlash organidan suyuqlik о‗tadigan yо‗lak mutloq ochiq bо‗ladi, ya‘ni maksimal о‗tkazuvchanlik holat К V100 tushuniladi. Normal holda yopiq ijro etuvchi qurilmalarda ishchi bo‗shliqda siqilgan bosim bo‗lmasa, rostlash organidan suyuqlik o‗tadigan yo‗lak mutloq yopiq bo‗ladi, o‗tadigan sarf miqdori nogermetichlikka bog‗liqdir. Ijro etish qurilmalarida konkret texnologik qurilmalar uchun ijro qurilmalarini boshqarishdagi avariyaga olib kelishi mumkin bo‗lgan hollardan kelib chiqadi, ya‘ni xavfsizlik holatlaridan kelib chiqar ekan. Ijro etuvchi qurilmalarni ta‘sir etish turi asosan ularni ijro mexanizmlari bilan rostlash organlarini konstruksiyalari bilan belgilanadi. Membrana-prujinali ijro mexanizmlari asosan to‗g‗ri taxsir etadigan qilib tayyorlanadi markasi PPX, teskari ta‘sir etadigan qilib tayyorlansa markasi OPX bo‗ladi. Rostlash organlari ta‘sir etish turiga ko‗ra quyidagicha bo‗linadilar: - normal yopiq KZ (o‗tish darchasini kengaytirish uchun shtokni korpusdan uzoqlashtirish kerak); - normal ochiq (о‗tish darchasini kengaytirish uchun shtokni korpusni ichiga qarab yо‗naltirish kerakdan uzoqlashtirish kerak). Ushbu klassifikatsiyalanish zaslonkali va uch tomonli rostlash organlaridan tashqari xamma RO ga taalluqlidir. Zaslonkali ijro etuvchi qurilmalar asosan tо‗g‗ri tasir etuvchi ijro mexanizmlari Bilan komplektatsiyalanadi. Ijro etuvchi qurilmaning tasir etishini о‗zgartirish unda tо‗g‗ri keladigan richagli uzatish qurilmasini о‗rnatish hisobiga amalga oshiriladi. Ikkita egarli rostlash organlari asosan KZ va KO kurinishida bajarilib, ta‘sir kо‗rinishini о‗zgarishi zatvorni 180 0 aylantirish natijasida amalga oshiriladi. Shuning uchun xam ijro etuvchi qurilmalar tо‗g‗ri siljuvchi ijro maxanizmlari sifatida komplektatsiyalanadi PPX, ta‘sir etishi rostlash organini ta‘sir etishi kо‗rinishi bilan belgilaniladi(KZ – normal ochiq ijro etuvchi qurilmalar uchun, KO – normal yopiq ijro etuvchi qurilmalar uchun). Bir egarli, shlang kо‗rinishidagi va diafragma kо‗rinishidagi rostlash organlari ta‘sir etishining kо‗rinishi bо‗yicha kо‗pincha normal holatda yopiq bо‗ladi. Shuning uchun ularning ta‘sir etishining kо‗rinishi ijro mexanizmlari orqali amalga oshiriladi (PPX – normal ochiq ijro etuvchi qurilmalar uchun, OPX – normal yopiq ijro etuvchi qurilmalar uchun). Avariya holatida ijro mexanizmini ishchi bо‗shlig‗idagi bosimni chiqarib yuborish uchun zatvorni holati ijro etuvchi qurilmalar tanlangan konstruksiyalari hisobiga hosil bо‗ladigan siljish sistemasiga ta‘sir etuvchi kuchlarning nisbatiga bog‗liq bо‗ladi. Shuning uchun rostlash organlarini zatvoriga rostlanilayotgan muhit tomonidan ta‘sir etayotgan kuchni yо‗nalishi tomonidan kо‗rib chiqamiz. Keltirilgan sabablarga kо‗ra о‗zi ochiladigan rostlash organi (rostlanuvchi muhit zatvorga ta‘sir etib, muhit о‗tish joyi ochiq holda bо‗ladi) va о‗zi yopiladigan (rostlanuvchi muhit zatvorni shunday sо‗radiki, о‗tish joyi yopiq holda bо‗ladi). 80 Zaslonkali rostlash organlari asosan о‗zi yopiladigan bо‗ladi: muhitni bosimi shunday kuch yoki moment hosil qiladiki, buni natijasida zatvorni yо‗nalishi о‗tish joyini ypadigan yо‗nalishda bо‗ladi. Ikki egarli rostlash organlarida zatvorga ta‘sir etuvchi kuchning yо‗nalishi uning ta‘sir etishini kо‗rinishiga va rostlash organidan о‗tayotgan muhitni yо‗nalishiga va yana zatvorni holatiga bog‗liq bо‗ladi. Ikki egarli rostlash organlarida ta‘sir etuvchi kuchning qiymati katta bо‗lmaydi. Bir egarli rostlash organlarida muhitni yo‗nalishiga ko‗ra: - o‗zi yopiladigan (muhit zatvorni ustiga beriladi); - o‗zi ochiladigan (muhit zatvorni tagiga beriladi). Shlangali va diafragmali rostlash organlari o‗zi ochiladigan ko‗rinishda bajarilib,: muhitni bosimi o‗tish yo‗lini ochishga mo‗ljallangan bo‗ladi. Shunday qilib ijro etuvchi qurilmaning tanlangan ta‘siri ko‗rinishi bo‗yicha, ijro mexanizmida amalga oshiriladigan siljituvchi kuchi ijro qurilmasini suriluvchi sistemasiga ta‘sir etadigan turli kuchlarning summasidan kata bo‗lishi shart. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling