Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
7.2. Bosimlar farqi. Ijro etuvchi qurilmani normal ishlashini belgilovchi rostlanilayotgan muhitdagi bosimlar farqi uni asosiy parametrlaridan hisoblanadi. Ushbu kattalikni cheklovchi ba‘zi sabablarni kо‗rib chiqamiz. 1. Rostlash organi yuqori bosimlar farqiga ega bо‗lgan muhitda ishlasa drossellovchi juftlikni drossellovchi va ishqalanuvchi yuzalari shuningdek korpus keskin erroziyaga (yemirilishga) uchraydi. Bu holatda rostlash organini konstruksiyasida zararlangan qismlarni tezlik bilan almashtirish nazarda tutilishi kerak. 2. Rostlash organini yuqori bosimlar farqida ishlashi ijro etuvchi qurilmalarda tebranish va g‗uvullash hosil qiladi, bu о‗z navbatida uni normal ishlash vaqtini kamaytiradi. 3. Rostlash organini yuqori bosimlar farqida ishlashi rostlash organidan о‗tayotgan muhitni zatvorga statik va dinamik ta‘siri boshqarish uchun amalga oshiriladigan siljituvchi kuchni ta‘sirini va ijro mexanizmni gabarit о‗lchovlarini kattalashtiradi. Kо‗pchilik holatlarda pnevmatik ijro mexanizmlarni siljituvchi kuchlarni yetarli bо‗lmay qoladi, shunda elektr va gidravlik ijro mexanizmlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bо‗ladi 4. Ba‘zi bir konstruksiyadagi rostlash organlarida bosimlar farqini oshib ketishi ijro etuvchi qurilmani beqaror ishlashiga olib keladi, chunki zatvorga ta‘sir etadigan statik va dinamik ta‘sirlar hisobiga. Bu hol, asosan, muhitni zatvorga tug‗ridan-tо‗g‗ri bir egarli va ikki egarli burchakli rostlash organlarida uchraydi 5. Yuqori bosimlar farqiga ega bо‗linganda suyuqliklarni drosselash (yuzasini keskin torytirish) hisobiga truboprovoda kavitatsiyalanish effekti bо‗ladi. Kavitatsiyalanish jarayoni bu suyuqliklarni drossellanish paytida gazsimron fazaga о‗tishi va yana suyuqlik holiga о‗tishidir. Kavitatsiyalanish jarayoni drossellovchi paralarni, rostlash organlarini korpuslarini tez yemirilishiga olib keladi. Uni yо‗qotish maqsadida maxsus materiallar va konstruksiyalardan foydalaniladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling