Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
O‗lchash vositalarini tanlash bosqichlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3. O‗lchash vositalarini tanlash
6.2. O‗lchash vositalarini tanlash bosqichlari
O‗Vni tanlash, odatda, uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich o‗lchash obyektini tahlil qilishdan iborat, bunda mahsulotning tegishli turiga ko‗ra tegishli normativ-texnik va texnologik hujjatlar o‗rganiladi, mahsulotning sifati va miqdoriy ko‗rsatkichlari tahlil qilinadi, ular o‗lchovlarining chegarasi, texnologik jarayonning kechish sharoitlari, texnologik jarayonlar parametrlarini va mahsulot sifati ko‗rsatkichlarini o‗lchash va nazorat qilishning mumkin bo‗ladigan turlari tahlil qilinadi. Birinchi bosqich natijalariga ko‗ra mahsulotning nazorat qilinadigan ko‗rsatkichlari va texnologik jarayon parametrlari ro‗yxati quyidagi namuna bo‗yicha tuziladi: texnologik jarayon bosqichining nomi; parametrning nomi; parametrning o‗zgarishi mumkin bo‗lgan chegaralari; parametrni nazorat qilishning mumkin bo‗ladigan turi; jarayonning muhim tavsiflari. Ikkinchi bosqich O‗V ni tanlashda qo‗llaniladigan va taklif etiladigan usullarni taqqoslab tahlil qilishdan iborat. Bu bosqichda qanday o‗lchashlarni — bevosita yoki bilvosita o‗lchashlarni tanlash kerakligi hal qilinadi; bo‗lishi mumkin bo‗lgan o‗lchash xatoliklari turli uslublar va vositalar bilan baholanadi va O‗V ning afzal variantlari tanlanadi; sinov tanlab olish joylari yoki O‗V ni o‗rnatish joylari, ko‗rsatishlarini yozib olish uslublari va davriyligi aniqlanadi, o‗lchash natijalariga ishlov berish algoritmi va ulardan foydalanish tartibi o‗rnatiladi. Ikkinchi bosqich natijalariga ko‗ra texnologik parametrni nazorat qilish sxemasi tuziladi. Uchinchi bosqich taklif etilayotgan O‗Vini va haqiqiy sifatlarini aniqlash uchun O‗V ni tanlash uslublarini tajribada tekshirib ko‗rishdan (tadqiqot sinovlaridan) iborat. 6.3. O‗lchash vositalarini tanlash Ulchash vositalarini tanlash va tanlashni asoslashning quyida keltirilgan tartibi asosan texnologik jarayonlarning parametrlarini nazorat qilishni avtomatlashtirish bo‗yicha o‗quv ishlarini bajarishda tavsiya etiladi. Ma‘lum parametrni o‗lchash bo‗yicha topshiriqda (loyihalashda u texnik vazifa deyiladi) quyidagilar bo‗lishi kerak: 1) texnologik parametrning nomi (masalan, harorat, t); 2) Uning o‗lchanadigan qiymati (masalan, t o‗l =100°S); 3) Mumkin bo‗ladigan, ya‘ni texnologik yo‗l qo‗yiladigan chetlanishlar chegaralari (masalan, ∆t qo‗sh = ± 1,5°S); 4) O‗lchash shartlari (masalan, diametri 500 mm bo‗lgan idishda muhitning bosimi 0,5 mPa dan ortiq bo‗lmaganda); 5) Texnologik jarayonning kechish sharoitlari (masalan, harorat asta-sekin o‗zgaradi, muhit agressiv emas, qovushoq emas va shu kabi); 6) Nazorat qilish turi (masalan, diskli diagrammada ko‗rsatish va qayd etish); 75 7) Ma‘lumotlarni uzatish uchun o‗lchash axborotining turi (masalan, bir xillashtirilgan unifikatsiyalangan) tokli signal 0-5 mA). Shunday qilib, bizning misolimizda diametri 500 mm bo‗lgan idishda bosim 0,5 mPa dan ortiq bo‗lmaganda agressiv bo‗lmagan muhitning 100±1,5°S haroratini o‗lchash va qayd etish uchun O‗V ni tanlash zarur; bunda ikkilamchi asbob bir xillashtirilgan tokli signal 0—5 mA bo‗lishi kerak. Topshiriqning metrologik talablaridan kelib chiqib va iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni hisobga olgan holda TSM turidagi qarshilik termoo‗zgartkichidan (2- bobga qarang) va DISK-250 turidagi ikkilamchi qayd qiluvchi asbobdan (8-bob,6-§ ga qarang) iborat o‗lchash majmuasini oldindan aniklash mumkin. O‗V o‗lchashlarining yuqori chegarasi (N max ) quyidagi ifodalarga ko‗ra aniqlanadi. 1) sekin o‗zgaruvchi o‗lchanayotgan kattalik uchun: N ўзг ≤(3/2)N max; 2)tez o‗zgaruvchi kattalik uchun: N ўзг ≤2N max. Shunday qilib, t max ≥3.100/2=150 0 C. Shuni aniqlashtiramizki, TSM.-0879 NSX 100 M (ruxsat sinfi V) 200°S gacha chegarada (diapazonda) ishlaydi, ya‘ni topshiriqning shartlari qanoatlantiriladi. Termoqarshilikning o‗rnatish chuqurligini 250 mm deb hisoblab, TSM turini aniqlaymiz: TSM-0879 5S2.821 430-58. Ruxsat sinfi V bo‗lgan TSM ning asosiy yo‗l qo‗yiladigan xatoligi 100° S harorat uchun ∆t tq = 0,25 + 0,0035t = 0,25 + 0,0035*100=0,6°S ifoda bilan aniqlanadi (1-bobga qarang). DISK- 250 ikkilamchi asbob uchun dastlab Nmax o‗lchashning yuqori chegarasini aniklash zarur. U standart qatordan tanlab olinadi; t mах = 150°С, t min =0. Talab qilingan N max ning standart qator qiymatlari bilan moc tushmaslik hollarida N max ning eng yaqin katta qiymati tanlanadi va xatolik shu qiymat bo‗yicha olib boriladi. Masalan, hisoblashda biz t = 175°С qiymatni olgan bo‗lsak, u holda yuqori chegara 200°C tanlangan bo‗lar edi. Keyin ikkilamchi asbobning turi tanlanadi: DISK-250-1131, aniqlik sinfi 0,5. DISK-250 ikkilamchi asbobning asosiy yo‗l qo‗yiladigan xatoligi C t t K t а и 0 min max . . 75 . 0 100 ) 0 150 ( 5 . 0 100 ) ( . Shunday qilib, topshiriqqa binoan ∆t тқ = 0,6°С bo‗lgan ТСМ = 08795 s 2. 821 qarshilik termoo‗zgartkichi va ∆t и.а =0,75 bo‗lgan ДИСК = 250 — 1131 ikkilamchi qayd etuvchi asbobdan iborat o‗lchash majmuasi tanlangan. O‗V ni aniqligi bo‗yicha tanlashni asoslashda tanlangan o‗lchash majmuasi (yoki alohida O‗V) o‗lchanayotgan parametrning topshiriq bo‗yicha yo‗l qo‗yadigan chetlashishni ta‘minlanishini isbotlash zarur: С t t t а и к т факт к 0 2 . . 2 . . . 1 56 , 0 36 , 0 . ∆t к fakt < ∆t qo‗sh bo‗lgani uchun tanlash to‗g‗ri bajarilgan. 76 Agar ∆t к fakt >∆t qo‗sh bo‗lgan holda tanlangan o‗lchash vositalari foydalanishi mumkin emas va birlamchi o‗zgartkichning yo‗l qo‗yilgan chetlashishlari bo‗yicha tanlov masalasini qayta ko‗rib chiqish zarup yoki aniqlik sinfi yuqoriroq bo‗lgan ikkilamchi asbobni qo‗llash yoki boshqa O‗V ni tanlash zarur. Bunday turdagi masalalar har bir parametr bo‗yicha asosiy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda hal etiladi. Ikkinchi darajali parametrlarni nazorat (texnologik nazorat, signalizatsiya va hokazo) odatda, tanlangan O‗V ning xaqiqiy xatosi 1-bobda bayon qilingan qoidalar bo‗yicha aniqlanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling