Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
- MAVZU: IJRO ETUVCHI QURILMALAR VA ULARNING TURLARI. REJA: 1. Ijro etuvchi qurilmalar 2. Bosimlar farqi
NAZORAT SAVOLLARI: 1. O‗lchash vositalariga qanday talablar mavjud? 2. O‗lchash vositalarini tanlashda nimalarga e‘tibor berish kerak? 3. O‗lchash vositalarini tanlashning bosqichlari haqida ma‘lumot bering? 4. O‗lchash vositalarini tanlashning birinchi bosqichida nima ishlar bajariladi? 5. O‗lchash vositalarini tanlashning ikkinchi bosqichida nima ishlar bajariladi? 6. Ma‘lum parametrni o‗lchash bo‗yicha topshiriqda qanday texnik vazifalar bo‗lishi kerak? ADABIYOTLAR: 1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012. 3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: Академия, 2007 MAVZU: IJRO ETUVCHI QURILMALAR VA ULARNING TURLARI. REJA: 1. Ijro etuvchi qurilmalar 2. Bosimlar farqi 3. Ijro etuvchi qurilmalarning ta‘sir etish turi Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, pnevmatik ijro mexanizmi, gidravlik ijro mexanizmi, elektr ijro mexanizmi, Zaslonkali rostlash organi, Bir egarli rostlash organi, Ikki egarli rostlash organi, shlang kо‗rinishidagi rostlash organi, diafragma kо‗rinishidagi rostlash organi, zatvor, klapan, bosimlar farqi. 7.1. Ijro etuvchi qurilmalar 77 Ijro etuvchi qurlmalar (IEQ) yordamida rostlovchi kattalik obyektga kirayotgan yoki undan chiqib ketayotgan moda miqdoriga yoki energiyaga aylantirib beriladi. Ishlatilayotgan energiyaning turiga kо‗ra IEQ quyidagi turlarga bо‗linadi: - pnevmatik; - gidravlik; - elektr; - aralash. Ijro etuvchi qurilmalar asosan ijo mexanizmidan, rostlash organlaridan va qо‗shimcha qurilmalardan tashkil topgan bо‗ladi. Kо‗pchilik ijro etuvchi qurilmalar ijro mexanizmlar va rostlash organlaridan tashkil topgan bо‗ladi. Qо‗llanilayotgan ijro etuvchi mexanizmlarning turiga kо‗ra ijro etuvchi qurilmalar quyidagi turlarga bо‗linadi: -pnevmatik IEQ; -elektr IEQ; -gidravlik IEQ; -aralash IEQ. Qо‗llanilayotgan rostlash organlavrining turiga kо‗ra ijro etuvchi qurilmalani quyidagi turlari mavjud: - turg‗un IEQ (rostlash organi ikkita egarli qilib tayyorlangan); - noturg‗un IEQ (rostlash organi bir egarli qilib tayyorlangan). Ijro etuvchi qurilmalar asosan quyidagi kattaliklar va xususiyatlar bilan xarakterlanadilar: - rostlash signalini amalga oshirishda qо‗llaniladigan energiyani turiga kо‗ra: -siljituvchi kuchni hosil qiluvchi signalni energiyasiga kо‗ra; - shartli (R SH ) va ishchi (R I ) bosimlar; - muhitni temperaturasi; -ruxsat etilgan bosimlar farqi; - shartli о‗tish yо‗lagi D SH ; - rostlash organiga nisbatan chidamlilik; - dinamik xususiyatlari; - tebranishga chidamliligi; - ta‘sir etishi bо‗yicha kо‗rinishi; - klapanning, zatvorning germetik yopilmasligi. Ijro etuvchi qurilmalarning, juda kerakli, yuqorida qayd qilingan kо‗pchilik xossalari ijro mexanizmlarining va rostlash organlarining konstruktiv bajarilishlari asosida amalga oshiriladi. Masalan shartli о‗tkazish qobiliyati К Vу (koeffitsiyenti). va о‗tkazish xarakteristikasi К V (S) asosan rostlash organining о‗lchovlari va zatvorning profili asosida belgilanadi. Rostlash organining qaysi materialdan qilinganligi va konstruksiyasi shartli va ishchi bosimni, rostlash organi ishlayotgan muhitni temperaturasini, rostlanilayotgan muhitga chidamlilik. Ijro etuvchi qurilmalarning qolgan xususiyatlari asosan qо‗shimcha qurilmalarning va rostlash organlarining turli konstruktiv xossalari asosida amalga oshiriladi. Masalan, ijro etuvchi qurilmaning dinamik xususiyatlari ijro mexanizmining va undaggi siljiydigan sistemaning о‗lchamlari va konstruksiyalari 78 bilan, salniklarda hosil bо‗ladigan ishqalanish kuchi bilan, rostlash organidan о‗tayotgan muhitni zatvorga statik va dinamik ta‘siri bilan, yuqorida keltirilgan kuchlar asosan rostlash organlarining о‗lchovlvri va konstruksiyalari bilan belgilanadi. Siljituvchi kuchni belgilovchi belgilovchi energiyani turi ijro mexanizmini konstruksiyasini belgilaydi, energiyani turi tanlanilayotganda rostlash organini о‗lchovi va konstruksiyasini va siljiydigan sistemaga ta‘sir etayotgan kuchlarni inobatga olish kerak. Yuqorida qayd etilgan kattaliklar asosan ijro etuvchi qurilmaning ishlash sharoiti bilan va boshqarishni sifatini belgilovchi talablarga asoslanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling