Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Zaslonka ko‗rinishidagi rostlash organi haqida ma‘lumot bering?
2. Zaslonkali rostlash organlarining qanday turlari mavjud
3. Buraluvchi zaslonkalar qayerlarda ishlatiladi? 
4. Lopast deganda nimani tushunasiz? 
5. Uch oqimli rostlovchi organlarini tushuntiring? 
6. Uch oqimli rostlovchi organlarini qanday turlarini bilasiz? 
ADABIYOTLAR:
1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni 
nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 
2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent
2012. 
3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: 
Академия, 2007. 
4. Емельянов А.И. и др. Исполнительные устройства промышленных 
регуляторов. –М.: Машиностроение, 1975. 
MAVZU: BIR EGARLI VA IKKI EGARLI ROSTLASH ORGANLARI 
REJA: 
1. Bir egarli rostlash organi 
2. Ikki egarli rostlash organi 
 
Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi
uzluksiz rostlash organlari, bir egarli rostlash organi, burchakli roastlash organi, Ikki 
egarli rostlash organi, zatvor, tarelkasimon zatvor, probkasimon zatvor, porshen 
ko‗rinishidagi zatvor, drossel, bosimlar farqi, o‗tkazuvchanlik xususiyati. 
 
12.1. Bir egarli rostlash organi 
Bir egarli rostlash organlari to‗g‗ri o‗tkazuvchan va burchak bo‗yicha 
o‗tkazuvchan turlarga bo‗linadi. To‗g‗ri o‗tkazuvchan organlarda muhit oqimini 


93 
yo‗nalishi o‗zgarmaydi, burchak bo‗yicha o‗tkazuvchi turida esa muhit oqimini 
chiqishida oqim 90 
0
ga buralgan bo‗ladi. Muhitni statik bosimini zatvorga bir 
tomonlama ta‘sir etishi tufayli uni effektiv ishlatishga quvvatli ijro mexanizmi kerak 
bo‗ladi.
Agar muhit shtokka teskari tomondan rostlash organini zatvoriga oqim stfatida
yo‗naltirilgan bo‗lsa, unda zatvor egardan uzoqlashtiriladi, shundy paytda ijro 
mexanizmida amalga oshiriladigan siljituvchi kuch muzitnibosimi hisobiga hosil 
bo‗layotgan teskari kuchni ham yengib o‗tishi kerak bo‗ladi. Hosil qilinadigan 
siljituvchi kuch zatvordagi bosimlar farqiga va egardagi o‗tish yuzasiga bog‗liqdir. 
Agar muhitni yo‗nalishi shtok tomondan zatvorga qarab yo‗naltirilgan bo‗lsa 
unda muhitni bosimi oqim yo‗lini yopishga yo‗naltirilgan bo‗ladi, zatvorni egarga 
yopishtirib qo‗yadi. Bu holda zatvorni «so‗rib oladigan» kuch paydo bo‗ladi, uni ham 
hisobga olish kerakdir. Rostlash organlarining shunday konstruksiyalari borki ularni 
konstruksiyalarida zatvorni razgruzka qiluvchi porshen inobatga olingan bo‗lib uni 
yordamida muhitni statik bosimini tasiri kompensasiyalanadi. Bir egarli rostlash 
organlari ikki egarli rostlash organlarini qo‗llab bo‗lmaydigan hollarda ishlatmladi. 
O‗tish yo‗li kichik bulgan hollarda (15 mm.-gacha) ikki egarli organlarning 
korpuslarini yasash asosiy muammo bo‗lib hisoblanadi.
Burchakli bir egarli rostlash organlari o‗tish yo‗llari katta bo‗lgan va 
qovushqoqligi katta bo‗lgan muhitlarda, qattiq zarrachalari bor muhitlarda, katta 
bosim hisobiga zatvorda tebranish hosil bo‗lishi mumkin hollarda va tez yemirilishi 
mumkin bo‗lgan hollarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Burchakli rostlash organlarida kristallanadigan va qattiq zarrachalar o‗tirib 
qoladigan o‗lik zonalar bo‗lmaydi, uchramaydi.
12.1 – rasm. Bir egarli rostlash organlari. Burchakli (a), To‗g‗ri o‗tkazuvchan (b) 
1-korpus; 2-sedlo; 3-vtulka; 4-zatvor; 5-prokladka; 6-ustki qopqoq; 7-shtok;
8-prujina; 9-kolso; 10-pastki qopqoq. 
Bir egarli burchakli konstruksiyasi quyma qilib tayyorlanadigan rostlash 
organlarini tayyorlash texnologiyalari oson texnologiya hisoblanadi.


94 
Bir egarli rostlash organlarini yaxshi tomoni ularda o‗tish yo‗li germetik holda 
yopiladi. Bu rostlash organlarida siljituvchi kuch eichlashadigan yuzalarni to‗liq 
yopilishini amalga oshiraolishi shartdir. Metaldan qilingan yopishuvchi yuzalarni, 
klapanlarini o‗lchovlari 40-50 mm bo‗lganida siljituvchi kuchni qiymati kata bo‗lishi 
kerak bo‗ladi, shuning uchun xam o‗z-aro tegib turadigan yuzalarni bir tomoniga 
yumshoq materialjdan qilingan kolsolar o‗rnatilishi taklif etiladi. Bir egarli rostlash 
organlarini xam zatvorlari drossellovchi yuzalarini konfigurvsiyasi bo‗yicha: - 
tarelkasimon; - probkali; - porshenli, shlisli bo‗ladilar. Undan tashqari zatvorlar 
porshenli-kanavkali va porshenli pog‘onali bo‗ladilar. 
12.2 – rasm. Bir egarli rostlash organining zatvorlari. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling