Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Download 0.84 Mb.
bet1/6
Sana22.06.2020
Hajmi0.84 Mb.
#121053
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Homidov Elbek kurs ishi 05.06. 2020


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
Geologiya va konchilik fakulteti

Konchilik ishi va geodeziya” kafedrasi


Geodeziya, kartografiya va kadastr yonalishi GK-113-19 guruh talabasi Homidov Elbekning Geodeziya fanidan
K U R S I S H I


Tasdiqlayman”

G va K” kafedrasi mudiri

_________________R.Eshonqulov

______”_________20____y



________Geodeziya ____ ____fanidan

KURS ISHI
Guruh_GK113-19-guruh_

Talabasi_Homidov Elbek___

Raxbar _G‘ofirov Muzaffar__
TOPSHIRIQ

1. Ishlanadigan loyixa: Nivelirlash natejalarini ishlab chiqish va kanal trassasining bo‘ylama va ko‘ndalang profilini chizish, taxeometrik plan olish.
2. Boshlang‘ich malumotlar: har bir talaba uchun alohida variantlar beriladi.
1-topshiriq uchun variant.__35-variant. Rp 11=77,800 , Rp 17=73,908 , R=70 , a1=23 53' , ф2=37°10' .

2-topshiriq uchun variant. 35-variant. H(I)=63,28 m , H(III)=66.36 m , a(A-I)=108°19' , a(III-B)=203°42' , x(III)=365.61 , y(III)=584.03
3. Qo‘llanmalar: 1-kurs talabalari uchun “Geodeziya” fanidan amaliy mashg‘ulotlar va kurs ishini bajarish uchun uslubiy qo‘llanma.
4. Grafik qismining tarkibi:

1. Kanal trassasining bo‘ylama va ko‘ndalang profilini chizish .

2. Taxeometrik syomka planini chizish
5. Tushuntirish yozilmasining tarkibi: 1. Kurs ishining maqsadi va vazifasi. 2. Nivelirlash natejalarini ishlab chiqish va kanal trassasining bo‘ylama va ko‘ndalang profilini chizish. 3. Taxeometrik plan olish.
6. Qo‘shimcha topshiriq va ko‘rsatmalar: __________________________________________________________________

7. Loyihani (kurs ishini) topshirish muddati


1

3

4

Ҳимоя














Rahbar imzosi____________

Kirish

Geodeziya grekcha so‘z bo‘lib geo-yer, deziya-bo‘lish degan ma’noni beradi. Yer yuzasini bo‘laklarga bo‘lish uchun avval o‘lchash ishlari o‘tkaziladi, so‘ngra u kerakli bo‘laklarga bo‘linadi.Shunga ko‘ra geo­deziya fani amaliy geometriya(geo-yer, metriya-o‘lchash) deb ham yuriti­ladi. Lekin hozirda geodeziya xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi qurilishga doir muhim va murakkab masalalarni yechish bilan shug‘ulla­nadi.

Geodeziya - joyda o‘lchash orqali yer shaklini va kattaligini aniqlaydigan hamda, yer yuzasini reja va kartalarda tasvirlash bi­lan shug‘ullanadigan fandir yoki boshqacha qilib aytilsa, yer yuzasi bo‘laklarining ko‘rinishi va kattaligini aniqlab, uni reja, karta va profillarda tasvirlash yo‘llarini va bunda ishlaydigan asboblarni o‘rganadigan fandir.

Geodezik o‘lchamlar xalq xo‘jaligida muhandislik tadbirlarini amalga oshirish uchun va mamlakat mudofaasi uchun zarurdir.

Geodeziya fani insonning yashash sharoiti talablariga ko‘ra kelib chiqkan bo‘lib, insoniyat tarixining rivojlanishi bilan o‘zgarib kel­di.Hozirgi vaqtda bu fan juda kengayib,bir necha ayrim fanlarga bo‘linib ketgan: oliy geodeziya, muhandislik geodeziyasi,kartog‘ra­fiya fanlari, fototopografiya, aerofototopografiya fanlari shular jumlasidandir.

Geodeziyaning xalq xo‘jaligidagi turli sohalarda bino,yo‘l,ka­nal,aerodrom,stansiya kabi muhandislik inshootlari o‘rnini aniq­lash,ularni reja, karta va profilda loyihalash, joyga ko‘chirish va kurish hamda undagi o‘zgarishlarni kuzatish ishlariga doir o‘lchash usullarini o‘rganuvchi maxsus bo‘limi yoki fani muhandislik geodezi­yasi deyiladi.

Oliy geodeziya-yer shakli va kattaligini aniqlash bilan shug‘ulla­nadi.

Topografiya fani geodeziyaning reja tuzish ya’ni yer yuzasidagi kichik territoriyani qog‘ozda tasvirlash ishlariga doir masalalarni o‘rganadi.

Kartog‘rafiya-Yer yuzasidagi katta qismini qog‘ozda tasvirlash yoki karta chizish usullarini o‘rganadigan fandir.

Yer fototopografiyasi-joyni yerda turib suratga olish orqali reja va karta tuzish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Aerofototopografiya- havoda turib suratga olish orqali reja va karta tuzish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Geodeziya mamlakatimiz xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida katta amaliy ahamiyatga egadir.Geodeziya o‘lchash ishlari yo‘l, kanal,yer osti inshootlari (metro,truboprovod,kabel va boshqalar) kurishda , havo tarmoqlari (elektr simlarini) o‘tkazishda, foydali qazilmalar (kumir,neft,torf) kidirib topishda keng qo‘llaniladi.



Nivelirlash jurnalini ishlab chiqish
Trassani nivelirlash jurnalida bekatdagi nuqtalar nisbiy balandligi reykalardan olingan sanoqlar orqali quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:

h=a-b
bu yerda: a – orqadagi reykadan olingan sanoq;

b – oldingi reykadan olingan sanoq;

1–jadvaldan birinchi bekatda h qiymatini birinchi va ikkinchi o‘lchashlarda reykalardan olingan sanoqlar bo‘yicha quyidagicha hisoblaymiz:
h1 = 1238 – 1809 = -571;

h2= 1371 – 1940 = -569.
Hisoblangan nisbiy balandliklar jurnalni 6 – ustuniga tegishli ishorasi bilan yoziladi.

Bekatda nisbiy balandlik qiymatlari o‘zaro teng yoki farqi 4 mm dan oshmasa o‘rtacha qiymat hisoblanadi va u jurnalni 7-ustuniga yoziladi.
misol: hўр =

Shu tarzda keyingi bekatlarda nisbiy balandliklar va ularni o‘rtacha qiymati topiladi.

Jurnalda betma-bet tekshiruv bajariladi, buning uchun jurnalni betida quyidagilar hisoblanadi:

orqadagi reykadan va oldingi reykadan olingan sanoqlar yig‘indisi
Σа ва Σb;

hisoblangan nisbiy balandliklar va o‘rtacha nisbiy balandliklar matematik yig‘indisi hh ва ho’r.

Jurnalning har bir betida quyidagi tenglik bajarilishi kerak


Misol: mm

Topilgan qiymatlar jurnalning tegishli ustunlari oxirida yoziladi

Trassa bo‘yicha nivelirlash xatosi fhxato quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi

fhхато ho’rhн,
bu yerda: Σho’r – нисбий баландликлар амалий йиғиндиси;

Σhn – нисбий баландликлар назарий йиғиндиси.

Ko‘rilayotgan jurnalda:
Σho’r=-3872.5 mm
nisbiy balandliklar nazariy yig‘indisi
σhn=нrep2- нrep1
formulasi bilan hisoblanadi.

bu formulada нrep1 - birinchi reper balandligi,

нrep2 - ikkinchi reper balandligi.
shunda σhn=нrep17- нrep11=73.908-77.800= -3.892m = -3892 mm,

fhxato =σho'r σhn= -3872.5-(-3892) = 19.5mm

nivelirlashni chekli xatosi quyidagicha hisoblanadi



L - trassa uzunligi, kilometr hisobida.

hisoblash natijalari jurnalni oxirgi beti quyi qismida keltiriladi.

bizda

agar fhxato fhchekli chekli sharti bajarilsa, fhxato qiymati (misolda fhxato = -19.5mm) teskari ishora bilan nisbiy balandliklar qiymati ustida yaxlit millimetrda bo‘lib yoziladi, 1-jadval 7-ustunga qaralsin. nisbiy balandlik tuzatma ishorasiga qarab tuzatilib 8-ustunga yoziladi.

boshlang‘ich reper balandligi va tuzatilgan nisbiy balandlik-lardan foydalanib bog‘lovchi (piket) nuqtalar balandligi quyidagicha topiladi

нп+1=нп+ht,

hп – orqadagi nuqtani (pikatni) balandligi;

ht – tuzatilgan nisbiy balandlik.
jurnalda: нп+1=нп+ht=77.800+(-0,570) = 77.23m,

нп+1=77.23+(-2.046) = 75.184m va hokazo
topilgan balandliklar jurnalni 10-ustuniga tegishli nuqtalar qatoriga yoziladi. hisoblashlarni tekshiruvi bo‘lib oxirgi reper balandligini kelib chiqishi asos bo‘ladi.
oraliq (plyusli) nuqtalari olingan bekatlarda asbob gorizonti topiladi
agorq+ а yoki аg = нold + в ,
нorq, нold. – bekatda orqadagi va oldingi nuqtalar (piketlar) balandligi;

а,b - shu nuqtalardagi reykalardan olingan ikkinchi sanoqlar.
jurnalda, 2 – bekatda: ag=77.23+0.712 = 77.942m.

topilgan qiymat jurnalni 9-ustuniga tegishli bekat qatoriga yoziladi.
oraliq (plyusli) nuqtalarining balandligi quyidagicha topiladi:
нor=ag- с,
bu yerda: с – oraliq nuqtadagi reykadan olingan sanoq
jurnalda: нor=77.942 -0,338=77.604 m.
topilgan qiymat jurnalni 10-ustunida tegishli oraliq nuqtasi qatoriga yoziladi. shu tarzda ko‘ndalang nuqtalari balandligi ham topiladi.
Doiraviy egri elementlari va egrining bosh nuqtalari piket o‘rnini hisoblash
xisoblashlar piketlash daftarchasida bajariladi, 1-shakil.

trassaning burilish burchagi egri radusi r qiymatlari bo‘yicha egri elementlari: т (tangens), к (egri uzunligi), б (bissektrisa) va д (domer) quyidagi formulalardan topiladi:
d=2t-k.

misol:1=37°10; r=70 m berilgan bo‘lsa, formuladan foydalanib: т=23.53; к=45.4; б=3.84; д=1.66

bu qiymatlarni berilgan va r orqali maxsus jadvaldan (в.н.ганьшин, л.с.хренов. таблицы для разбивки куруговых и переходных кривых м.,1985) tanlab olish mumkin.

burchak uchi (bu) ni piket o‘rni ma’lum bo‘lsa egri bosh nuqtalarining piket o‘rni eb ( egri boshi) va eo (egri oxiri) quyidagicha hisoblanadi:



tekshirish

1- hisoblash 2- hisoblash

bu = pk2 + 52,00 m bu = pk2 + 52,00 m

-t = 23.53 m +t = 23.53 m

eb = pk2 + 28.47 m eo1= pk2 + 75.53 m

+к = 45.4 m -д = 1,66 m

eo = pk2 +73.51 m eo = pk2 + 71.53 m
hisoblash natijalari piketlash daftarchasida burilish burchagi yoniga yoziladi.

birinchi to‘g‘ri chiziq direksion burchagi (yo‘nalishi) 1 va burilish burchagi dan foydalanib ikkinchi to‘g‘ri chiziq yo‘nalishi 2 quyidagicha topiladi

yoki

bu yerda: va –trassani o‘ng va chapga burilish burchagi.

direksion burchaklar qiymati bo‘yicha rumb burchagi topiladi.



misol: =23053; =37010

=23053+37010=61003.

rumb burchagi r1=23°53 ; shshq: 23053′

r2=61003′ ; SHShq: 61003

egri bosh nuqtalari piket o‘rnidan foydalanib to‘g‘ri chiziq qiymati hisoblanadi.

misol: eb = pk2 + 28.47 bo‘lsa birinchi to‘g‘ri chiziq qiymati 228.47 m ga teng. eo = pk2 +71.5 ga teng bo‘lgani uchun ikkinchi to‘g‘ri kesim qiymati quyidagicha topiladi 500 m-228.47 = 271.53 m.

tekshirish: egri uzunligi va to‘g‘ri kesim qiymatlari jami trassa uzunligin berish kerak



222.46+220.44+57.1=500 m.



Kanal trassasining bo‘ylama profilini chizish
Bo‘ylama profil 40 x 60 sm o‘lchamdagi millimetrli qog‘ozida qabul qilingan masshtablar: gorizontal 1:1000 va vertikal1:100 masishtablarda chiziladi.

Millimetrli qog‘ozda profil to‘ri 1-shaklda ko‘rsatilgan o‘lchamlarda chiziladi.

«Masofalar» qatorida gorizontal masshtabda piketlar va oraliq nuqtalari masofasi qo‘yilib ular qiymati yoziladi. Shu qator ostida piketlar nomeri ham ko‘rsatiladi.

Piketlar daftarchasidan, 1-shakildan foydalanib «joy plani» qatorida gorizontal masshtabda tafsilotlar chegarasi tushiriladi va shartli belgilar bilan ifodalanadi.


«To‘g‘rilar va egrilar plani» qatorida trassaning o‘qi tasvirlanadi.
EB va EO qiymatlari gorizontal masshtabda qo‘yilib egri shartli yoy shaklida burilish o‘nga 1 bo‘lsa bo‘rtig‘i yuqoriga, yoki burilish chapga 2 bo‘lsa bo‘rtig‘i pastga qaratib chiziladi. To‘g‘ri chiziqlar ustida ular uzunligi, ostida – rumbi, egri yonida uning elementlari yoziladi.

«Nuqtalar balandligi» qatorida har bir piket yoki oraliq nuqtaning ustida qaydnomadan olingan va santimetrgacha yaxlitlangan balandligi yoziladi.

Nishablik qatorining chegara chizig‘i shartli gorizont qilib olinib undan 4-5 sm yuqorida eng past nuqta balandligi yaxlit metrda yoziladi va shkala bo‘laklari vertikal masshtabda qiymatlar bilan belgilab chiqiladi.

Bo‘ylama profilni yuqori qismida ko‘ndalang profil 1:200 gorizontal va 1:200 vertikal masshtablarda chiziladi. Bunda masofalar va nuqtalar balandligi qaydnomadan olinadi.



Bo‘ylama profilda loyiha chizig‘ini o‘tkazish
Bo‘ylama profilda, yer ishlar hajmi uyilma va ko‘tarma bo‘yicha teng bo‘linishini hisobga olgan holda, loyiha chizig‘i o‘tkaziladi. profil shkalasidan foydalanib loyiha chiziqni bosh va oxirgi nuqtalari balandligi topilib «loyiha balandliklar» qatorida pk 0 va pk5 to‘g‘risida yoziladi.
Loyiha chiziqni nishabligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi

bu yerda, Нox Нb – loyiha chiziqini oxirgi va bosh nuqtalar balandligi;



S - loyiha chiziq uzunligi.

1- shakldagi loyiha chiziq nishabligi quyidagiga teng


i =

Bu qiymat “nishablik” qatoriga chiziq suratida 0,001 gacha yaxlitlab, maxrajda esa esa loyiha chiziq uzunligi yoziladi.

Hamma piket va oraliq nuqtalarining loyiha balandligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.

НL+1L+ i* d

bu yerda, НL+1 -keyingi nuqtaning loyiha balandligi;



НL -oldingi nuqtaning loyiha balandligi;

i -loyiha chiziq nishabligi;

d -nuqtalar orasidagi masofa.

Hisoblangan balandlik 0,01 metrgacha yaxlitlanib “loyihaviy balandligi” qatorida tegishli nuqta ustida yoziladi.

Har bir nuqtaning balandligidan yer balandligi ayrilib ishchi balandlik topiladi. Ayirma musbat ishoradali chiqsa ko‘tarma balandligi bo‘lib loyiha ustiga, manfiy ishora chiqsa – bo‘ylama chuqurligi bo‘lib chiziq ostiga yoziladi.

Nol ishorali nuqtasidan orqadagi va oldingi profil nuqtalarigacha bo‘lgan masofalar quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:





Formuladan : r1 r2 – orqadagi va oldindagi profil nuqtalaridagi ishchi

balandliklar;

d – profil nuqtalari orasidagi masofa.

Misol: r1 = 1,48; r2 = 0,70; d= 40 m bo‘lganda

= 27,16 m va =12,87 m chiqadi.

Hisoblash tekshiruvi: 27,16+ 12,84 =40 m.

Hisoblangan masofalar profilining shartli gorizonti ustiga yoziladi.

Nol ishlari nuqtalarining balandligi 4,3 bandidagi (yuqoriga qaralsin) formula bo‘yicha hisoblanib nol nuqtadan tushirilgan perpendikulyar chiziq bo‘ylab yoziladi.

Misol = 27,16 m, i = - 0,006 .


Н0л+i*х=77,84+(-0,006)*27,16=77,68 m
Profilni tush bilan chizib chiqish.
Profil uch xil rangdagi tushda chiziladi.

Qizil rang bilan quyidagilar chiziladi:

ishchi balandliklar, loyiha chiziq nishabligi, loyihaviy balandliklar, trassa o‘qidagi to‘g‘ri va egri kesimlar hamda ularning qiymatlar, «joy plani» qatorida o‘tkaziladigan trassa o‘qi.

Ko‘k rangda: nol ishlari nuqtalari balandligi , ular masofasi, nol ishlari nuqtalaridan profilni shartli gorizontallarigacha tushirilgan perpendikulyar chiziqlar, kanaldagi suvning kesimi.

Qolgan hamma yozuvlar va chiziqlar qora rangda chiziladi. Profilni chizilgan namuna – nusxasi 1 – shaklda berilgan.
Sug‘orish kanali trassasini nivelirlash natijasini ishlab chiqish,

bo‘ylama va ko‘ndalang profilini tuzish
Trassani nivelirlash va piketlash jurnalida kerakli hisoblashlarni bajarib, millimetrli qog‘ozda sug‘orish kanali trassasini bo‘ylama va ko‘ndalang profilini tushda tuzish kerak.

Bo‘ylama profil masshtablari: gorizontal 1:1000; vertical 1:100 Ko‘ndalangni gorizontal va vertical masshtablari 1:200.


Boshlang‘ich ma’lumotlar

  1. Nivelir yo‘li balandliklari


77.800 =73.908
bo‘lgan N 11 va N17 reperlar orasida o‘tkazilgan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling