Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Download 0.95 Mb.
bet2/2
Sana22.11.2020
Hajmi0.95 Mb.
#149816
1   2
Bog'liq
Услубий кўрсатма Case study

CASE TOPSHIRIQ NAMUNASI:



YUKSALISH GURUHINING KEYS CHEMPIONATIGA I TUR VAZIFASI


PANDEMIYA SHAROITIDA IQTISODIY O’SISHNI TAMINLASH: 2020-2021 –YILLARDA IQTISODIY O’SISH (YAIM), KAMBAG’ILLIK VA ISHSIZLIKNI PASAYTIRISH BO’YICHA IQTISODIY ISLOHOTLAR

Hozir koronavirus kirib borgan hech bir davlatga mamlakatni iqtisodiy barqarorlikni va aholi farovon turmushini ta’minlashni oson deb bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda mamlakatning eng asosiy vazifasi aholining jonini omon saqlab qolish bilan birgalikda aholini daromad keltiruvchi manba bilan ta’minlash hisoblanadi.

Bugungi pandemiya sharoitida barcha mamlakatlar qatori O’zbekiston Respublikasida ham ishsizlik bilan bog’liq bo’lgan muammolar talaygina.



Rasmiy ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak o’tgan yilgi va hozirgi 2020-yilgi birinchi chorakdagi ishsizlik darajasi 9.4 foiz ko’rsatkichni tashkil qilmoqda.

Eng so’nggi statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak 2020-yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisi 33 mln 971 ming kishiga yetgan bo‘lib, shulardan 19 065 400 nafari mamlakat mehnat resurslarini tashkil etadi. 2020 yil birinchi choragi holatiga ko‘ra, aholining iqtisodiy faol qatlami 14 838 300 nafarni, iqtisodiy nofaol qatlam 4 mln 277 ming nafar kishini tashkil etadi. Ish bilan band aholi qatlami 13 438 600 kishi bo‘lib, shulardan 5 714 500 nafari rasmiy sektorda, 7 724 100 nafari norasmiy sektorda mehnat qilmoqda. Shuningdek, xorijga chiqib mehnat qilayotganlar soni 2 mln 273 ming nafarni tashkil etgan. (stat.uz).

Ishsizlik darajasining umumiy formulasidan foydalangan holda

{(ishsizlik darajasi=ishsizlar soni/ishchi kuchi soni)x100}

2020-yilning birinchi choragi uchun ishsizlar soni 1399700 kishini tashkil qiladi. Ammo ayni bugungi kunda bu ko’rsatkichlar ancha o’sgani hech kimga sir emas.





Joriy qilingan karantin choralari ta’sirida kichik biznes sohalarida ko‘plab ishchilar daromad manbaidan ayirilgani va ishdan bo‘shatilishlari kuzatilmoqda. Bu vaziyatda iqtisodiyotning bir qator tarmoqlari bo‘yicha korxonalar va aholining to‘lov qobiliyatiga jiddiy tahdid soluvchi omillar yuzaga kelmoqda. Xususan, norasmiy sektorda band bo‘lganlar ayniqsa, eng zaif va himoyalanmagan qatlam bo‘lib qoldi.

Yuqoridagi tahlildan shuni ko’rish mumkinki bizda iqtisodiy band aholining katta qismi norasmiy sektorda xizmat qiladi (jami ishchi kuchining 73 foizi). Krizisning birinchi oyida norasmiy ish bilan band aholining taxminan 60 %ida daromadlar pasaygan. Qolgan 27 foiz qismi esa rasmiy sektorda aniqrog’i davlat buyurtmasi asosida faoliyat ko’rsatadi.



  1. TAKLIF

Shu sababli hozirgi kunda asosiy e’tiborni norasmiy sektorga qaratish kerak deb hisoblaymiz. Ya’ni:



  • aholi bandligini ta’minlashdagi muhim bo‘lgan servis sohasini rivojlantirish (ovqatlar va tovarlarni uyga yetkazib berish, ko‘chma savdo va xizmatlarni tashkil etib, bu korxonalarning kamida 70 foizini bemalol ishlatsa bo‘ladi);

  • onlayn ishlasa bo‘ladigan sohalarga maksimal imkoniyatlar yaratib berish;

  • yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyat yuritish uchun sharoit yaratib berish;

  • ijtimoiy xizmat turlarini kengaytirish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish (jamoat joylarini dezinfeksiyalash, qariyalar, nogiron va o‘zgalarning yordamiga muhtoj shaxslarni parvarishlash va boshqalar)1.

Bunga sabab qilib yana bir narsani aytish mumkinki hozirgi karantin davrida ham rasmiy sektorda ish hajmi kamaygani yo’q va ular to’liq ravishda ish faoliyati bilan band, norasmiy sektor xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish bilan band bo’lgan subektlardir va ular majburiy o’z faoliyatlarini to’xtatishgan. Iqtisodiy rivojlanishda norasmiy sektor eng muhim omil bo’lib hisoblanadi, aynan shu sektor asosiy lokomotivdir ular YAIM hajmiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladi va ular harakati iqtisodiy o’sishni belgilab beradi. Biz beradigan yechimlar norasmiy sektorga qaratilgan, ular faoliyatini to’g’ri amalga oshirish orqali YAIM hajmini oshirish, ishsizlikni kamaytirish va hozirgi sharoitdan importyor davlatdan eksportyor davlat sifatida chiqib ketishga qaratilgan.



  1. Taklif

2.1 Biz tarixdan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan davlat bo’lganmiz va sanoat sohasida biroz muammolar doim bo’lgan. Biz hali sanoat darajasida emasligimizni tan olish kerak va o’zimiz uchun qulay barchaga ma’lum bo’lgan sohaga e’tibor qaratish kerak. Hozirgi sharoitni hisobga olgan holda tijorat banklari orqali norasmiy sektordagi 8 mlnga yaqin ishchi kuchiga qat’iy reja asosida yangi yerlarni ochish va undan foydalanish uchun 10 mln so’mgacha bo’lgan mablag’larni qayta moliyalash stavkasi asosida kredit berish kerak. Barcha xarajatlarning 20 foizi samarasiz ishlatilgan holda ham, qisqa muddatda qishloq xo’jaligida katta miqdordagi mahsulotlar yetishtiriladi, biz importyor davlatdan tez orada oziq-ovqat uchun ixtisoslashgan eksportyor davlatga aylanamiz.

Mavjud lalmikor yerlar uchun esa yer osti suvlarini davlat tashabbusi asosida yerlik aholi mablag’lari evaziga chiqarib berish, artezian quduqlarini o’rnatib berish eng yaxshi yechimlardan biridir. Bunda davlat ixtiyoridagi ushbu sohadagi ishchi kuchlari harakatga keladi, yangi ish o’rinlari yuzaga keladi. Agarda davlat dastur qabul qilsa va shu sohaga ishlarni tizimga slogan holda texnika ajratsa, suv chiqarish va u bilan bog’liq barcha xarajatlarni aholi o’z hisobidan ixtiyoriy ravishda qoplab beradi. Pirovardida barcha yerlar yuqori hosildorlikka ega shaklga keladi, qisqa muddatda aholining shu sohaga oid qismi ish bilan ta’minlanadi, qishloq xo’jaligi va chorvachilik rivojlanishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi.


2.2 Hozirgi sharoitda va kutilayotgan kelajakda oziq-ovqat tanqisligi bo’lishi yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Shu sababli hali hamon raqbotsiz monopoliyada turgan bazi sanoat tarmoqlarini to’xtatish va ularga ketadigan mablag’larni tijorat banklari orqali maqsadli tarzda aholi qatlamlariga kam foizli kreditlar asosida berish maqsadga muvofiqdir.


  1. TAKLIF

O’zbekiston Respublikasining barcha hududlari bo’ylab sifatli aloqa tizimini yo’lga qo’yish va aholi uchun xalqaro xizmat ko’rsatish liniyalarini ochib berish ham uydan chiqmasdan turib YAIM hajmini oshirishga katta hissa qo’sha oladi. Bu aholining barcha qatlamlari uchun ixtiyoriydir, potensiali yetgan qismi internetda xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadi qolgan qism esa boshqa faoliyat bilan shug’ullanadi.

2019-yilda O’zbekiston Respublikasiga tashqi kirimlar 4 mlrd dollar atrofida bo’lgan. Bu mablag’ ichida barcha tashqi faoliyat natijalari aks ettirilgan. Pandemiya sababli tashqi iqtisodiy faoliyat keskin kamaygan va valyuta taqchilligi yuz berishi yaqqol aniq bo’lyapti. Bu sharoitda budjet mablag’lari va aloqa kompaniyalari mablag’lari hisobiga barcha hududlarda aloqa tizimini yaxshilash kerak, xalqaro xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan markazlar tashkil qilinib bu sohaga davlat darajasida e’tibor qilish muhim. Xalqaro xizmat deganda erkin frelancerlik, masofaviy consulting umuman olganda internet orqali bajariladigan barcha ishlarni tushunish mumkin. Ushbu sohaga bugungi kundagi 1.5 mlnga yaqin ishsizlarni qamrab olganda natija qanday bo’ladi:

Xalqaro xizmat orqali uyda o’tigan holda 1.5mln aholi oyiga o’rtacha 250$ dan valyuta kirim qilganda bir oyda 375 mln dollar kirim qiladi.
Bu sohani rivojlantirishga ketgan mablag’lar qisqa muddatda qayta tiklanadi, to’lov balansining musbat saldosiga ham ko’zlangan muddatdan ertaroq erishish imkoni yuzaga keladi.



  1. TAKLIF

2017-yilgi prezidentimiz dasturlarida harbiy sanoat kompleksi bo’yicha qaror qabul qilingan bo’lib shu qarorga qo’shimchalar kiritish kerak. O’zini oqlamaydigan ba’zi bir sanoat korxonalaidan voz kechib bizda o’z-o’zimizni ta’minlashga qodir harbiy sanoatni tashkil qilish zarur.

Harbiy sanoatni yuzaga keltirish iqtisodiyotni tezda oyoqqa turg’izishda eng muhim qadamlardan biri bo’ladi albatta. Bunga Yaponiya yaqqol misol. Xalqaro bozorda bir dona mudofaa uchun xarid qilinadigan o’q otar avtomat narxi o’rtacha 3500-4000$ atrofida va unga ketadigan temir hajmi 4-5 kilogramm. O’q dori donasi esa taxminan 1.5-2$ atrofida. O’q dori asosini kam miqdorda temir, oltingugurt, oddiy tuz va ko’mir tashkil qiladi. Bu moddalar esa bizda istagancha topiladi. Birgina Muborak gazni qayta ishlash zavodidan chiqadigan oltingugurt butun O’zbekistonni ta’minlaydi. Biz hozirda 4-5 kilogramm temirni qayta ishlab sanoatda uzoq borsa 100$ atrofida sotuvga qo’yamiz, tashqaridan esa shu miqdordagi temirni 3500-4000$ga sotib olamiz. Biz ham o’zimiz uchun yetarli miqdordagi harbiy aslaha va anjomlarni o’zimizda ishlab chiqarishimiz kerak. Biz azaldan tinchliksevar xalqmiz va o’z mudofaamiz uchun harbiy sanoat kompleksi tashkil qilish va faqat o’z ehtiyojimiz uchun harbiy mahsulotlat ishlab chiqarish, va shu mahsulatlarni sotib olishga ketadigan mlrdlarni iqtisodiyotga yo’naltirishimiz eng yaxshi yechimlardan biri albatta.

Harbiy texnika va o’q doriga ketadigan mablag’lar sir tutiladi, ammo xalqaro bozordagi narxlar va bizdagi harbiylar soni va talabni taxminiy hisoblagan holda milliardlab dollar pullar qurol-yarog’ va harbiy aslahalar sotib olish uchun sarf qilinayotganini aniqlash mumkin. Mana shu mablag’lar o’zimizda qolishini ta’minlash shart deb o’ylaymiz, shu sababli harbiy sanoatni yo’lga qo’yish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligada 22 va 24 aprel kunlari o‘tkazilgan videoselektor majlislarida

2.stat.uz m’lumotlari

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O’zbekiston, 2017. – 76 b.

2. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi ПФ-4853-sonli Farmonida belgilangan ustuvor yo’nalishlar.

4. И.А.Каримов “Ўзбекистон буюк келажак сари” Тошкент “Ўзбекистон”, 1998 й.

5.И.А.Каримов “Ўзбекистон ХХ1 асрга интилмоқда”. –Т.: Ўзбекистон, 1999 й.

6.М.Умарова “Бухгалтерия ҳисоби” Тошкент, Ўзбекистон. 1999 йил.

7.З.В.Кирьянова “Теория бухгалтерского учёта” москва, Финансь! И статистика, 1996 год.

8.Р. Антони “Основь” бцхгалтерского учёта” Перевод с анг. язмка, Москва, СП “Триада НТТ” 1992 г.

9.Балабанов И. “Валютнью операцин” Москва, Финансб и статистика, 1993 г.

10. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

11. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –T: “O’zbekiston” NMIU, 2018.-88 b.

12. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 104 b.

13. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 32 b.

14. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.







QARSHI 2020

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling