Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishning o’ziga xos xususiyatlari


Download 203.52 Kb.
bet2/14
Sana02.01.2022
Hajmi203.52 Kb.
#189766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
gh

O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishning o’ziga xos xususiyatlari




  1. O’zbekistonda pensiya tizimini qonuniy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yo’nalishlari

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

2

KIRISH


Ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va har bir davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tamoyillariga mos pensiya ta’minoti esa uning amaliy vositalaridan biridir. Pensiya ta’minotining to‘g‘ri tashkil etilishi ham muayyan guruhga mansub ko‘plab odamlarning, ham aholining daromadi, mehnati, turmush sifati hamda darajasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy siyosat maqsadlariga erishish imkonini beradi.
Prezidentimiz Islom Karimov o’zlarining 2015 yilning yakunlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi ma’ruzalarida quyidagicha ta’kidladilar: “2015 yilda iqtisodiyotimizni yuqori sur’atlar bilan barqaror rivojlantirishga erishganimiz aholi daromadlarini yanada ko’paytirish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun mustahkam asos yaratdi.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar 21,9 foizga, aholi jon boshiga jami real daromadlar esa 9,6 foizga oshdi.”1

Shubhasizki davlatimizning rivojlanishi bevosita mamlakat aholisining yashash sharoitining yaxshilanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu yo‘nalishda bugungi kunda hukumatimiz tomonidan qator qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlar ishlab chiqilganki, barchasining zamirida inson manfaatlari, ularga hizmat qilish yotadi.


Istiqlol yillarida aholini ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish, pensiya ta’minoti sifatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar olib borildi. Pensiya jamg’armasi shakllangan kundan boshlab hozirgacha 60 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlar qabul qilindi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi Qonunning o’ziga bir qancha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilayotganligi, aytish mumkinki, pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Pensiya qonunchilgi Pensiya jamg’armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida, to‘liq miqdorda moliyalashtirish, to‘lovlar ustidan monitoringni yuritish, pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadliligi va nazoratini kuchaytirish borasidagi vazifalarni taribga solib turadi. Pensiya jamg’armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, qonunchligini takomillashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. Shu sababli kurs ishimga “Davlat pensiya ta’minotining qonuniy-huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish” mavzusini tanladim.
Ishning maqsadi – O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini qonuniy-huquqiy asoslarini ilmiy o’rganish va zamonaviy talablar asosida uni takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflarni taqdim etishdan iborat. Kurs ishida mazkur maqsaddan kelib chiqib qator vazifalar qo’yilgan:


  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Manba: www.uza.uz 15.01.2016 y.

3


  • Davlatning ijtimoiy himoya tizimida pensiya ta’minotining o’rni va ahamiyatini o’rganish;




  • pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o’rganish;

  • pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-me’yoriy bazasini o’rganish;




  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish;




  • O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

4



  1. Download 203.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling