Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 203.52 Kb.
bet7/14
Sana02.01.2022
Hajmi203.52 Kb.
#189766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
gh

Davlat pensiya

turlari


Yoshga doir

Nogironlik

Boquvchisini




yo'qotganlik




pensiya

pensiyasi




pensiyasi













3-rasm. Davlat pensiya turlari11


  1. Yoshga doir pensiya. Ushbu pensiyani erkaklar - 60 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo’lgan taqdirda, ayollar - 55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo’lgan taqdirda ega bo’ladilar. Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar faoliyat turi, mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalangan holda bajargan har qanday ishda kamida 5 yil ish staji mavjud bo’lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.




  1. Nogironlik pensiyasi. Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O’zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 avgustdagi 175-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari to’g’risida”gi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.


  1. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi. Vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo’ladi. Marhumning qaramog’ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag’ manbaidan mahrum bo’lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar.

Pensiya jamg’armasi daromad manbalarining shakllanishi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qaroriga asosan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi to’g’risida”gi Nizom asosida olib boriladi. Pensiya

11 O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonuni. 1993 yil. 3 sentyabr.



15

jamg’armasi daromadlarining shakllanishi nazorati Davlat Soliq Qo’mitasiga yuklangan.


Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo’lganidan so’ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so’rab murojaat etishlari mumkin. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Harbiy xizmatchilarni, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi,ularga qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiyalar olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar pul ta’minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi.
Shu o’rinda Yevropaning ayrim rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlaridagi fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshlari bo’yicha tanishsak aytish kerakki ayni muddao bo’lardi. Keltirilgan 2-jadvalda huddi shu haqda ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin bo’ladi. Bunda Yevropa mamlakatlarining ko’pchiligida huddi bizning mamlakatimizdagi siyosatga mos kelishini ko’rishimiz mumkin. Yuqorida aytib o’tganimizdek, bizda ayollar 55 yosh, erkaklar 60 yoshga to’lganda albatta belgilangan ish stajiga ega bo’lgan taqdirda pensiyaga chiqishi belgilab qo’yilgan bo’lsa, Yevropaning Rossiya, Turkiya, Fransiya, Belorussiya davlatlarida ham huddi shu holatni ko’rishimiz mumkin. Biroq, Yevrpaning ayrim mamlakatlarda yuqori yoki o’rta holatdagi yoshda ham pensiyaga chiqilayotganligini guvohi bo’lamiz.


Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling