Qarshi xalqaro universiteti Bt29-22 talabasi Haqberdiyeva Iforabonuning O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu: Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari,terorizm,giyohvandlik


Download 1.72 Mb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1515109
  1   2   3   4   5   6

Qarshi xalqaro universiteti Bt29-22 talabasi Haqberdiyeva Iforabonuning O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi

Mavzu:

Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari,terorizm,giyohvandlik,va odam savdosiga qarshi kurashda O’zbekiston Respublikasinig ro’li

Reja:

  • 1. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari.
  • 2.Terorizm,giyohvandlik,va odam savdosiga qarshi kurashda O’zbekiston Respublikasining ro’li
  • 3.Xulosa
  • 4.foydalanilgan adabiyotlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berildi.

Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo‘layotgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi.

Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog‘liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan hamda shunday bo‘lib qolajak.

Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling