Shuning uchun ham Afg‘onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o‘rinli. Bu esa, o‘z navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi. - Shuning uchun ham Afg‘onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o‘rinli. Bu esa, o‘z navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.
- O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga faol qo‘shildi. O‘zbekiston — Afg‘oniston munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir.
- Bugun Toshkent Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha izchil hamda qat’iy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o‘zaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo‘lmoqda. Prezidentlar do‘stona va samarali, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga erishdilar. Shu ma’noda aytganda, o‘tgan yili dekabr oyida Afg‘oniston Prezidenti Ashraf o‘anining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo‘shma hujjatni, shuningdek, qo‘shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo‘lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug‘doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. - Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo‘shma hujjatni, shuningdek, qo‘shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo‘lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug‘doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi.
- Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O‘tgan bir yarim yil ichida Afg‘oniston Islom Respublikasidan O‘zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu o‘zbek — afg‘on munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan.
- Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag‘ishladi.
- Birinchidan, 2017 yilning o‘zida o‘zaro savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o‘sdi. Va e’tiborlisi, bu bir yilning alohida ko‘rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.
- Kobulda O‘zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko‘rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko‘rgazma zali) ochildi. Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o‘rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade” kompaniyasi afg‘onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg‘araz yetkazib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |