Qarshilik termometrlar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1512784
  1   2   3   4
Bog'liq
METROLOGIYA MUSTAQIL ISH



QARSHILIK TERMOMETRLAR 
Haroratni qarshilik termometrlari bilan o‘lchash harorat o‘zgarishi
bilan o‘tkazgich hamda yarim o‘tkazgichlar elektr qarshiligining o‘zgarish 
xususiyatiga asoslangan. Demak, o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichning elektr
qarshiligi uning harorati funksiyasidan iborat, ya’ni R = f(t). Bu funksiyaning
ko‘rinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bog‘liq. Ko‘pchilik toza
metallarning elektr qarshiligi harorat ko‘tarilishi bilan ortadi, metall oksidlari
(yarim o‘tkazgichlar)ning qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrlarini
tayyorlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qo‘llaniladi: 1)
o‘lchanayotgan muhitda metall oksidlanmasligi va kimyoviy tarkibi 
o‘zgarmasligi kerak; 2) metallning haroratga qarshilik koeffisienti etarli
darajada katta va barqarorlashgan bo‘lishi lozim; 3) qarshilik harorat o‘zgarishi
bilan to‘g‘ri yoki ravon egri chiziq bo‘yicha keskin chetga chiqishlarsiz va
gisterezis holatlarisiz o‘zgarishi kerak; 4) solishtirma elektr qarshilik etarlicha
katta bo‘lishi kerak. Ma’ lum haroratlaroralig‘ ida yuqoridagi talablarga 
platina,mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob beradi. Harorat o‘zgarishi
bilan elektr qarshilygining o‘zgarishini xarakterlovchi parametr elektr
qarshilikning harorat koeffisienti deyiladi. Harorat koeffisienti haroratga
bog‘liq bo‘ lgan metallar uchun u faqat haroratning har bir qiymati uchun 
aniqlanishi mumkin: 

Temperatura koeffisienti °S -1yoki 0-1larda ifodalanadi. Ko‘pgina sof 


metallar uchun harorat koeffisienti 0,0035 ... — 0,065K-1chegaralarda yotadi. 
YArim o‘tkazgichli metallar uchun harorat koeffisienti manfiy va
metallarnikidan bir tartibga ko‘p (0,01. . . 0,015K-1) bo‘ladi. Hozir qarshilik
termometrlarini tayyorlash uchun mis, platina, nikel va temirdan
foydalaniladi. Mis arzon material bo‘lib, uning qarshiligi amalda haroratga
chiziqli bog‘ liq, ya’ni 
Rt=R0(1+at)


bu erda,RtvaR0 - t va 0°S haroratda termometr qarshiligi; a — mis simning harorat 
koeffisienti: a = 4,28·10-3K-1Mis oksidlanishi tufayli u 200°S dan ortiq
bo‘lmagan haroratlarni o‘ lchashda qo‘llaniladn. Misning kamchiliklariga uning
solishtirma qarshiligining kamligini kiritsa bo‘ladi; σ=17·10-7Om·m. Solishtirma
qarshilik termometrning o‘ lchamiga ta’sir etadi: solishtirma qarshilik qancha
kam bo‘ lsa, simshuncha ko‘p kerak bo‘ ladi, shuning uchun, termometr o‘lcha 
mi shuncha katta bo‘ladi. Misdan tayyorlangan qarshilik termometrlari —200
dan + 200°S gacha haroratlarni uzoq vaqt davomida o‘ lchashda qo‘llaniladi. 
Nominal qarshiliklar 0°S da 10, 50 va 100 Om ni tashkil etadi. Amaliyotda
yanaR0=53 Om li termometr ishlaydi. Bu qarshilik termometrlari uchun
quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1 Om, 5 Om, 10 Om (R0=53 Om ыarshilik 
termometri Gr. 23 deb belgilangan). Platina — qimmatbaho material. Kimyoviy
jihatdan inert va sof holda osonlik bilan olinadi. Platinadan tayyorlangan
qarshilik termometrlari—260 dan +1100°S gacha haroratlarni o‘ lchash uchun
qo‘ llaniladi. Platina qarshiligining haroratga bog‘ liqligi murakkab bog‘ 
lanishdan iborat bo‘lib,—183 dan 0°S gacha harorat oralig‘ ida quyidagicha
yozilishi mumkin: 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling