Qashdaryoda Yam-yashil vodiylardan ulug‘vor tog‘largacha Qashqadaryoga sayohat


Download 463.4 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi463.4 Kb.
#1517131
1   2   3
Bog'liq
Travel

Dorut tilovat majmuasi
Kuk gumbaz masjidi 1435 yil Mirzo Ulugbek tomonidan kurdirgan. Shayx Shamsiddin Kulol makbarasi eng kadimgi yodgorlik xisoblanib, bu yodgorlikda Temurning otasi Muxammad Taragay va Temurni ustozi Shayx Shamsiddin Kulolni kabri bor. Gumbazi Sayidon makbarasi 1437- yil Ulugbek Mirzo tomonidan kurilgan. Gumbazi Sayidon «Sayidlar gumbazi» degan ma’noni bildiradi. Shaxrisabzning kok markazi – tarixiy kismida yana bir me’moriy yodgorliklardan biri «Doruttilovat» majmuasi joylashgan. «Doruttilovat»ning ma’nosi «talovat kiluvchilar makoni» degan ma’noni anglatadi . Doruttilovat majmuasi Shayx Shamsiddin Kulol makbarasi ,Gumbazi Sayidon makbarasi , Kuk gumbaz maschidi va bir kancha xujralardan tashkil topgan.
Kuk gumbaz maschidi Shaxrisabzning kuxna janubiy kismida , shaxarni janubdan shimolga kesib utgan asosiy kuchada joylashgan . Bu maschidni Ulugbek 1435 yilda otasi Shoxrux nomini abadiylashtirish uchun kurdirgan

HAZRATI BASHIR
Qashqadaryo vohasida dong taratgan tasavvuf shayxlaridan biri. Ulug‘bek va Ali Qushchining zamondoshi. Asl nomi - Sulton Sayid Ahmad Vali. Rivoyatlarda aytilishicha, ona sutisiz o‘sganligi uchun “Beshir” laqabini olgan. Keyingi yillarda olim A.Choriyevning izlanishlari tufayli Hazrati Bashirning manoqibi (hayoti va faoliyati haqida rivoyatlar) topildi va nashr etildi. Mazkur manoqibga ko‘ra, u XIV asrning oxirlarida Kesh viloyatining Qoplatun qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Kitob tumani Hazrati Bashir qishlog‘i). U bevosita biror shayxdan ta’lim olmagan. Ammo o‘z ustida ishlash, o‘qish-o‘rganish natijasida tasavvufning butun sir-asrorlarini o‘rgangan. Karomatlari, hayot tarzi bilan xalq hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan. Manoqibda bayon etilgan voqealar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Hazrati Bashir tasavvufning Yassaviya, Mavlaviya va Naqshbandiya tariqatlarini ijobiy o‘zlashtirgan.

XOJA ILMKONI” MASJIDI


“Xoja Ilmkoni” masjidi Kitob tumani Xo‘ja Ilmkoni MFY, Xo‘ja Ilmkoni qishlog‘idadir. Xo‘ja Ilmkoni qishlog‘i tuman markazi Kitob shahridan 12 km masofada joylashgan.
Xo‘ja Ilmkoni haqida “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida: “Xo‘jayikana–Kitob tumanidagi qishloq. So‘nggi davr ma’lumotlarida bu nomni Xo‘jaikulli tarzida yozish holati paydo bo‘ldi. Xalq nutqida Xo‘jaikana talaffuz shakli ham bor. Kana so‘zli qishloq nomlari bir nechta: Iskana (Kitob), Zachkana (Shahrisabz), Vatkana, Jinjakkana, Zinjakkana. Hozirgi o‘zbek, tojik, fors va boshqa eroniy tillardan xona (uy, uy qismi, ovul, qishloq, joy) so‘zining qadimiy shakli-kana. Ma’nosi –hovli, qo‘rg‘on, rabot.
“Xoja Ilmkoni” masjidining tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidadir. Uning bo‘yi va eni 9,95X13,85 metrni tashkil qiladi. Masjidninng ichki balandligi 4,70 metrdir. Masjid devori pishiq g‘ishtdan bo‘lib, uning uchta kirish eshigi bor.

Download 463.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling