O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi
Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo’limi
63- o’rta ta’lim maktabining
ONA TILI VA ADABIYOT fani o’qituvchisi
SOVRIDDIN TUXTAMISHOVning
buyuk shoir va mutafakkir alisher navoiy ijodiga bag’ishlab tayyorlagan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Shahrisabz-2023
Sana: 3.II.2023-yil Sinf: IX Fan: Adabiyot
Mavzu: “Xamsa” – besh dostonni o‘z ichiga olgan asar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: Hazrat Navoiyning“Xamsa” asari va Xamsa yozish an’anasi haqida nazariy ma’lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni ona-yurtga muhabbat, insoniy fazilatlarni ulug‘lashva komil inson qilib tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni asardagi g‘oyalarni tahlil qilish orqali o‘quvchi dunyuqarashini shakllantirish va ruhiy kamolaotini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha berish va bilimlarni shakllantirish hamda qayta bayon qilish.
Darsda foydalaniladigan metodlar: “Bingo”, “Asar nomini top!”, “3*3*3” usuli, “Aqliy hujum”, “Og‘zaki bayon” va “BBB (bilaman, bilib oldim, bilishni xohlayman)” metodlari.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: “Xamsa” dostonlariga ishlangan miniatyuralar, slayd, ko‘rgazmalar va didaktik materiallar, kompyuter, monitor.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi (asarning ijtimoiy hamda badiiy-estetik mazmun-mohiyatini tushunish, unda tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira olish); milliy va umummadaniy kompetensiya (badiiy adabiyotda aks etgan umuminsoniy qadriyatlarning tasvirdagi o‘ziga xosliklarini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, milliy qadriyatlar bilan qiyosiy baholash).
Badiiy asarda aks etgan voqea-hodisa va tuyg‘ular mohiyatini to‘g‘ri tushunis, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |