Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo’limi
Download 1.54 Mb.
|
63-maktab. Tuxtamiashov Sovriddin Eng namunali dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatshoh Samarqandiy Ulug‘ shoir vazirlik davrida qanday unvonlarga musharraf bo‘lgan ”Amiri kabir” ,”Amir-ul muqarrab”
- S.G‘aniyeva, A.Zohidov, Oybek, O.Sharafiddinov, Ya.G‘ulomov I.Sulton, A.Qayumov.
- XV asr Hirot adabiy muhiti xamsanavisligi Alisher Navoiyning “Xamsa” asari (1483-1485)
- “Hayrat ul-abror”
- Farhod va Shirin“
- Layli va Majnun”
- Sabʼai sayyor” dostoni
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi va o‘quvchilarning darsga tayyorligi nazorat qilinadi. Dars shiori tanlab olinadi. O‘tilgan mavzu “Aqliy hujum” metodi orqali takrorlanadi va yangi mavzuga o‘tiladi. Savollar: Alisherning tarbiyasiga otasi katta e`tibor berganini, kelajakda fazilatli odam bo`lib yetishmog`i uchun astoydil harakat qilganini qaysi tarixchi olim yozib qoldirgan? Davlatshoh Samarqandiy Ulug‘ shoir vazirlik davrida qanday unvonlarga musharraf bo‘lgan? ”Amiri kabir” ,”Amir-ul muqarrab” A.Navoiy 1480-1500-yillar mobaynida o‘z mablag‘lari hisobidan nimalar qurdiradi? 42 rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ta hovuz va madrasalar qurdiradi Qaysi o‘zbek olimlari Navoiyning hayot yo‘llari haqida asarlar yaratishgan? S.G‘aniyeva, A.Zohidov, Oybek, O.Sharafiddinov, Ya.G‘ulomov I.Sulton, A.Qayumov. Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida Alisher Navoiy qanday inson sifatida tasvirlangan? Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchi. Aziz va bilimga chanqoq o‘quvchilar! Bugun biz siz bilan buyuk xamsanavis bobomiz Alisher Navoiyning “Xamsa” asari va uning tarkibiga kiruvchi “Saddi Iskandariy” dostonini hamda uning badiiy g‘oyasini o‘rganamiz. Hazrat alisher Navoiy bobomiz o‘zining “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub” kabi ta’limiy-axloqiy hamda boshqa asarlarida ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarini va qarashlarini aks ettirgan. Ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalash orqali komil insonning ta’limiy-axloqiy qirralarini shakllantirishning mazmuni, yo‘llari va usullarini bayon etadi. Kishilarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga undash, ilm inson kamoloti uchun eng zaruru fazilat deb bilish, ilm insonni, xalqni nodonlik va jaholatdan qutqaruvchi omil ekanligini asarlari bilan asoslab beradi. Musulmon xalqi epic poeziyasi tarixi xamsachilik bilan chambarchas bog‘liq. Dastavval XII asrda vujudga kelgan xamsa janri sakkiz asrga yaqin vaqt davomida yuzlab javob dostonlar yozildi. XV asr Hirot adabiy muhiti xamsanavisligi Alisher Navoiyning “Xamsa” asari (1483-1485) N avoiy «Xamsa» dostonlari ustida g‘oyat samarali ishlagan. 1483—1485 yillar Navoiy uchun eng sermahsul yillar bo‘lgan. Bu yillarni Aligeri Dantening «Ilohiy komediya» ustida (1307—1321), Uilyam Shekspirning «Yuliy Sezar» (1559), «Gamlet» (1601), «Otello» (1604), «Qirol Lir» (1605), «Makbet» (1606), «Antonio va Kleopatra» (1607) tragediyasi ustida, A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» (1823—1830) she’riy romani ustida ishlagan yillariga qiyoslash mumkin. Bu yillarda mazkur ijodkorlar o‘zlarining shoh asarlarini yozib tugallash bilan qattiq band bo‘lganlar. Shuningdek, Amir Xusrav Dehlaviy (1253—1305) ham o‘z «Xamsa»siga kirgan dostonlarini juda qisqa muddatda — «Shirin va Xusrav», «Majnun va Laylo”ni 1298-yilda, «Matlaul-anvor» va «Oynayi Iskandariy»ni 1299-yilda, «Xasht behisht”ni 1301-yillarda yozib tugallagan. Hazrat Navoiyning “Xamsa” dostoni ajdodlarimiz ma’naviy holatining ko‘zgusi bo‘lib, unda o‘tmish davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, odob-axloq haqidagi qarashlar o‘z aksini topgan. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) dostonidir. U 20 maqolot va 20 hikoyatni o‘z ichiga oladi. Shundan Kirish (Muqaddima) 21 bobni o‘z ichiga olgan. Ushbu dostonda komil insonga xos odob, qanoat, karam va saxovat, rostlik va vafo kabi xislatlar ulug‘lanadi va ular keyingi dostonlar hikoyatlarida davom etadi. “Farhod va Shirin“ dostoni Navoiy yaratgan “Xamsa”ning ikkinchi dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakka-yu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi. “Layli va Majnun” - Alisher Navoiy “Xamsa”sining uchinchi dostoni. Alisher Navoiy Layli va Majnun sarguzashtlarining anʼanaviy syujet chizigʻini saqlab qolgan holda voqealarga yangicha ruh va mazmun baxsh etdi hamda dostonga yangi timsollar kiritdi. Doston Sharq mumtoz adabiyotining anʼanalariga muvofiq ikkita: zohiriy (ochiq) va botiniy (yashirin) maʼnolarga ega. Zohiriy maʼno oddiy oʻquvchiga ham tushunarli boʻlib, unda ikki yosh muhabbati oʻz ifodasini topgan. Botiniy maʼno esa ramziy-majoziy tasvirlarga oʻralgan boʻlib, unda muallifning falsafiy qarashlari aks etgan. “Sabʼai sayyor” dostoni anʼanaga koʻra, hamd, munojot va naʼt bilan boshlangan, soʻng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi "Xamsa"dagi boshqa dostonlardan farq qiladi. Hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya boʻlib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yoʻnalishi bilan chambarchas bogʻlanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning , xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi. Xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va maʼrifat gʻoyalari ilgari suriladi, munofiqlik va zolimlik qoralanadi. “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devoir”) — “Xamsa” ning yakunlovchi dostoni. Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Navoiy talqinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartib-qoidalarni katta olamdagi tartib-qoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin boʻlib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini koʻrish mumkin. Masalan, Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni koʻrib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qoʻlini tobutdan chiqarib qoʻyishlarini soʻraydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyo hoy-u havaslariga ortiqcha ruju qoʻymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir boʻlsada, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling