Qashqadaryo viloyatining 2021 yildagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari


Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar


Download 339.74 Kb.
bet3/5
Sana21.09.2023
Hajmi339.74 Kb.
#1683697
1   2   3   4   5
Bog'liq
MM-81.2 Tuxtaev Sherzod

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar


Asosiy kapitilga kiritilgan investitsiyalar hajmi 16 225,1 mlrd.so‘mni tashkil qilgan (2020 yilga nisbatan 72,7%) va Respublikadagi ulushi 6,6% (hududlar orasida 6-o‘rin)ni tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 4 811,9 ming so‘mni tashkil qilgan (2020 yilga nisbatan 71,4%).

Tashqi savdo aylanmasi


Tashqi savdo aylanmasi xajmi 661,9 mln.dollarni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 122,1%ga oshgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining Respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1,6 %ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 10-o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksportning ulushi -40,2%, importning ulushi -59,8%ni kamayishni ko‘rsatdi.
2021 yilda jami amalga oshirilgan eksport xajmi - 270,5 mln.dollarni tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 138,4%ga, import xajmi - 391,4 mln.dollarni tashkil qilgan holda 112,9%ga oshgan. Viloyatda amalga oshirilgan eksport va importning Respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 1,5%ni tashkil qilgan.
2021 yil davomida 9 463 ta yangi kichik sub’yektlari tashkil etilgan va ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 2020 yilga nisbatan 24,9%ga oshgan.


Qashqadaryo viloyatining 2022 yildagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo filiali tomonidan viloyatning 2022 yil yanvar-dekabr oylaridagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Yalpi hududiy mahsulot. 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatdagi yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 49 520,8 mlrd so‘mni, o‘sish ko‘rsatkichi 2021 yilning mos davriga nisbatan 5,6%ni (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 9-o‘rin) tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi 14 372,6 ming so‘mni tashkil qilgan.
Viloyatda yaratilgan YaHMning Respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 5,6% bo‘lgan holda Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan keyingi 7-o‘rinni egallagan. YaHM da kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 69,9%ni tashkil qilgan.
Sanoat. Viloyatda 22 814,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,5 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 3-o‘rin)ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4,1 foizni va hududlar orasida 8-o‘rinni egallangan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 7,5%, ishlab chiqariladigan sanoat - 68,2%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati - 23,8%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati - 0,5%ni tashkil qilgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 1 376,7 ming so‘m (Respublika hududlari orasida 12-o‘rin) bo‘lgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,5 foizga oshgan.

Download 339.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling