Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida mavjud muammolar yechimiga qaratilgan innovatsion va startap loyihalar tanlovida ishtirok etish uchun ariza


Loyiha hududning va tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’siri


Download 1.06 Mb.
bet3/6
Sana10.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1184964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ариза бланкаси

Loyiha hududning va tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’siri:



  • Qashqadaryo viloyatida suzish basseynlari suvini isitishning qayta tiklanadigan energiya asosidagi samarali isitish tizimini yaratish muammosi hal qilinadi;

  • Jismoniy tarbiya va suv sportini ommaviy rivojlantirish bilan birgalikda basseynning energiya sarfini kamaytirish imkoniyati yaratiladi;

Loyihani amalga oshirish natijasida:

  • quyosh energiyasini yig’ib issiqlik energiyasi oladigan quyosh hovuzi qurilmasi ishlab chiqiladi va xususiy, sport basseynlariga tadbiq qilinadi;

  • suzish basseynlarini issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash samaradorligiga va yoqilg’i sarfini kamaytirishga erishiladi.




Iste’molchi tashkilotlar nomi.

  • Ijtimoiy soha ob’ektlari hamda suzish basseynlari.

Qo‘llanilayotgan texnologiyalar, ularning yangilik darajasi va intellektual mulkni himoya qilish borasida ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot:

  • Taklif etilayotgan quyosh hovuzi qurilmasi suzish basseynlari suvini isitishda energiya sarfini kamaytirishga hamda atrof-muhitga chiqadigan chiqindi gazlarni kamaytirishga qaratilgan.

Loyihaning bosqichi:



  1. Qurilmaning tajriba-sanoat nusxasini yasash uchun iste’molchilar bilan kelishgan holda loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq, eskiz loyiha, texnik loyiha va ishchi konstruktorlik hujjatlar to‘plami)ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

  2. Quyosh energiyasini yig’ib issiqlik energiyasi oladigan quyosh hovuzi qurilmasining tajriba-sanoat nusxasini tayyorlash va dastlabki issiqlik-texnikaviy tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish.

  3. Quyosh energiyasini yig’ib issiqlik energiyasi oladigan quyosh hovuzi qurilmasini o‘rnatish, sozlash va ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish va nashr qildirish.

  4. Quyosh energiyasini yig’ib issiqlik energiyasi oladigan quyosh hovuzi qurilmasining texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish va joriy etish.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling