Qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan tadqiqotlar tahlili mundarij a kirish


Download 34.63 Kb.
bet5/7
Sana19.09.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1681467
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN TADQIQOTLAR TAHLILI (1)

MARKAZ VA BO`LIMLAR

  • Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi

  • Axborot-resurs markazi

  • O’quv-uslubiy boshqarma

  • Magistratura bo’limi

  • Xodimlar bo‘limi

  • Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi

  • Ichki nazorat va monitoring bo‘limi

  • Ilmiy tadqiqot va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi

  • Devonxona

  • Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoringi bo’limi

  • Yoshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi

  • «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi

  • Texnikadan foydalanish va xo’jalik bo’limi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining
TUZILMASI
2.2. Muzeyning asosiy vazifalari va funksiyalari hamda huquq- majburiyatlari
Quyidagilar Muzeyning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mustabid tuzum davridagi qatag‘on siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini chuqur o‘rganish hamda ularni haqqoniy yoritish maqsadida muzey ekspozitsiyasini tashkil etish;
muzey fondlari va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi qatag‘on siyosati bilan bog‘liq turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish;
qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish;
qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning ijodiy merosini to‘plash, nashrga tayyorlash va chop etish;
respublika ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda muzeyda ochiq darslar, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini ta’minlash, Muzeyning ilmiy bazasidan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish;
hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylariga (keyingi o‘rinlarda hududiy muzeylar deb ataladi) uslubiy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
9. Muzey o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) mustabid tuzum davridagi qatag‘on siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini chuqur o‘rganish hamda ularni haqqoniy yoritish maqsadida muzey ekspozitsiyasini tashkil etish sohasida:
O‘zbekistonning mustabid tuzum davridagi tarixini birlamchi manbalar, arxiv hujjatlari, matbuot materiallari asosida atroflicha tadqiq etadi;
ilmiy izlanishlar natijasida jamlangan tarixiy materiallar va muzey ashyolari asosida muzey ekspozitsiyasini yaratadi va takomillashtiradi;
muzey ekspozitsiyalarini tashkil qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanadi;
xorijiy mutaxassislar tomonidan nashr etilgan qatag‘on davriga oid zamonaviy ilmiy va siyosiy, badiiy adabiyotlar elektron bazasini yaratadi;
respublikaning ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
xorijiy mamlakatlarning turdosh muzeylari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan birgalikda belgilangan tartibda ilmiy izlanishlar olib boradi;
qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan mutafakkirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga bag‘ishlangan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi;
b) muzey fondlari va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi qatag‘on siyosati bilan bog‘liq turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish sohasida:
respublika va xorijiy mamlakatlarning arxivlari hamda kutubxonalarida saqlanayotgan hujjatlar va birlamchi manbalar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi;
respublikaning turli hududlari hamda xorijiy mamlakatlarga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish asosida yangi muzey ashyolarini to‘playdi;
qatag‘on qurbonlari avlodlarining xotiralari va og‘zaki tarix materiallari asosida monografiyalar, ilmiy risolalar tayyorlaydi;
v) qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish sohasida:
muzey yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan anjumanlar va turli tarixiy sanalar munosabati bilan ko‘rgazmalar tashkil etadi;
qatag‘on qurbonlari avlodlari va yoshlar ishtirokida xotira kechalari hamda davra suhbatlari uyushtiradi va o‘tkazadi;
alohida buyurtmalar asosida qatag‘on etilgan vatandoshlarimizning uy-muzeylari ekspozitsiyalarini tashkil etishda ishtirok etadi;
xorijiy mamlakatlarda muzeyshunoslik sohasi va tarixiy mavzularda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda ishtirok etadi;
g) qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning ijodiy merosini to‘plash, nashrga tayyorlash va chop etish sohasida:
qatag‘on qurbonlari bo‘lgan davlat va jamoat arboblari, fan, adabiyot namoyondalarining respublika va xorijdagi mavjud ilmiy, adabiy, publitsistik merosini aniqlaydi va jamlaydi;
mustamlakachilik, shu jumladan qatag‘on siyosati va uning qurbonlariga bag‘ishlangan monografiyalar, albomlar, kitoblar nashr etadi, hujjatli filmlarni suratga oladi, matbuotda maqolalar e’lon qiladi, to‘plangan materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qiladi;
d) respublika ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda muzeyda ochiq darslar, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini ta’minlash, Muzeyning ilmiy bazasidan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish sohasida:
ta’lim muassasalari bilan innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomalarini tuzadi va ular asosida muzeyda ochiq darslar, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini ta’minlaydi.
muzey yetakchi olimlarining oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonida qatnashishlari, talaba va doktorantlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilishlari uchun zarur choralarni ko‘radi;
qatag‘on davri tarixiga oid ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilarga muzey fondi materiallaridan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibi malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi;
e) hududiy muzeylarga uslubiy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish:
hududiy muzeylar uchun ekspozitsiyaning namunaviy konsepsiyasi va namunaviy tematik rejasini ishlab chiqadi hamda shu asosda tayyorlangan har bir hududiy muzey ekspozitsiyasi konsepsiyasi va tematik rejasini tasdiqlaydi;
hududiy muzey ekspozitsiyasini yaratishda, uni boyitib borishda uslubiy va amaliy yordam beradi;
hududiy muzeylarning yillik ish rejalarini ko‘rib chiqadi va zarur tavsiyalarni beradi.

Download 34.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling