Qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan tadqiqotlar tahlili mundarij a kirish


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 34.63 Kb.
bet2/7
Sana19.09.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1681467
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN TADQIQOTLAR TAHLILI (1)

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mazkur kurs ishining maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy–ma'rifiy targ‘ibot ishining taraqqiyot tendensiyalarini tadqiq etishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarbelgilab olingan:

  • O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining nazariy-huquqiy asoslarini yoritish;

  • ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarining ijtimoiy-pedagogik va psixologik xususiyatlarini o‘rganish;

  • O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlari tizimini yoritish;

  • ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishlarini rivojlantiruvchi omillarnini o‘rganish;

Mavzuning nazariy-uslubiy asoslari. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev va Birinchi Prezident I.A. Karimovning asarlarida ilgari surilgan g’oya va fikrlar shuningdek, mavzu doirasidagi ilmiy adabiyotlar mavzuni keng yoritilishiga nazariy asos vazifasini o`tadi. Mavzuning yoritishda bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borishda qabul qilingan haqqoniylik, xolislik, davriylik kabi tamoyillarga tayanildi.
Kurs ishining tarkibi. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I. BOB. “QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI VA UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETILISHI

    1. Qatag'on qurbonlari xotirasi

Qatag‘on qurbonlari degan so‘zni har doim eshitganimizda tariximizning mash’um davrlaridan biri yodimizga tushadi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 30-50-yillarida bo‘lgan mislsiz qatag‘onlarda yurtimizning oqillari, olimlari, adiblari, ulamolari qamaldi va qatl etildi. Bir so‘z bilan aytganda nafaqat O‘zbekistonda balki, sobiq sovet tarkibidagi ko‘plab davlatlarda bu kabi ommaviy qatag‘onlar avj oldi.
Qatag‘on qurbonlarining asarlari yo‘q qilindi. Ushbu asarlarni o‘qigan, o‘rgangan odamlar esa «xalq dushmani» sifatida talqin etilib jazolandi. Barchamizga ma’lum 4 - oktabr O‘zbekiston tarixidagi eng qora kunlardan biri hisoblanadi. 1938-yilning aynan shu kunida o‘zbekning asl farzandlariga otuv hukmi o‘qilib, hukm shu kunning o‘zida ijro qilingan. Manbaalarda keltirilishicha Harbiy kollegiyaning 1938-yil 4-oktyabrdan boshlangan sayyor yig‘ilishlarida oktabr oyining oxirigacha jami 500 dan ortiq o‘zbekistonlik siyosiy mahbus ustidan hukm chiqarildi. Umuman olganda, 1930-1956 - yillarda SSSR bo‘ylab 20 million kishi Quloq ga tashlangan. Ulardan 2 millioni nobud bo‘lgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan «Qatag‘on qurbonlari» hotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bo‘yicha amaliy ishlar qilindi.
Qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 1991-yilda A.Qodiriy, A.Fitrat, F.Cho‘lpon kabi zamonaviy o‘zbek adabiyotining rivojiga hissa qo‘shgan adiblarimiz Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Yurtimizda qatag‘on qurbonlari hotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» jamg‘armasi va «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» davlat muzeyi tashkil etildi. Hususan, Toshkent shahrida yashab ijod qilgan taniqli qatag‘on qurbonlari Xoji Muin, M.Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, G‘ulom Zafariy, Elbek, G‘ozi Olim Yunusov, Otajon Hoshimov, Ziyo Said, Qori Yoqubov, M.Tursunxo‘jayev, Botu, Shayxzoda kabi fan arboblari va adiblarimizning ko‘plab asarlari qayta nashr etildi. Shu bilan birga ular ko‘rsatgan jonbozliklar, yozgan asarlari bilan yosh avlodni keng tanishtirish maqsadida o‘quv yurtlarida darslar o‘tilmoqda. Ular tomonidan yozilgan asarlar yurtimiz kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobxonlar bugungi kunda ushbu asarlardan keng foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari ko‘plab asarlar qayta tiklandi va yangidan nashr qilinmoqda. Hozirda kutubxonalarimizda qatag‘on qurbonlari bo‘lgan adiblarimiz, olimlarimiz va yozuvchilarimizning ko‘plab asarlari, qo‘lyozmalari, «saylanma asarlari» saqlanmoqda. Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazining kutubxona fondida ularning asarlari mavjud bo‘lib, kitobxonlarimiz ulardan foydalanib kelmoqda. Bundan tashqari, «Bilim» axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘quv muassasalarida, mahallalarda, turli tashkilotlarda shuningdek, AKM qoshida tashkil etilgan «Faol kitobxonlar» klubi a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari uchun qatag‘on qurbonlari hotirasiga bag‘ishlangan «Surgun yoki 30-yillardagi jadidlar qurbonlari», «Turkiston jadidlari», «Istiqlol jadidchisi», «Jadidchilik qurboni Abdulla Avloniy» hamda «Usmon Nosirning so‘ngi kunlari» mavzularida ma’naviy – ma’rifiy va targ‘ibiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar, kitob taqdimotlari muntazam tashkil etilib kelinadi. Shu o‘rinda, bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, barcha fuqarolarimizni kutubxonamizga tashrif buyurishlari va fondimizdagi nodir adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Albatta, bu ishlarning barchasi yoshlarimiz tarixning achiiq davrlarida xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir kunlardan habardor bo‘lishi, adiblarimizning asarlarini keng miqyosda o‘rganishi uchun amalga oshirilmoqda. M.Inoyatova, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazining xizmat rahbari Qatagʻon qurbonlari hotirasi abadiy boʻlishi, ularning asarlari esa keng oʻrganilishi lozim. Qatagʻon qurbonlari degan soʻzni har doim eshitganimizda tariximizning mashʼum davrlaridan biri yodimizga tushadi. Ayniqsa, oʻtgan asrning 30-50 yillarida boʻlgan mislsiz qatagʻonlarda yurtimizning oqillari, olimlari, adiblari, ulamolari qamaldi va qatl etildi. Bir soʻz bilan aytganda nafaqat Oʻzbekistonda balki, sobiq sovet tarkibidagi koʻplab davlatlarda bu kabi ommaviy qatagʻonlar avj oldi. Qatagʻon qurbonlarining asarlari yoʻq qilindi. Ushbu asarlarni oʻqigan, oʻrgangan odamlar esa “xalq dushmani” sifatida talqin etilib jazolandi. Barchamizga maʼlum 4-oktyabr Oʻzbekiston tarixidagi eng qora kunlardan biri hisoblanadi. 1938-yilning aynan shu kunida oʻzbekning asl farzandlariga otuv hukmi oʻqilib, hukm shu kunning oʻzida ijro qilingan. Manbaalarda keltirilishicha Harbiy kollegiyaning 1938-yil 4-oktyabrdan boshlangan sayyor yigʻilishlarida oktyabr oyining oxirigacha jami 500 dan ortiq oʻzbekistonlik siyosiy mahbus ustidan hukm chiqarildi. Umuman olganda, 1930-1956-yillarda SSSR boʻylab 20 million kishi GULAGga tashlangan. Ulardan 2 millioni nobud boʻlgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan “Qatagʻon qurbonlari” hotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish boʻyicha amaliy ishlar qilindi. Qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 1991-yilda A.Qodiriy, A.Fitrat, F.Choʻlpon kabi zamonaviy oʻzbek adabiyotining rivojiga hissa qoʻshgan adiblarimiz Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Yurtimizda qatagʻon qurbonlari hotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” jamgʻarmasi va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi tashkil etildi. Hususan, Toshkent shahrida yashab ijod qilgan taniqli qatagʻon qurbonlari Xoji Muin, M.Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Gʻulom Zafariy, Elbek, Gʻozi Olim Yunusov, Otajon Hoshimov, Ziyo Said, Qori Yoqubov, M.Tursunxoʻjayev, Botu, Shayxzoda kabi fan arboblari va adiblarimizning koʻplab asarlari qayta nashr etildi.
Shu bilan birga ular koʻrsatgan jonbozliklar, yozgan asarlari bilan yosh avlodni keng tanishtirish maqsadida oʻquv yurtlarida darslar oʻtilmoqda. Ular tomonidan yozilgan asarlar yurtimiz kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobxonlar bugungi kunda ushbu asarlardan keng foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari koʻplab asarlar qayta tiklandi va yangidan nashr qilinmoqda. Hozirda kutubxonalarimizda qatagʻon qurbonlari boʻlgan adiblarimiz, olimlarimiz va yozuvchilarimizning koʻplab asarlari, qoʻlyozmalari, “saylanma asarlari” saqlanmoqda. Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazining kutubxona fondida ularning asarlari mavjud boʻlib, kitobxonlarimiz ulardan foydalanib kelmoqda. Bundan tashqari, “Bilim” axborot-kutubxona markazi tomonidan oʻquv muassasalarida, mahallalarda, turli tashkilotlarda shuningdek, AKM qoshida tashkil etilgan “Faol kitobxonlar” klubi a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari uchun qatagʻon qurbonlari hotirasiga bagʻishlangan “Surgun yoki 30-yillardagi jadidlar qurbonlari” , “Turkiston jadidlari” , “Istiqlol jadidchisi”, “Jadidchilik qurboni Abdulla Avloniy” hamda “Usmon Nosirning soʻngi kun l ari” mavzu lari da ma’naviy – maʼrifiy va targʻibiy uchrashuvlar , davra suhbatlari, kechalar, kitob taqdimotlari muntazam tashkil etilib kelinadi. Shu oʻrinda,bir narsani alohida taʼkidlash lozimki, barcha fuqarolarimizni kutubxonamizga tashrif buyurishlari va fondimizdagi nodir adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Albatta, bu ishlarning barchasi yoshlarimiz tarixning achiiq davrlarida xalqimiz boshidan kechirgan ogʻir kunlardan habardor boʻlishi, adiblarimizning asarlarini keng miqyosda oʻrganishi uchun amalga oshirilmoqda.



Download 34.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling