3-masala yuzasidan qaror qabul qilindi:
Kun tartibidagi 3-masala bo’yicha kafedra mudiri Q.Umarqulovning axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Kun tartibidagi 4 masala yuzasidan kafedraning ARM va ziyonet bilan ishlash bo’yicha mas’ul o’qituvchisi M.Abdug’aniyevning ushbu yo’nalishda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha axboroti tinglandi. M.Abdug’aniyev har bir professor-o’qituvchi tegishli fanlar bo’yicha eng so’nggi nashr etilgan adabiyotlar ro’yxatini shakllantirib, ushbu ro’yxatni univaersitet axborot resurs markazining mas’ul hodimlariga yetkazish lozimligini takidladi.
4-masala yuzasidan qaror qabul qilindi:
1. Kafedra o’qituvchisi M.Abdug’aniyevning kafedrada ARM va Ziyonet bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilishi yuzasidan bergan axboroti ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Kun tartibidagi 5-masalaga o’tildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida kafedra mudiri Q.Umarkulov axboroti tinglandi.
5-masala yuzasidan qaror qabul qilindi:
Kun tartibidagi 5-masala yuzasidan kafedra mudiri Q.Umarqulov axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Majlis so’nggida kun tartibidagi turli masalalar muhokamasiga o’tildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masalada Kafedra o’qituvchisi Mamajanova Gulbahor Toxirjon qizi 2023 yil 21 oktabr kuni KBH-22-01 guruhda Moliyaviy tahlil fani bo’yicha “Korxona operatsion faoliyat tahlili” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Ochiq darsda “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilari I.Kamolidinov, I.Jo’rayev, M.Ibrohimov, N.Tursunov, M.Raximova, M.Abduganiyevlar qatnashdi.
Ochiq dars turi amaliy dars tarzida tashkillashtirildi. Darsda “B B B” metodidan foydalanildi. Dars jarayoni juda qiziqarli tarzda tashkil qilindi. Vaqt to’g’ri taqsim qilingan holda mavzu to’liq yoritib berildi. Yuqoridagi bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib yig’ilish,
QAROR QILADI:
Bildirilgan fikr mulohazalarni inobatga olgan holda, G.Mamajanovaning Moliyaviy tahlil fanidan “Korxona operatsion faoliyati tahlili” mavzusida o’tgan ochiq darsi ijobiy baholansin.
Majlis raisi kafedra mudiri: Q.Umarqulov
Majlis kotibi: M.Abdug’aniyev
Do'stlaringiz bilan baham: |