Qattiq jismlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik


Download 253 Kb.
bet3/9
Sana24.04.2023
Hajmi253 Kb.
#1395559
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish














OLOVBARDOSH ASHYOLAR TASNIFI VA XOSSALARI, TURLARI




Olovbardosh materiallar deb, yuqori haroratda og’ir yuk ta‘sirida hech qanday deformatsiyaga uchramaydigan, yuqori kimyoviy chidamli va pech gazlarini abraziv harakatlariga chidamli, kam miqdorda chang hosil qiluvchi materiallarga aytiladi.
Olovbardoshli materiallarning sifati ulardan pechning biror qismi yasalganda yuqori darajada qizishiga chidab berishidir, bu ularning samaradorligini belgilaydi. Olovbardosh materiallar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • katta bosimga va yuqori haroratga bardoshli bo'lishi uchun yuqori mexanik puxtalikni hosil qilishi;

  • haroratni tez o’zgarishida turli xil yoriqlar hosil qilmasligi;

  • pech ichidagi gazlar va toshqollar bilan kimyoviy aralashmasligi;

  • o’lchamini doim bir xilda saqlashi, ya‘ni qiziganda kattalashmasligi, sovuqda kirishmasligi;

  • tarkibida g’ovaklar kam bo’lishi zarur, g’ovakli olovbardosh materiallar, pechdagi gazlar ta‘sirida yemirilishi mumkin;

  • kam miqdorda issiqlikni o’tkazuvchanligini hosil qilish kerak, natijada pech devorlari orasidan yo’qotilayotgan issiqlik miqdorini kamaytirish imkoniga ega bo’lamiz;

  • elektr o’tkazuvchanlik darajasini minimal darajada bo’lishi talab qilinadi. Olovbardosh materiallar quyidagicha tasniflanadi:

    1. Olovbardoshligi bo‘yicha:

  1. 1580 - 1770 oC haroratgacha chidamli bo’lgan olovbardosh materiallar sinfi;

  2. 1770 - 2000 oC haroratgacha chidamli bo’lgan yuqori olovbardosh materiallar sinfi;

d) 2000 oC haroratdan yuqori haroratga chidamli bo’lgan olovbardosh materiallar sinfi.

    1. Ishlab chiqarilish uslubiga ko‘ra:

  1. Tog’lardan tabiiy qazib olib kelingan holatda;

  2. mashinada qoliplangan va qo’lda qoliplangan plastik holatda;

  1. bog’lovchi materiallar loy, qolip va boshqalarni qo’shib, mexanik yoki materiallarni gidravlik presslar yordamida tayyorlangan yarim quruq kukunsimon holatdagi;

  2. pnevmatik yoki elektromexanik zichlab tayyorlangan holatda;

  3. elektr va boshqa pechlarda quyma usulida olingan holatda.

    1. Termik ishlash usuliga ko‘ra:

  1. pishirilgan, elektr yoki boshqa pechlarda belgilangan rejimda pishirilgan;

  2. pishirilmagan.

    1. Olovbardosh mahsulotlar o‘lchamiga va ko‘rinishiga qarab, bir qancha turlarga bo‘linadi:

  1. me‘yoriy g’isht (katta va kichik ko’rinishda), to’g’ri va ponasimon (bo’ylama va ko'ndalang);

  2. shakldor mahsulot (oddiy, murakkab, ancha murakkab);

  1. yirik blokli shakldor mahsulotlar oddiy, murakkab, ancha murakkablar;

  2. tajriba va ishlab chiqarishda qo’llaniladigan maxsus mahsulotlar (tigel truba, trubka va boshqalar).

Pechlarni truba va boshqa turdagi qurishda ishlatiladigan olovbardosh materiallar quyidagicha markalanadi:
Sh - shamotli,
YSh - yengil shamotli,
Ya - yarim oksidlangan,
Dn - dinasli (otashbardoshli).
Oksidlardan tuzilgan olovbardosh materiallar keng miqdorda ishlatiladi. Undan tashqari uglerodli materiallarning grafitli, koksli va karbitli turlari ishlatiladi. Ular vazifasi bo’yicha pechda tiklangan atmosferani hosil qiladi.

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling