Qattiq jismlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik


Zagotovkalarni induksion uslubda qizdirishning afzalligi va kamchiliklari


Download 253 Kb.
bet6/9
Sana24.04.2023
Hajmi253 Kb.
#1395559
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

Zagotovkalarni induksion uslubda qizdirishning afzalligi va kamchiliklari


Zagotovkalarni induksion uslubda qizdirishning afzalliklariga quyidagilarni keltirish mumkin:

  • qizdiriluvchi jismga to’g’ridan to’g’ri issiqlik energiyani ta‘sir qilishi natijasida katta tezlikda qiziydi. Masalan, diametri 100 mm 40 markali po’lat tayyorlangan zagotovkani oddiy pechda qizdirishga nisbatan 2,5 marotobagacha tezlik bilan qiziydi. Zagotovkani diametrini kichrayishiga qarab qizdirish tezligini 5-10 marobagacha oshirish mumkin;

  • kuyindi hosil bo’lish darajasi sezilarli darajada past. Uglerodsizlanish darajasi deyarli sodir bo’lmaydi. Induksion qizdirib ishlov berilganda hosil bo’lgan kuyindi va uglerodsizlanish holatlari, qizdirish vaqtida emas, balki zagotovkani harakatlantirishda va deformatsiyalash jarayonida hosil bo’ladi;

  • kuyindi hosil bo’lishni yo’q qilish shtamplarni yeyilishini kamaytiradi. Shuning hisobiga zagotovkani o’lchamining aniqligi va 10 – 20 % gacha shtamplarni chidamlilik darajasi ortadi;

  • shtamplashni texnologik jarayonini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkoniyati ortadi;

  • induksion qizdirish tartibini o’zgartirish, alanganli pechlarga nisbatan ancha tez o’tkazilishi mumkin;

  • zagotovkalarni induksion qizdirish bilan bolg’alash-shtamplash tsexini ish sharoiti yaxshilanadi. Masalan, alangali pechlarda tsex ish maydonining umumiy harorati tashqi haroratga nisbatan ancha yuqori darajada bo’ladi, sababi pechdan katta miqdorda issiqlik tsexdagi ish maydoniga tarqaladi, bu holat ishchilarning ish unumdorligini pasaytiradi;

  • iqtisodiy tarafdan induksion qizdirish alanganli pechlarga nisbatan katta samaradorlikga ega.

Zagotovkalarni induksion uslubda qizdirishning asosiy kamchiliklarga quyidagilarni keltirish mumkin:



  • asosan induksion qizdirish jihozlari uchun katta miqdorda harajat sarflanadi: tok chastotani boshqarish qurilmasi, umumiy boshqarish, o’tkazgichlar, qizdirgichlar va kondensatorlar uchun. Pech va induksion qizdirish qurilmasi orasida moddiy harajatni farqi, qizdiruvchi zagotovkani o’lchamiga, ya‘ni o’lchamni katta bo’lishi bilan kamayib boradi;

  • bolg’alash-shtamplash siklni ishlab chiqarishida ko’pincha murakkab shaklga ega bo’lgan zagotovkalar qizdirilib ishlov beriladi, lekin induksion uslubda bir qizdirishda metallni butun tanasi bo’ylab ishlov berishga imkoniyati mavjud emas. Shunday holatlarda induksion qizdirish uslubi yordamidan murakkab detallarning faqatgina o’zak ko’rinishidagi qismlarini qizdirishda foydalanish mumkin.


Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling