Qattiq jismlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik


Download 253 Kb.
bet7/9
Sana24.04.2023
Hajmi253 Kb.
#1395559
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish




INDUKSION QIZDIRISH QURILMASINI TUZILISHI VA TURLARI




Induksion qizdirish uchun tok generatorlari


Induksion qizdirish qurilmasining umumiy sxematik tuzilishi 3.1-rasmda keltirilgan. Qizdirish qurilmasi ulagich (1), uch fazali elektrodvigatel (2), aylantiruvchi generator (3), transformator (4), induksion qizdirgich (5), kondensator batareyasi (6) qismlaridan tuzilgan. Bunday induksion qizdirish qurilmasida zagotovkalarni oddiy induksion qizdirish uchun barcha qismlar keltirilgan.

3.1-rasm. Induksion qizdirish qurilmasini umumiy sxematik tuzilishi Zagotovkalarni induksion qizdirish qurilmasida asosan elektr mashina


generatorlari va u bilan bir qatorda elektr manbalari sifatida tiristorli statik chastotali konvertatsiya keng qo’llaniladi.
Shtamplash qurilmalarini yaqiniga o’rnatilgan o’zgartirgichlar, odatda, maxsus xonaga o’rnatiladi.
Ular ish tartibiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

  • uzluksiz (metodik) harakatlanuvchi zagotovkalar uzluksiz ravishda induktordan o’tadi;

  • davriy harakatlanuvchi – zagotovkalar qurilma tokdan uzilib alohida yuklanadi;

  • kombinatsiyalashgan, ya‘ni uzluksiz va davriy harakatlar o’tkazilishi mumkin;

  • uzun zagotovkalarni uzluksiz qizdirish uchun qizdiruvchilar.

Induksion qizdiruvchilarni elektr toki bilan ta‘minlash alohida yoki markazlashgan holatda bo’lishi mumkin. Temirchi tsexlarini ish sharoitida
markazlashgan ta‘minlanishni qo’llash qullay, doimiy kuchlanishni avtomatik ravishda ta‘minlash mumkin.
Bolg’alash – shatamplash ishlab chiqarish uchun induksion qizdirish qurilmasi konstruktiv jihatidan qizdirishni ta‘minlagich – induktor va zagotokani yuklash mexanizmi va ajratib olish qismlarida tuzilgan.
Induktorda bir vaqtda bir qancha zagotovkalar bo’ladi. Induktor uzunligi, undagi zagotovkalar soni va qizdirish tezligi shunday tanlanishi kerakki, zagotovka iduktordan olinganda bolg’alash uchun kerak bo’lgan haroratga ega bo’lishi, zagotovkani markazi bilan sirt qismi orasidagi haroratni ma‘lum oraliq o’zgarishlarda bo’lishi kerak. Induktorga kamida uchta zagotovkani joylashtirish tavsiya etiladi, bu qizdirgichning elektr tartibini sovuq zagotovkani yuklash vaqtida deyarli o’zgarmasligini ta‘minlaydi.
Uzluksiz induksion qizdiruvchi tartibini FIK (10 – 15 % gacha) va ishlab chiqarishdagi samardorligi davriy ishlash tartibiga nisbatan ancha yuqori.
Yuqori chastotali tok olish uchun mashinali, lampali va terristor ta‘minlagich qo’llanladi. Sanoat tok chastotasida qizdirishda foydalanilganda induktor to’g’ridan to’g’ri sanoat elektr kuchlanish chastotasiga yoki kamaytiruvchi transformator orqali ulanadi.
Induksion qizdirishda chastotalar ishlatilishiga qarab oshirilgan chastota 500 dan 10000 Gts va yuqori chastota – 50000 dan 1000000 Gts va undan yuqorilarga bo’linadi.
Induksion qizdirishning asosiy elementi bo’lgan induktor spiralsimon, to’g’ri burchakli yoki kvadrat va boshqa shakllarda bo’lib mis quvurlardan tayyorlanadi. Induktorlar ishlash vaqtida doimo suv bilan sovitib turiladi. 13.2- rasmda zagotovani yuqori chastotali tok bilan induktor orqali qizdirish va uni sovitish sxemasi keltirilgan.
Qizdirilgan zagotovkani o’qiga nisbatan induktor spiralda hosil bo’lgan magnit oqimining yo’nalishiga bog’liq holatda, qizdirish bo’ylama yoki ko’ndalang magnit oqimida bo’ladi. Agar magnit oqimini yo’nalishi zagotovkani o’qi yo’nalishiga mos kelsa, unda qizdirish bo’ylama oqimda, agar magnit oqimi zagotovkani o’qiga nisbatan perpendikulyar bo’lsa, unda qizdirish ko’ndalang oqimda deb hisoblash mumkin (3.3-rasm).
Induktorlarni ko’ndalang magnit oqimida foydalanib qizdirishda qizdirish vaqtini 1,5 – 2,0 marotobaga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishda silindrik induktorlardan ko’p foydalaniladi, bu induktor deyarli universal induktor bo’lib, ko’ndalang magnit oqimida aylanasimon, kvadrat va murakkab shakldagi zagotovkalarni qizdirishda qo’llaniladi.
Induktorlarni chidamliligini oshirish va qizdirilayotgan zagotovkalarni issiqlik sarfini kamaytirish uchun, induktor ichki yuzasiga issiqlikni saqlash qoplamasi qoplanadi. Induktor va zagotovkalar ishchi yuzalari orasidagi oraliqni belgilangan o’lchamdan ortib ketishi qurilmani FIKni kamaytiradi. Shuning uchun issiqliqni saqlash qoplamasini qalinligi 15 – 20 mm dan oshmasligi kerak.
Induktor naychalari devorlarining qalinligi misga tokni kirish chuqurligidan katta bo’lishi kerak:

3.2-rasm. Zagotovkani yuqori chastotali tok bilan induktor orqali qizdirish sxemasi: 1 – induktor; 2 – zagotovka

3.3-rasm. To’g'ri burchakli, aylanasimon, kvadrat shaklidagi zagotovkalarni qizdirish induktori: a – bo'ylama; b – ko'ndalang magnit maydonida


Induksion qizdiruvchini hisoblash uchun quyidagi ko'rsatkichlar aniq bo’lishi kerak:

  • zagotovkani o'lchamlari - ( ) ;

  • bolg’alash – shtamplash jihozini ishlab chiqarishdagi samardorligi. Tok chastotasi zagotovkani o'lchamiga qarab tanlab olinadi.

Qizdirishni davomiyligi umumiy mashinasozlik ma‘lumotlari asosida zagotovkani qalinligi va tok chastotasidan belgilanadi.

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling