Qattiq jismning murakkab xarakati


Download 1.88 Mb.
bet1/16
Sana06.05.2020
Hajmi1.88 Mb.
#103636
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
QATTIQ JISMNING MURAKKAB XARAKATI.


QATTIQ JISMNING MURAKKAB XARAKATI.
Reja:
1.Qattiq jismning murakkab xarakati xaqida tushuncha.

2.Qattiq jism nisbiy va murakkab xarakatini ifodalovchi tenglamalar.

3.Tezliklarni qo`shish xaqida teorema. Murakkab xarakatda nuqtaning tezligi va tezlanishi.

4. Koriolis tezlanishi vektori.
Kinematikadan ma`lumki istalgan jismning xarakati nisbiydir. Chunki nuqtaning xarakati qandaydir ma`lum koordinatalar sistemasiga nisbatan tekshiriladi. Bundan tashqari ko`pchilik xollarda nuqta bir vaqtning o`zida bir necha xarakatlarda qatnashadi. Masalan, poezd vagoni ichidagi nuqta (yo`lovchi) vagonga nisbatan, vagon esa poezd bilan birgalikda stantsiyaga nisbatan xarakat qiladi. Bunday xollarda nuqtaning xarakati qo`zgalmas sistemaga nisbatan murakkab xarakat bo`ladi. Bunday xarakatni taxlil qilish uchun nisbiy, ko`chma va absolyut xarakat tushunchalarni kiritamiz. Kema palubasida yurib ketadigan odamning kemaga nisbatan xarakati nisbiy xarakat kemaning esa o`zidagi odam bilan birgalikdagi xarakati odam uchun ko`chma xarakat bo`ladi. Odamning qo`zgalmas deb xisoblangan erga nisbatan xarakati absolyut xarakat deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda nuqtaning qo`zgalmas deb qabul qilingan koordinatalar sistemasiga nisbatan xarakati absalyut xarakat deyiladi. Tezligi esa absolyut tezlik deb ataladi.

Nuqtaning murakkab xarakatini tekshirish uchun 2 ta koordinatalar sistemasi: qo`zgalmas O1 X1 Y1 Z1 va O X Y Z qo`zgaluvchan koordinatalar sistemasini olamiz. A nuqtaning O1 nuqtaga ya`ni qo`zgalmas O1 X1 Y1 Z1 sistemaga nisbatan xarakatiga absolyut xarakat, qo`zgaluvchan O nuqtaga nisbatan xarakatiga, nisbiy xarakati deyiladi. Boglangan OXYZ sistemasini qo`zgalmas O1 X1 Y1 Z1 sistemasiga nisbatan xarakatiga A nuqtaning ko`chma xarakati deyiladi. A nuqtaning vaziyatini O1 nuqtaga nisbatan ifodalaydigan radius-vektor, O nuqtaga nisbatan ρ bo`lsin. O nuqtaning O1 ga nisbatan vaziyatini aniqlaydigan R radius vektor bo`lsin. Agar r, ρ, R vektorlar vaqtning funktsiyasi sifatiga ma`lum bo`lsa, A va O nuqtalarning xarakat qonunlari aniqlangan bo`ladi. 46-rasmdan radius-vektorlar orasidagi bogliqlik quyidagicha bo`ladi.

46-rasm 47-rasm

r=R+ρ (64) r va ρ larni XYZ orqali quyidagi ko`rinishida yozamiz.



(65)

ko`rinishida yozamiz. (65) dagi i,j.k birlik vektorlar.



Nuqtaning murakkab xarakati vaqtida (65) tenglamada X,Y,Z vaI,j,k lar vaqt o`tishi bilan o`zgaradi. Shuning uchun A nuqta tezligi v ni formuladan foydalanganimizda r vektori ko`p o`zgaruvchilarning (x,y,z, i,j,k va R ) funktsiyasi ekanligini nazarda tutib vaqt bo`yicha xosila olishimiz lozim.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling