Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari


Maydalash mashinalarining umumiy tasnifi


Download 28.62 Kb.
bet3/3
Sana27.06.2023
Hajmi28.62 Kb.
#1656921
1   2   3
Bog'liq
1 Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari

15.2. Maydalash mashinalarining umumiy tasnifi.


Materiallarni maydalash va tuyish uchun mo‘ljallangan mashinalar vazifalari va ishlash prinsiplariga ko‘ra quyidagi kuchlar ta’sirida ishlaydi. Siqish (15.2-rasm, a), zarb (15.2-rasm, b), kesish (15.2-rasm, v), sindirish (15.2-rasm, g), sidirish (15.2-rasm, d) va ular quyidagi turlarga bo‘linadi.
Maydalash mashinalari ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi (15.2-rasm).
Jag‘li - materialni siqish va kesish ta’siri ostida maydalaydi va oz miqdorda sidiradi (15.2-rasm, a).
Konusli -materialni siqish, sindirish orqali maydalaydi (15.2-rasm, b)
Valikli - siqish va sidirish orqali materialni maydalaydi (15.2-rasm, v).
Zarbiy maydalagich - bu maydalagichlar ikkiga bo‘linadi (15.2-rasm). g-bolg‘ali va d - rotorli. Materiallni maydalash zarb orqali va sidirish orqali amalga oshiriladi.
Barabanli - zarb bilan va sidirish orqali tuyadi (15.2-rasm, e).
O‘rta yurar mayatnikli tegirmon - sidirish va siqish orqali materialni tuyadi (15.2-rasm, j).
Zarbiy tegirmon - zarb orqali materialni tuyadi (15.2-rasm, z).
Struyali tegirmon - bu tegirmonda material zarb orqali va ishqalanish orqali tuyiladi (15.2-rasm, i).
Materiallarni maydalash va tuyish maydalagichlar va tegirmonlarga xos bo‘lib, bu jarayonlar mexanik usulda amalga oshiriladi. Ishchi organlarni maydalanuvchi va tuyiluvchi material bilan o‘zaro ta’siri natijasida materiallar maydalanadi va tuyiladi. Hozirgi kunda materiallarni maydalash va tuyish uchun yangi usullar ham ishlab chiqilmoqda. Masalan, ultrozvukli tebranishlar, tez o‘zgaruvchi yuqori va past temperatura, lazer nurlari, yuqori tezlikdagi suv oqimi energiya va boshqalar.

15.2-rasm. Maydalagichlarning turlari
a-jag‘li maydalagich; b-konusli maydalagich; v-valikli maydalagich; g-bolg‘ali; maydalagich; d-rotorli maydalagich; e-barabanli tegirmon; j-mayatnikli tegirmon; z-zarbiy tegirmon; i-struyali tegirmon.
Maydalash va tuyish mashinalarini turli-tumanligiga qaramasdan ularga umumiy talab qo‘yiladi. ya’ni konstruksiyasi sodda foydalanishga qulay va xavfsiz, emiriluvchi detallar soni kamligi, detallarni almashtirish qulayligi, sanitariya va gigiena me’yorlari bo‘yicha, shovqin, titrash, chang chiqish kam bo‘lishi talab etiladi.
Nazorat savollari

  1. Xom ashyoni maydalash usullari?

  2. Maydalash mashinalarining umumiy tasnifi?

  3. Maydalagichlarning turlari?

  4. maydalash darajasi tushunchasi nimani anglatadi?

Download 28.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling