Qattiq moddalarning tuzilishi
Download 120.5 Kb.
|
1443858115 61569
Qattiq moddalarning tuzilishi REJA Qattiq moddalarning tuzilishi. Kristall va amorf moddalar. Kristallik sistemalar. Kristallarning ichki tuzilishi. Kristallik panjara hosil bо‘lish energiyasi. Ma’lumki, moddalar uch xil: gaz, suyuq, qattiq agregat holatda bо‘lishi mumkin. Moddaning gaz va suyuq holatida zarrachalar tartibsiz joylashgan bо‘ladi, bu zarrachalar orasidagi о‘zaro tortishish kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli emas, shuning uchun bunday agregat holatdagi moddalarning muayyan shakli bо‘lmaydi. Qattiq jismlar, suyuq hamda gazsimon jismlarning aksincha, ma’lum mustaqil shaklga ega bо‘lib, bu shaklni qanday vaziyatda turishidan qat’i nazar saqlab qoladi. Qattiq moddaning zarrachalari bir-biri bilan shunday puxta bog‘langanki, ular о‘rnidan-о‘rniga о‘ta olmaydi. Ammo qattiq moddalarning zarrachalari ham bir qadar harakat qiladi, ammo ularning bu harakati ma’lum nuqtalar atrofida tebranishidan iborat bо‘ladi. Bundan, moddani tashkil qiluvchi zarrachalar modda faqat qattiq holatda bо‘lgandagina bir qadar tо‘g‘ri tartibda joylashadi, degan xulosa kelib chiqadi. KRISTALL VA AMORF MODDALAR.
Odatda, moddaning singan joyida har xil burchak ostida joylashgan kristallarning mayda tomonlari yaxshi kо‘rinib turadi. Kristallarni bu yoqlari yaltiraydi, chunki ular yorug‘likni har xil darajada aks ettiradi. Moddaning kristallari nihoyatda kichik bо‘lsa, shu moddaning kristallardan tuzilganligini mikroskop yordami bilan aniqlash mumkin. Qattiq moddalar orasida shundaylari ham uchraydiki, ularning siniq yerida kristallar boriligini payqab bо‘lmaydi, masalan bir bо‘lak odatdagi shisha sindirib kо‘rilsa uning siniq joyi silliq ekanligini va kristall moddalarning siniq joyidan farqli о‘laroq, yassi yuzalar bilan emas balki ovol yuzalar bilan chegaralanganligini kо‘ramiz. Smola, yelim va ba’zi boshqa moddalarning parchalari sindirilganda ham xuddi ana shunday hol kuzatiladi. Bunday moddalarning hammasi amorf moddalar deb ataladi. Har qaysi kristall modda, odatda, mutlaqo muayyan shakldagi kristallarni hosil qiladi. Masalan natriy xlorid yoki osh tuzi kub shaklida, achchiqtosh oktaedr shaklida kristallanadi va hokazo. Har qaysi modda kristallarining shakli uning о‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling