Kristallik panjara hosil bо‘lish energiyasi. Kristalning tuzilishi kristall yacheykasidagi zarrachalar soniga, bu zarrachalarning katta-kichikligiga va ularning qutblanish xossalariga bog‘liq.
1933 yilda sovet olimi A.F.Kapustinskiy kristallik panjara hosil bо‘lish energiyasini hisoblab topish uchun taqribiy formula taklif qildi; unga muvofiq kristallik panjaraning energiyasi kristall yacheykadagi zarrachalar soniga ularning katta-kichikligiga, ionlarning valentligiga bog‘liq.
U=256,1
Bu yerda U-kristallik panjaraning energiyasi, ya’ni 1 gramm molekula kristaldagi zarrachalarni bir-biridan ajratib, cheksiz uzoqqa yuborish uchun zarur energiya; k-molekuladagi ionlar soni; r1 va r2-ionlarning valentligi; Ra va Rk-anion va kation radiuslari.
A.F.Kapustinskiy formulasini faqat ionli panjaralar uchun qо‘llash mumkin. Ayni kristall moddaning elementlaridan hosil bо‘lish energiyasi qiymatidan foydalanib, U ni hisoblab topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |