Qattiq moddalarning tuzilishi


Download 120.5 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi120.5 Kb.
#217434
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1443858115 61569

Molekulyar panjaralar panjara tugunlarida molekulalar turishi bilan xarakterlanadi. Polyar yoki kam polyar tipdagi birikmalar va umuman, atom bog‘lanishga ega bо‘lgan birikmalar molekulyar panjaralar hosil qiladi.

Atomli panjaraning struktura birligi о‘zaro kovalent bog‘langan neytral atomlardir. Bunday turdagi panjaralar ba’zi oddiy moddalarga, masalan, olmosga xos.

Tugunlarida musbat va manfiy ionlar navbatma-navbat joylashgan ionli panjaralar ionlardan tuzilgan birikmalarga xosdir, bu birikmalar qatoriga tuzlarning qaryib hammasi, kо‘pgina oksidlar va boshqa ba’zi moddalar kiradi.

Nihoyat, metall panjaralar о‘ziga xos tuzilishga ega. Metall panjara tugunlarida neytral atomlar emas, balki musbat ionlar turadi, bu ionlar oralig‘ida erkin, oson harakatchan elektronlar bо‘ladi. Metall panjaralari tо‘g‘risida metallar bayon etilganda batafsil sо‘zlanadi. Molekulyar atomli va ionli panjaralar orasida farq bо‘lishiga sabab, ularni hosil qiluvchi zarrachalarning tipigina emas, balki bu zarrachalarning о‘zaro ta’sir etish xarakterihamdir. Rasmda natriy xlorid kub panjarasining bir qismi, ya’ni elementar yacheykasi kо‘rsatilgan, bu qism butun kristaldan ajratib olingan bо‘lib, kristallning ichi ionlar bilan qanday tо‘lganligini kо‘rsatish uchun berilgan.


Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling