2. Qurilishda ombor xo’jaligining hisobi.
Omborlarni loyihalash va hisoblash. Omborlarda saqlanishi kerak bo’lgan materiallar, detallar, yarimfabrikatlarning 5-10 tasini har birining nomlari turlari bo’yicha va miqdorlari aniqlanadi. Materiallar zahirasi qurilish-montaj ishlarining uzluksizligi va ta’minotining to’xtamasligini ta’minlash bilan birga, omborlar maydonlari kichik va ularni qurishga ketadigan xarajatlari qisqa bo’lishini e’tiborga olinishini talab qilinadi:
Omborlarda saqlanishi mumkin bo’lgan materiallarning miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:
P = Q / T ∙ n ∙ k1∙ k2, (19)
bu erda Q – qurilishga zarur bo’lgan materialning miqdori (7-jadvaldan olinadi);
n – material zahirasining me’yorlari kunlarda (ilovadan olinadi);
k1 – material ta’minotidagi uzilishlarni hisobga oluvchi koeffitsient, k1=1,1;
k2 – materiallar sarflanishidagi notekislikni e’tiborga oluvchi koeffitsient, k2 = 1,3.
Omborning foydali maydoni (o’tish yo’laklarisiz) quyidagi formuladan aniqlanadi:
F = P/V , (20)
bunda V – 1 m2 maydonga joylanishi mumkin bo’lgan materiallarning me’yoriy miqdori (Dikman L.G. “Organizatsiya i plnirovanie stroitelnogo proizvodstva: Upravlenie stroitelno’mi predpriyatiyami s osnovami ASU”: Ucheb. dlya stroit. vuzov i fak. – 3-e izd., pererab. i dop. –M.: Vo’ssh. shk., 1988. -559 s.: il. o’quv qo’llanmasining 239-240 betlaridagi ma’lumotdan olinadi).
Omborning umumiy maydoni aniqlanadi:
S = F /β , (21)
bu erda β – o’tish-qaytish yo’laklarining hisobga oluvchi koeffitsient, Dikman L.G. “Organizatsiya i plnirovanie stroitelnogo proizvodstva: Upravlenie stroitelno’mi predpriyatiyami s osnovami ASU”: Ucheb. dlya stroit. vuzov i fak. – 3-e izd., pererab. i dop. –M.: Vo’ssh. shk., 1988. -559 s.: il. o’quv qo’llanmasining 242-betidagi ma’lumotdan olinadi, jumladan, ochiq holda uyib saqlanadigan materiallar uchun β q 0,4…0,5, taxlanib saqlanganda 0,4...0,6, bunkerlarda saqlanadigan holda 0,6...0,7, universal omborlarda saqlanadiganida 0,5.
Omborlarning maydonlari hisobini 8-jadval ko’rinishida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |