Qavatli qazib olish tizimi


Yo‘qotilishni hisobga olish va ularni turkumlash (tasniflash)


Download 0.93 Mb.
bet5/6
Sana12.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1767511
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAYTA O\'Zlash Temur

Yo‘qotilishni hisobga olish va ularni turkumlash (tasniflash)
Foydali qazilmalarni qazib olishjarayonida yo‘qotilish darajasini nazorat qilish va
to‘g‘ri hisobga olishni yo‘lga qo‘ymasdan turib, foydali qazilma zaxirasini yer
ostidan to‘laqonli ajratib olishning optimal miqdorini aniqlash mumkin emas.
Hisob-kitob ishlarini ishonchli, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ularni ratsional guruhlashni,
ya’ni yo‘qotilish turlarini ma’lum belgilari- ga ko‘ra turkumlashni talab etadi.
Qattiq foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar, vazir- liklarda foydalanish
uchun yo‘qotilishining yagona turkumlangan hujjati kontexnika davlat qo‘mitasi
tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat quyidagi ikkita belgilar asosida yaratilgan
bo‘lib, unda yo‘qotilgan foydali qazilmaning holati va yo‘qotilgan joyi ko‘rsatiladi.
Bu turkumlashga muvofiq barcha turdagi qattiq foydali qazilmalarni qazib olishda
ikkita mustaqil sinfga bo‘linib, alohida va har biri hisobga olinadi.
I sinf — umumshaxta (umumrudnik, umumkaryer, umum- priisklar) bo‘yicha
yo‘qotishlar. Bular qatoriga: muhofazalovchi saqlovchi butunliklarda, kon kapital
lahimlari oldida shaxta maydonining chegaralarida, kon texnik inshootlari tagida,
kommunikatsiyalar, binolar tagida qoldirilgan saqlovchi butunliklarda yo‘qotilgan
foydali qazilmalar zaxirasi kiradi.
II sinf — ekspluatatsion yo‘qotishlar, bular qatoriga qazib olish jarayonidagi
barcha yo‘qotishlar kiradi.
Ekspluatatsion yo‘qotilish sinfi yer ostida qoldirilgan (yo‘- qotilgan) foydali
qazilma holatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
A guruhi — massivdagi foydali qazilmaning yo‘qotilishi.
B guruhi — massivdan ajratib (qo‘porib) olingan foydali qa- zilmaning
yo‘qotilishi.Bunday bo‘linish ishlab chiqarish jarayonida ham o‘z aksini topadi, ya’ni iqtisodiy jihatdan zaxirani qazib olishga qilingan xarajatlar o‘lchami bilan
tavsiflanadi.
A guruhi bo‘yicha yo‘qotilish hosil bo‘lish turiga ko‘ra asosan sakkizta
ko‘rinishga ega:
1. Tayyorlovchi lahimlarda to‘liq qazilmasdan qoldirilgan saqlovchi
butunliklarning ma’lum qismi.
2. Qazib olinayotgan uchastka ichidagi saqlovchi butunliklardagi yo‘qotilish.
3. Ruda tanasi chegarasining yotgan, osilgan yonlarida (asosda va shipda) qolgan
rudalarning yo‘qotilishi.
4. Qazib olinayotgan qatlamlar oralig‘idagi yo‘qotilish.
5. Ruda tanasini qanotlarida rudaning siqilgan joyidagi yo‘qotilish.
6. Ruda tanasini qazib olishdagi yo‘qotilish.
7. Yong‘indan saqlash uchun qoldirilgan saqlovchi bu- tunliklardagi, suv idishlari
joydagi va halokatli holat yuzaga kelgan uchastkalardagi yo‘qotilishlar.
8. Geologik buzilishlardagi saqlovchi butunliklarda qolgan yo‘qotilishlar.
B guruhida ham to‘rt xil ko‘rinishdagi yo‘qotilishlarni, uning hosil bo‘lgan joyiga
qarab ajratish mumkin:
1. Tayyorlovchi va qazib olinadigan kovjoydagi rudani yondosh jinslar bilan
aralashishi natijasidagi yo‘qotilishlar.
2. Qazib olinayotgan bo‘shliqda qolib ketadigan qo‘porilgan rudaning
yo‘qotilishi.
3. O‘pirilgan, bosib qolgan, yong‘in chiqqan bo‘shliqda va suv bosgan
uchastkalardagi rudalarning yo‘qotilishi.
4. Rudani yuklaydigan joyida, tushiriladigan va yig‘ib qo‘yiladigan joylardagi,
saralash jarayonidagi va konchilik korxonasining transport yo‘llaridagi yo‘qotilishlar.
To‘rtinchi turdagi rudaning yo‘qotilish darajasi juda oz o‘lchamda bo‘lganda ham,
har qanday foydali qazilmani qazib olishda, har qanday konchilik korxonasida
uchrashi mumkin, shuning uchun uni mustaqil ko‘rinishdagi yo‘qotilish deb
qaralgan.
A guruhi kiradigan yettinchi va sakkizinchi guruhlar va B guruhiga taalluqli
uchinchi guruhdan boshqasi me’yoriy, ya’ni tugatib bo‘lmaydigan yoki haqiqiy
yo‘qotilishlardir.
Yo‘qotilishning yagona turkumlanishi ko‘pgina afzalliklarga ega, ular:
1. Yo‘qotilish natijasini iqtisodiy jihatdan baholash va uning uchun me’yorni
belgilash asosini yaratadi.
2. Qazib olishning har xil davrlarida yo‘qotilish o‘lchamlarini hisobga olish va
uning nazoratini tartibga solish imkonini bera- di.
3. Yo‘qotilishni u yoki bu turga mansubligini belgilashda sub- yektiv
yondoshishdagi kamchiliklarni bartaraf etadi.
4. Alohida bloklarda, pog‘onalarda qazib olish tizimi bo‘yicha yo‘qotilishning
mumkin bo‘lgan darajasini rejalash va amaldagi miqdorini hisobga olishga imkon
yaratadi.
5. Yo‘qotilish hosil bo‘ladigan joyini aniqlash bilan uning kelib chiqish sabablarini
tahlil qilib, uning o‘lchamini kamaytirish chora-tadbirlari belgilanadi.
Konchilik korxonalarida yo‘qotilish o‘lchamini aniqlashda ikkita asosiy usul
qo‘llaniladi.To‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchash usuli, bu usul yo‘qotilish miqdorini to‘g‘ridan to‘g‘ri,jarayonlar turi bo‘yicha ularning paydo bo‘lishini aniqlashga asoslangan usuldir.

P = P, + P2 +....+ Pn
bu yerda: P1, P2, P3, Pn — yo‘qotilishning turlari bo‘yicha o‘lchami (qiymati).




Bilvosita o‘lchash usuli, bu usul yo‘qotilish darajasini hisoblash yo‘li bilan
aniqlashga asoslangan, ya’ni balans zaxira B bilan qazib olingan Bi foydali
qazilmalar oralig‘idagi farqini o‘lchami bilan aniqlanadi:
P = B - Bt (7.2)
Bilvosita taqqoslash usuli to‘g‘ridan to‘g‘ri hisoblash usuliga nisbatan quyidagi
kamchiliklarga ega:
— ishonchlilik darajasi juda past, yo‘qotilish miqdorini bilvosita aniqlashda yo‘l
qo‘yiladigan xato 40—50% ga yetishi mumkin;
— bu usul o‘tgan katta vaqt davomida nisbatan yo‘qotilgan ruda miqdori
yig‘indisini aniqlashga imkon beradi, yo‘qotilishni alohida turlar bo‘yicha va
yo‘qotilgan joyi va yo‘qotilish sababini aniqlash amalda mumkin emas;
— yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra yo‘qotilish o‘lchamlarining alohida turlari,
qazib olish tizimi, alohida qazib olinadigan bloklar bo‘yicha sabablarini aniqlab
yo‘qotilish me’yorini belgilash amalda mumkin emas;
— yo‘qotilishni bilvosita usulida hisoblanganda to‘g‘riligini nazorat qilishni
qiyinlashtiradi va ko‘p miqdordagi balans zaxira- ni asossiz balansdan chiqarishga
olib kelishi mumkin.
To‘g‘ridan to‘g‘ri hisoblash usuli yuqorida keltirilgan kamchiliklardan xoli bo‘lib,
bu usulni qo‘llaganda uni o‘lchash va hisoblash ishlarini amalga oshirish uchun
ko‘pgina mehnat sarflashni talab etadi. Lekin bu usul o‘zining yuqori aniqligi va
ishonchliligi bilan uning oldiga qo‘yilgan vazifani to‘la oqlaydi. Yo‘qotilish
o‘lchamini me’yorlash, me’yordan ortiqcha yo‘qotilishning oldini olish imkonini
beradi.Shuning uchun odatda, yo‘qotilish miqdorini aniqlashda to‘g‘ridan to‘g‘ri
o‘lchash usulini qo‘llash tavsiya etiladi. Bilvosita hisoblash usuli to‘g‘ridan to‘g‘ri
hisoblash usulidan foydalanish imkoni bo‘lmagan va boshqa sabablarga ko‘ra
qo‘llanilishi mum- kin.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling