Qavatli qazib olish tizimi


Foydali qazilmalarni qazish jarayonida yo‘qotilishi haqida umumiy ma’lumotlar


Download 0.93 Mb.
bet4/6
Sana12.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1767511
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAYTA O\'Zlash Temur

Foydali qazilmalarni qazish jarayonida yo‘qotilishi haqida umumiy
ma’lumotlar

Konni qazib olish jarayonida ruda zaxirasining bir qismi yer ostida qolib ketadi
yoki puch jinslar bilan birga yer ostidan chiqarib og‘darmaga joylashtiriladi. Har
qanday qazib olish ti- zimi qo‘llanilganda ham razvedka qilingan zaxiraning 2—3% yo‘qotilishi muqarrar. Odatda, qazib olish jarayonida yo‘qotilish 10—20%, ba’zan bu ko‘rsatkich 50% va undan ham ko‘proq darajada bo‘lish hollari mavjud.
Miqdor yo‘qotilishdan tashqari, rudani qazib olishda ruda sifat yo‘qotilishiga ham
uchraydi, ya’ni qazilgan rudaga yondosh jinslarning aralashib qolishi yoki sanoat
ahamiyatiga ega bo‘lmagan rudaning qo‘shilib qolishi natijasida yuzaga keladi.
Yondosh jinslarni foydali qazilmaga aralashishi natijasida tabiiy holatdagi sifatiga
nisbatan sifati pasayishiga rudaning sifatsizlanishi degan atama qabul qilingan.
Rudaning miqdor yo‘qotilishi va sifatsizlanishi konni qazib olishda iqtisodiy
ko‘rsatkichlariga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Miqdor yo‘qotilishi razvedkaga sarflanadigan xarajatlarning o‘sishiga, kapital xarajatlar amortizatsiyasining ko‘payishiga va qazib olishga tayyorlashda va foydali qazilmalarning qa- zib olinishdagi sarf-xarajatlarining yuqori bo‘lishiga olib keladi va yo‘qotilgan foydali qazilmalar hisobiga olinadigan foyda miqdorining kamayishiga sabab bo‘ladi. Konni qazib olishda yuqotilish darajasining yuqoriligi bevosita ko‘riladigan iqtisodiy zarardan tashqari, rudnikning xizmat muddatini ham qisqarishiga sababchi bo‘lib, yangi rudnik (shaxta) qurishga yoki yangi qavatlarni ochish va tayyorlashga katta o‘lchamdagi kapital qo‘yilmalarni jalb etishga sababchi
bo‘ladi. Yonishga moyil bo‘lgan yoki yonuvchi foydali qazilmalarni qazib olishdagi yo‘qotilishlar ko‘p holatlarda konda yong‘in yuzaga kelishi va qo‘llanilgan qazib olish tizimi sabab bo‘lishi mumkin. Miqdor jihatidan yuqori darajada yo‘qotilishiga bo‘lsa, qazib olish tannarxini pasayishi yoki sifatsizlanish darajasi kamayishi bilan ortiqcha xarajatlar o‘rni qoplanadi. Rudani qazib olishda uning sifatsizlanishi darajasining yuqori- ligi korxonaga keltiradigan iqtisodiy zarari, ahamiyat jihatidan miq- dor yo‘qotilish darajasidan kam emas. Bu zararlar unumsiz ishlarga sarflanadigan xarajatlar bilan ifodalanadi, bunday sifatsizlangan rudani tashish va boyitish fabrikasida yoki metallurgiya zavodida qayta ishlashga sarflanadigan ortiqcha xarajatlarning o‘sishi qayta ishlash jarayonida foydali birikmalarning yo‘qotilish darajasi yuqoriligi, boyitish fabrikasining ishlab
chiqarish quvvatining pastligi ko‘pincha ishlab chiqaradigan tovar mahsulotining
sifati pasayishiga olib keladi. Qazib olishda rudaning sifatsizlanishi korxona olingan foydaning kattagina ulushi kamayishiga olib keladi. Qazib olish jarayonida miqdor va sifat yo‘qotilishi biri ik- kinchisi bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi uchun texnik-iqtisodiy hisoblarini ham birgalikda aniqlashni taqozo etadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling