Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul- kredit va fiskal siyosat Valuta kursi va uni belgilovchi omillar


Download 61.96 Kb.
bet3/7
Sana11.11.2023
Hajmi61.96 Kb.
#1765555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoyitida makroiqtisodiy siyosat

Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir. Bunga misol qilib AQSH, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valutalarini kiritish mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valuta – bu, faqat ba’zi xorijiy valutalarga almashtiriladigan va xalqaro to‘lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valutadir.
Konvertirlanmaydigan valuta – bu, faqatgina ichki to‘lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valutaga ayirboshlanmaydigan milliy valutadir.
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valutani
sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to‘lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valutalarni konvertirlash ko‘pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
2017–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2017- yil I yarim yilligi davomida amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilgan keng qamrovli islohotlarga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Mazkur islohotlar tamoyillarini ishlab chiqishda, asosiy e’tibor, valyuta bozorini yanada liberallashtirish, shu jumladan, milliy valyuta kursini belgilashning bozor mexanizmlarini joriy qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratildi.
Xususan, valyuta siyosatini liberallashtirish borasidagi dastlabki qadam sifatida respublika eksport salohiyatini oshirish va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 30- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi 449- sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra birjadan tashqari valyuta bozoridagi valyuta oldi-sotdi operatsiyalari tijorat banklari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilishi tartibi joriy qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 28- iyuldagi «Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3157-sonli Qaroriga binoan 2017- yil 1- avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qilishdan tushadigan valyuta
tushumining 25 foizini majburiy sotish talabi bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 2- sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177- sonli Farmonining qabul qilinishi bilan esa mamlakatimizda valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha islohotlarning faol bosqichiga o‘tildi.
Mazkur Farmonga muvofiq, 2017- yilning sentabr oyidan boshlab milliy valyutaning almashuv kursini faqatgina bozor mexanizmlari asosida, ya’ni valyuta bozorida chet el valyutalariga bo‘lgan talab va taklifga asosan belgilash tartibi joriy qilindi.
So‘nggi yillarda valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
Bunda asosiy e’tibor inflyasion jarayonlarni jilovlashga, milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayapti. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rilayapti (2.2-jadval).
2018- yilda ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyalari hajmi hamda valyuta bozori ishtirokchilari soni oshganligi kuzatildi.
Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan sotib olingan jami valyuta hajmi 2017- yilga nisbatan 1,5 barobarga yoki 6,7 mlrd. AQSH dollaridan 10,4 mlrd. AQSH dollarigacha oshgan bo‘lsa, ular tomonidan sotilgan valyuta miqdori 2 barobarga yoki 3,2 mlrd. AQSH dollaridan 6,5 mlrd. AQSH dollarigacha ko‘paygan. Bunda, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni hisobot yili mobaynida 2 200 tadan 5 100 tagacha, yoki 2,3 barobarga ko‘paygan.
Bu esa o‘z navbatida, valyuta bozorining erkinlashtirilishi natijasida o‘z valyuta operatsiyalarini norasmiy valyuta bozorida amalga oshiruvchi ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlarining bank sektoriga o‘tayotganligi bilan ham izohlanadi.
2018- yil mobaynida ichki valyuta bozorida xorijiy valyuta taklifi asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eksportdan olgan valyuta mablag‘lari hamda xorijiy davlatlardan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hisobiga
shakllandi.
Xususan, 2018 yilda tijorat banklariga sotilgan eksport tushumlari hajmi 2 barobarga ko‘payib, 4,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. (2017 yilda 2,1 mlrd. AQSH dollari). Natijada, avvallari eksport tushumining majburiy tartibda banklarga sotilgan qismi 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich 61 foizga yetdi.
2018- yilda Markaziy bankning valyuta bozoridagi intervensiyalari strategiyasi almashuv kursining ichki valyuta bozoridagi talab va taklif asosida shakllanishi sharoitida amalga oshirilib, oltin-valyuta zaxiralarining "neytrallik" tamoyiliga asoslandi.
2018- yil davomida Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan intervensiyalar hajmi 3,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi va Markaziy bank tomonidan xarid qilingan monetar oltin qiymati doirasida bo‘lishi ta’minlandi.
Bunda, 2018- yil mobaynida oltin-valyuta zaxiralaridan jami 3,8 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar ichki valyuta bozoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobiga ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talabning 37 foizi qoplandi. Mazkur ko‘rsatkich valyuta bozorini liberallashtirishdan avvalgi davrda 75 foizni tashkil etgan.

2018- yil davomida milliy valyuta – so‘mning almashuv kursi ichki valyuta bozoridagi talab va taklifning o‘zaro nisbati asosida shakllanib, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir etuvchi mavsumiy omillar hisobiga o‘zgarib turdi.


Umuman olganda, 2018- yil oxiriga kelib milliy valyutaning almashuv kursi yil boshiga nisbatan 2,7 foizga (8 120 so‘mdan 8 339 so‘mgacha) pasaygan bo‘lsa, yil mobaynida kursning minimal va maksimal miqdori o‘rtasida o‘zgarishi 7,3 foizni (avgust oyida – 7 781 so‘m, dekabr oyida – 8 348 so‘m) tashkil etdi.
Bozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valuta kurslari o‘zgarib turadi. Davlat valuta kurslarini barqororlashtirish uchun valuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud:


  1. Download 61.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling