Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul- kredit va fiskal siyosat Valuta kursi va uni belgilovchi omillar


Download 61.96 Kb.
bet4/7
Sana11.11.2023
Hajmi61.96 Kb.
#1765555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoyitida makroiqtisodiy siyosat

Zaxiralardan foydalanish. Valuta kursini mustahkamlashning ko‘proq qo‘llaniladigan usuli – rasmiy zaxiralar bilan bozorda manipulyasiya

qilish hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, valuta zaxiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi chet mamlakatlar valutalarining zaxirasidir (Masalan, AQSH dollari, YEVRO va h.k.).

  1. Savdo siyosati. Valuta bozoriga ta’sir ko‘rsatishning boshqa tadbirlariga savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilishni kiritish mumkin. Masalan, AQSH dollarining etishmasligi sharoitida valuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali xorijiy valuta taklifini ko‘paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, uning tarkibini va savdo aloqalarini o‘zgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo‘shadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas.

  2. Valuta nazorati. Boshqa muqobil variant valuta nazorati hisoblanadi. Valuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat o‘z navbatida chet el valutasining bu zaxirasini turli milliy importyorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Shu yo‘l bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valutasi miqdoriga cheklaydi.

Valuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valuta nazorati nisbiy ustunlik tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. Ikkinchidan, etarli bo‘lmagan valuta resurslari ustidan valuta nazorati jarayoni, so‘zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog‘liq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.


  1. Download 61.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling