Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul- kredit va fiskal siyosat Valuta kursi va uni belgilovchi omillar


Erkin suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida


Download 61.96 Kb.
bet2/7
Sana11.11.2023
Hajmi61.96 Kb.
#1765555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoyitida makroiqtisodiy siyosat

Erkin suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat Suzib yuruvchi valuta kursi sharoitidagi budjet-soliq va pul-kredit siyosati qayd qilingan valuta kursi sharoitidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha natijalar beradi. Endi rollarni taqsimlash muammosini to‘g‘ri hal qilish teskari ko‘rinish oladi. Budjet-soliq siyosati savdo, demak, to‘lov balansi uchun pul-kredit siyosatiga nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Aynan budjet-soliq siyosatidan tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga

muvofiq bo‘ladi.
Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish birinchi planga chiqadi.
Agar qayd qilingan valuta kursi sharoitida ichki pul siyosati almashinuv kursinini quvvatlab turishni ham ko‘zda tutgan bo‘lsa, suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin.
Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning oshishiga olib keladi. Ma’lumki xarajatlarning ortishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To‘lov balansining taqchilligi yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi sababli kapitalning mamlakatdan chiqib ketishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin egiluvchan valuta kursi sharoitida taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o‘sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy valutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valuta qadrsizlanadi. Bu qadrsizlanish mamlakat eksportchilarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. Eksportning ortishi mamlakatimiz mahsulotiga bo‘lgan talabning o‘sishini anglatadi va pul massasining dastlabki o‘sishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi.
Demak, pul siyosati ichki daromadlarga bevosita (pul taklifining o‘sishi
orqali) va bilvosita (almashinuv kursining pasayishi hamda eksportning o‘sishi orqali) ta’sir ko‘rsatadi.
Kapitalning oqib ketishiga va o‘z navbatida milliy valutaning qadrsizlanishi darajasiga ta’sir ko‘rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim ahamiyatga egadir.
Ammo, pul-kredit siyosati murakkab etkazib berish mexanizmiga egaligi sababli uning ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’siri ishlab chiqarishni kengaytirishning ichki rag‘batlari (foiz stavkasining pasayishi) orqali emas, balki ko‘proq tashqi dunyo orqali ro‘y beradi deb tasavvur qilish mumkin. Boshqacha aytganda, kapitalning chiqib ketishi va valutaning qadrsizlanishi sharoitida mamlakat mahsulotlariga talabning o‘sishi uning eksportiga talabning oshishi hisobiga ro‘y beradi. Shu sababli pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri o‘ziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida budjet-soliq siyosatining samaradorligini baholash yanada murakkabroqdir.Ma’lumki, davlat xarajatlarining ortishi ichki va tashqi muvozanatga ikki yo‘nalishda: daromad orqali va foiz stavkasi orqali ta’sir ko‘rsatadi. Daromadlarning ortishi(multiplikator samarasi orqali) importni ko‘paytiradi, savdo balansini yomonlashtiradi va milliy valutaning kursini pasaytiradi. Davlat xarajatlarining ortishi, shuningdek, hukumat olayotgan qarzlarini ko‘paytirayotganligini anglatadi, bu esa foiz stavkalarining ortishiga olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari esa xorijdan kapital oqib kelishini rag‘batlantiradi. Bu esa milliy valuta kursini oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa kapitalning mobilligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Kapitalning past mobiligi sharoitida budjet ekspansiyasi daromad orqali ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Kapitalning uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda oqib kelishi savdo balansining taqchilligini qoplay olmaydi va oqibatda valuta kursi pasayadi.
Milliy valutaning arzonlashishi eksportning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi va to‘lov balansining taqchilligini bartaraf qilish imkonini beradi. Eksportning ortishi, shuningdek, budjet ekspansiyasining ichki ishlab chiqarishga ijobiy ta’sirini to‘ldiradi.
Shu bilan birga kapitalning mobilligi ortib borishi bilan kapital schyotining to‘lov balansi va valuta kursiga ta’siri kuchaya boradi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli ro‘y bergan valuta kursining ko‘tarilishi tendensiyasi ustunlik qiladi. Bu eksportning
qisqarishiga va savdo balansi taqchilligining ortishiga olib keladi. Kapitalning katta miqdorda oqib kelishi bu taqchillikni qoplash va to‘lov balansini muvozanatlashtirish imkonini beradi. Ammo budjet ekspansiyasining ishlab chiqarish hajmiga yakuniy ta’siri deyarli nolga teng bo‘ladi. Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni xususiy investitsiyalarni foiz stavkasining oshishi orqali va eksportni almashinuv kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq ijobiy ta’siridan farqli ravishda budjet-soliq siyosati kapitalning past mobilligi sharoitidagina samarali bo‘ladi.
Xulosa yasab, pul va budjet – soliq siyosatining, tashqi balansni saqlab turgan holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan, nisbiy samaradorligini baholashimiz mumkin.
Ma’lumki, qayd qilingan valuta kursi sharoitida ichki monetar siyosat amalda “falajlangan” bo‘ladi va faqat budjet-soliq siyosatigina samara beradi. Va bu samara kapitalning mobilligi ortishi bilan ko‘payib boradi.
Suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish hajmiga, shubhasiz, kapitalning mobilligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar pul-kredit siyosati ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro valuta munosabatlari pulning xalqaro to‘lov jarayoniga xizmat qilishi jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo bo‘ldi va rivojlanishning uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari o‘zgardi. Bir vaqtda valuta munosabatlari ahamiyati o‘sdi va ularning nisbatan mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati mamlakatdan mamlakatga ko‘chadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valuta tizimi va jahon valuta tizimlarining shakllanishiga olib keldi. Valuta – keng ma’noda mamlakat pul birligini (masalan, so‘m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma’noda valuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida qo‘llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valuta tizimiga ega.
Milliy valuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo‘lgan jahon valuta tizimi amal qiladi.
Mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko‘paygani sari pul vositalarini ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o‘zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valuta tizimining barpo etilishiga ob’ektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi

  • mamlakatlar o‘rtasidagi barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valuta tizimi - bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar o‘rtasidagi valuta munosabatlarining yig‘indisidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to‘lov va kredit vositalarini (oltin, eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valutalari, xalqaro pul birliklari);

  2. Valuta kurslarini o‘rnatish va saqlab turish mexanizmini;

  3. Valuta bozorining ishlash tartibini;

  4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini;

  5. Valuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini;

  6. Valuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valuta tizimining barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valuta fondi, Umumjahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki).

Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan uch xil ko‘rinishdagi pul vositalari ishlatiladi:

    • oltin, hozirda o‘zining asosiy to‘lov va hisob-kitob vositasi xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsada, ammo ko‘pchilik valuta zaxiralarining sezilarli qismini tashkil etadi va muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun ishlatiladi;

    • jahonda asosiy o‘rin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning miliiy valutalari (AQSH dollari, YEVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya ienasi va boshqalar);

    • xalqaro pul birliklari.

Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR misol bo‘la oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi mehnatiga, shuningdek, mamlakat valuta zaxiralarini yaratishda qo‘llaniladi.
Xalqaro valuta yoki xalqaro to‘lov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishi kerak bo‘lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. Valuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valutalarga almashish qobiliyati tushiniladi. Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valutalarga ajratiladi.

Download 61.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling