Qayd qilib o‘tish lozimki, uzatiladigan bir paket tarkibida ruxsat etilgan axborotning kattaligi


Download 16.16 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi16.16 Kb.
#1016268





Mavzu-Kirish usullari: Operatsionerni tinglash va to‘qnashuvni hal qiluvchi bir nechta kirish (CMA / CD), token uzatish (TPMA), tizimlar o‘rtasida kanal vaqtini taqsimlash



Boshlang‘ich va oxirgi taqsimlagichlardan va shuningdek, ega bo‘lishni boshqarish baytidan tashqari, paket tarkibiga paketni boshqarish bayti, uzatish va qabul qilish qurilmalarining tarmoq manzili, axborotlar, nazorat bitlar yig‘indisi va paket holatini ko‘rsatuvchi baytlar kiradi.

Qayd qilib o‘tish lozimki, uzatiladigan bir paket tarkibida ruxsat etilgan axborotning kattaligi, Ethernet tarmog‘iga nisbatan tarmoq ish unumdorligini oshirish uchun hal qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin. Nazariy jihatdan 16 Mbit/s uzatish tezligi uchun, axborot maydonining uzunligi 18 Kbaytga yetishi mumkin, katta hajmdagi axborotlarni uzatishda bu ko‘rsatgich muhim. Lekin hatto 4 Mbit/s tezlikda ham Token-Ring qo‘llanilgan tarmoqqa ega bo‘lishning marker usuli sharofati bilan haqiqatda tezkor Ethernet (10 Mbit/s) tarmog‘iga qaraganda katta tezlikka erishadi, ayniqsa, katta yuklamalarda (30-40 % yuqori) CSMA/CD usulning kamchiliklari, ya’ni konflikt holatlarni hal qilishga ko‘p vaqt sarflanishi pand berib qo‘yadi.

Token-Ring tarmog‘ida oddiy paket va markerdan boshqa yana maxsus boshqarish paketi ham jo‘natilishi mumkin, u uzatishlarni uzush uchun xizmat qiladi. U xohlagan vaqtda va axborot oqimining xohlangan joyida uzatilishi mumkin. Bu paket hammasi bo‘lib, ikkita bir baytli maydonni tashkil qiladi.


Download 16.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling