Qayd raqami: № 2022 y
Download 239 Kb.
|
узлуксиз педагогик амалиёт ишчи 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayd raqami: №_______________ «____» ____ 2022 y. “TASDIQLAYMAN”
- Talabalar uzluksiz malakaviy amaliyotining ISHCHI DASTURI Ta’lim yo’nalishi: 5630100 – Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA-MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Talabalar uzluksiz malakaviy amaliyotining ISHCHI DASTURI Ta’lim yo’nalishi: 5630100 – Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi) Samarqand - 2022 Uzluksiz malakaviy amaliyotning ishchi dasturi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti O’quv-uslubiy kengashining 2022 yil “__”______dagi 1-qarori bilan tavsiya etilgan va universitet Ilmiy kengashining 2022 yil “___”______dagi 1-qarori bilan tasdiqlangan “Talabalarning uzluksiz malakaviy amaliyotining darturi” asosida ishlab chiqildi. Tuzuvchi: Dotsent, Tuxtayev M.Q __________________ (imzo) Uzluksiz malakaviy amaliyotning ishchi dasturi Geografiya va ekologiya fakulteti O’quv-uslubiy kengashining 2022-yil “____”______________dagi____- son majlisida muhokama etildi va ma’qullandi. O’quv-uslubiy kengash raisi :dots. B. Fayzullayev________________________ (imzo) Uzluksiz malakaviy amaliyotning ishchi dasturi Geografiya va ekologiya fakulteti Ilmiy kengashining 2022-yil “____”______________dagi____-son qarori bilan tasdiqlandi. Ilmiy kengash raisi dots. A.X. Ravshanov_______________________________ (imzo) Kirish Uzluksiz malakaviy amaliyot o’quv jarayonining bevosita ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan tarkibiy qismi bo’lib, barcha talabalar ushbu dasturda belgilangan tartibda topshiriqlarni bajarishlari va hisobotlarni himoya qilishlari shart. Uzluksiz malakaviy Uzluksiz malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi tegishli ta’lim yo’nalishi bo’yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni amalda tadbiq qilishga o’rganish, uni kengaytirish, chuqurlashtirish va mustaxkamlash, amaliy ko’nikmalar hosil qilish bilan bir qatorda pedagog kasbining o’ziga xos murakkab qirralari bilan, ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hozirgi zamonaviy holati, ilg’or pedagogik tajribalar bilan tanishishdir. Uzluksiz malakaviy amaliyot, asosan, shahar xududi va shaharga yaqin tumanlarda joylashgan salohiyatli umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’tkaziladi. Shuningdek, fakultet Ilmiy kengashi qarori bilan shahardan uzoq tumanlar ta’lim muassasalarida ham o’tkazilishi mumkin. Uzluksiz malakaviy amaliyot muddati haftaning juma, shanba hafta (haftalik ish yuklanmasi 12 soat). Amaliyotni o’tish vaqti tegishli ta’lim yo’nalishlari o’quv rejasiga asosan belgilanadi. Talabalarning uzluksiz malakaviy amaliyot davomidagi faoliyati 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarning bajarilish sifati, ilg’or malakaviy va axborot vositalaridan foydalanish darajasi, darsga va darsdan tashqari mashg’ulotlar, tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga tayyorgarligi va o’tkazish saviyasi, bilimlarni amalda qo’llay olish qobiliyati, malakaviy faoliyatga ijodiy yondashishi, o’quvchilarning yosh va psixologik hususiyatlarini hisobga ola bilishi, jamoa ishlaridagi faolligi, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishi e’tiborga olinadi. Download 239 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling