Qayd raqami


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/68
Sana03.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1153806
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68
Bog'liq
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed

жинсий
лаззат
олишга
қаратилган,
туғма
онгсиз
майл (инстинкт)
дир.
Фрейд инсон психикасида даставвал нисбатан
автоном,
лекин
доимий ўзаро фаолиятда
бўлувчи иккита структура, онгсиз “У” («Оно»,
«Ид») ва онгли “Мен” («Я», «Эго») ни ажратди,
кейинчалик уларга “Юқори Мен” (Сверх-Я) ни
ёки Супер – Эгони қўшди, “Юқори-Мен” “Мен”га
жойлашиб олади ва махсус таҳлилсиз “Мен”
уни
англамайди.
Фрейднинг
фикрича,
неврознинг сабаби “У”, “Мен” ва “Юқори-Мен”
ўртасидаги ўзига хос зиддият ҳисобланади.
1885 yil Freydning taqdirida burilish yili bo‘ldi. U Parijga borish va o‘sha davrning eng 
mashhur nevrologlaridan bo‘lgan Jan Sharkoning qo‘lida to‘rt oy shogird-tadqiqotchi bo‘lib 
ishlashga imkon beradigan tadqiqotchilik stipendiyasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Freydning 
isteriya va boshqa psixik buzilishlar asosida seksuallilik bilan bog‘liq muammolar yotishi haqidagi 
fikrlari 1896 yilda uning Vena tibbiyot jamiyati a’zoligidan chiqarilishiga sabab bo‘ldi. 
«Tushlarni ta’birlash» (1900) asari nashr qilingandan keyingi besh yil ichida Freydning 
obro‘si shunchalik ko‘tarildiki, u dunyo tanigan vrachlar safidan o‘rin oldi. 1902 yilda «Psixologik 
chorshanbalar» jamiyati tashkil bo‘lib, unga Freydning eng sodiq intellektual izdoshlari kirdi. 
1908 yilda bu jamiyat Vena psixoanalitik jamiyati deb atala boshladi. Jamiyat a’zolari bo‘lgan 
Ernest Jons, Shandor Ferensi, Karl Gustav Yung, Al’fred Adler, Gans Saks, Otto Rank kabi 
Freydning ko‘plab safdoshlari keyinchalik har biri o‘z yo‘nalishida taniqli psixoanalitiklar bo‘lib 


yetishdilar. Birmuncha kechroq esa Adler, Yung va Ranklar Freyd izdoshlari safidan chiqishib, 
o‘zaro raqobatdagi ilmiy maktablarga asos solishdi. Freyd 1939 yilning 23 sentyabrida Londonda 
vafot etdi. 
Freyd yaratgan ta’limotning o‘zagini tashkil qiluvchi psixoanaliz atamasi uch xil 
mazmunni anglatadi:
1) shaxs va psixopatologiya nazariyasi;
2) shaxs buzilishlari terapiyasi usuli, va;
3) individumning anglanmagan fikrlari hamda hissiyotlarini o‘rganish usuli.
Nazariyaning terapiya va shaxs o‘lchovi bilan bunday bog‘lanishi Freydning inson xulqi 
haqidagi tasavvurlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Lekin bu murakkabliklar ostida bir 
necha asosiy konsepsiya va tamoyillar borki, ular Freydning shaxsga psixoanalitik yondashuvining 
o‘zagini tashkil qiladi. Ushbu qo‘llanma ana shu asosiy tushuncha va tamoyillarnigina yoritishni 
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 
Freyd ta’limotiga ko‘ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan, 
tug‘ma ongsiz mayl (instinkt) dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, ahloqiy prinsiplar tufayli, 
ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli bu mayl to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘siladi. Shuning uchun ham 
ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab turilgan vaziyat o‘rtasida ichki ruhiy konflikt 
(to‘qnashuv) paydo bo‘ladi, bu to‘qnashuvlar ba’zan barqaror asab kasalligiga (nevrozga) olib 
keladi. 
Asrimiz boshlaridayoq Z.Freyd kishi shaxsi faolligi manbai va xarakterining o‘zicha talqinini 
tavsiya qilgan edi. Uning ko‘pchilik izdoshlari tomonidan ma’qullangan nuqtai nazariga ko‘ra, 
kishi unda hayvonot dunyosiga mansub ajdodlaridan meros qilib olgan instinktiv mayllar va, eng 
avvalo, jinsiy instinkt va o‘zini himoya qilish instinkti mavjud bo‘lganligi tufayli faol emish. Lekin 
jamiyatda instinktlar o‘zini hayvonot olamida bo‘lgani kabi namoyon qila olmaydi, negaki, 
jamiyat kishini ko‘plab cheklashlar to‘riga o‘rab tashlaydi, uning instinktlari va mayllarini 
«senzura»ga ro‘baro‘ qiladi, bu esa kishini ularni cheklashga majbur etadi.
Instinktiv mayllar shu tariqa shaxsning anglanilgan hayotidan sharmandali bo‘lgan, man 
etilgan va obro‘-e’tiborga putur yetkazadigan hodisalar sifatida chiqarib tashlanadi va anglanilgan 
sohasiga aylanadi, «yashirin holatda yashay boshlaydi», lekin yo‘qolib ketmaydi. Ular o‘zining 
harakatlanuvchi kuchini, o‘z faolligini saqlab qolgan holda anglanilganlik sohasidan sekin-asta 
kishilik madaniyatining turli shakl va inson faoliyati mahsuli tusiga kirib (kismlarga ajratgan 
holda) shaxsning xulq-atvorini yo‘naltirishni davom ettiraveradi. Anglanilganlik sohasida 
instinktiv mayllar o‘zining kelib chikishiga bog‘liq holda turlicha «komplekslar»ga birlashadi, bu 
esa, Freydning va freydchilarning ta’kidlashlaricha, shaxs faolligining haqiqiy sababi bo‘lib 
hisoblanadi. Psixologiyaning vazifalaridan biriga muvofiq tarzda anglanilgan «komplekslar»ning 
aniqlanishi va ularning anglanishiga yordam berishi, go‘yo bu shaxsning ichki ziddiyatlari yuzaga 
chiqishi ehtimolini bartaraf etadi. Masalan, «edipcha kompleks»ni ana shunday qo‘zg‘atuvchi 
sabablar qatoriga kiritishar edi. 
Buning ma’nosi shuki, har bir bolada hali yoshligidayoq go‘yo qadimgi yunon dramaturgi 
Sofoklning «Shoh Edip» tragediyasining asosiy mazmunini tashkil etadigan mojaroni bolaning 
g‘aflat ostida o‘z onasi bilan jinsiy aloqa qilib qo‘yishi va otasini o‘ldirishini eslatuvchi fojiali 
vaziyat ro‘y berarmish. Freydning ta’kidlashicha, to‘rt yashar o‘g‘il bolaning onasiga nisbatan 
shahvoniy xirs qo‘yishi va otasining o‘limini orzu qilishni («edipcha kompleks») boshqa bir kuch 
— yaqin kishisi bilan aloqada bo‘lganligi uchun dahshatli jazoga tortilish havfi («axtalanish 
kompleksi») bilan to‘qnash keladi. 
Shaxsning bundan keyingi butun rivojlanishini freydchilar anglanilganlik sohasiga majburiy 
tarzda olib kirilgan turli xil komplekslar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sifatida talqin qiladilar. 
Freydning shaxs faolligi haqidagi konsepsiyasi (barcha xatolariga qaramay, uning yutug‘i 
anglanilmaganlik va moyilliklar jabhasiga e’tiborni jalb etganligida edi) ni hatto, bolaning 
shahvoniy istaklari va qo‘rqinchlari haqida hech narsaga asoslanmagan xayoliy uydirmalarini bir 
chekkaga surib qo‘ygan holda diqqat bilan qarab chiqilishi bu yerda faollikning o‘zi ham biologik 
tabiiy kuch deb tushunilayotganini payqab olish imkonini beradi. U hayvonlar instinktiga 


o‘xshash, ya’ni o‘zining barcha o‘lchovlariga, sublimatsiyalari (qismlarga ajratilishi) va unga 
qarama-qarshi qo‘yilgan jamiyat bilan mojarolari bo‘lgani holda o‘sha hayvonlar istinkti singari 
anglanilmagan bo‘ladi. Bunda jamiyatning vazifasi mayllarni cheklashdan va «senzura» ostiga 
olishdan iborat bo‘lib qoladi.
Shaxs va uning faolligini bunday tarzda talqin qilish shaxsning ijtimoiy mavjudot emas, balki 
biologik jonzot ekanligi haqidagi bahoni keltirib chiqaradi. Bunda inson va jamiyat bir-birlariga 
prinsipial jihatdan yotdir va ularning «uyg‘un tarzda» munosabat o‘rnatishlari faqat birini 
ikkinchisining kuchi bilan bostirilgan taqdirdagina, birining ikkinchisi ustidan abadiy zo‘rligi 
bo‘lgandagina, anglanilgan jabhaning isyon ko‘tarishi, tajavuzga yuz tutishi va hokazolar 
doimiy xabar solayotgan taqdirdagina mumkin deb faraz qilinadi. 
Freydizm nuqtai nazaridan olganda, odam amalda ijtimoiy hodisa emas. Kishi xulq-atvori 
ikkita prinsipga: «huzur-halovat prinsipi» (bu o‘rinda asosan jinsiy mayllarning aks etishi nazarda 
tutiladi) va «reallik prinsipi» (jamiyatning uyatli va ta’qiqlangan narsa sifatida shahvoniy havasni 
bostirib turish zarurligi haqidagi talablaridan kelib chiqadigan) ga bo‘ysundiriladi. «Huzur-halovat 
prinsipi» bilan «reallik prinsipi»ning to‘qnashuvi natijasida anglanilmagan sohaga «qondirilmagan 
mayllar» ajralib chiqishi ro‘y beradi va ular odamning xulq-atvorini shu yerdan idora qilib turadi. 
Bixevioristlarda bo‘lgani kabi bu o‘rinda ham ongning roli ozgina tan olinadi, ong esa har 
tomonlama obro‘sizlantiriladi. Psixoanalitiklar anglanilmagan psixik qo‘zg‘atuvchilar bilan avval 
boshdanoq odamga dushman bo‘lgan sotsial muhit o‘rtasidagi doimiy qarama-qarshilik 
to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqib, individ, bir tomondan, vijdon, nomus, qo‘rquv va shu 
kabilar («ong senzurasi») shaklida o‘zi boshidan kechiradigan qatag‘onlarni yaratuvchi muhitning 
talablari, ikkinchi tomondan esa hukmini o‘tkazuvchi anglanilmagan mayllarning bir-birini 
sig‘ishtirmasligi bilan bog‘liq ichki konflikt holatiga muqarrar tushadi, deb da’vo qilishgan edi.
Kishi bunday vaziyatlar oqibatida vujudga kelgan tanglikdan shahvoniy g‘ayratni sotsial 
jihatdan maqbul yo‘lga burib yuboradigan himoya mexanizmlarini ishga solgan tarzda qutiladi. 
Katta yoshdagi odamning anglanilmagan holda yo‘naltiruvchi xatti-harakati uning ilk bolalik 
davrida shakllangan maqsad-istagining qaramligida bo‘ladi va amalda uning butun umri bo‘yi sira 
o‘zgarmasdan, faqat ongning «senzurasi» bilan murosa qilish zaruratidan niqoblanib qolib ketadi. 
Freyd psixologlarning e’tiborini anglanilmaganlik va psixologik himoya muammolariga
katta yoshdagi kishining xulq-atvoriga, bolalikdagi voqealarning ta’siriga va boshqalarga jalb 
qildi, lekin bu muammolarni tubdan noto‘g‘ri, shaxs psixologiyasini biologiyalashtirgan, shaxsni 
hatto noijtimoiy kuch deb ta’riflangan holda anglanilmaganlikning ongdan ustunligi va kishi xulq-
atvorining shahvoniy mayllarga bo‘ysunishi to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqib talqin etgan 
edi. Freyd o‘zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi 
umumiy ta’limotga aylantirishi g‘arb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi. 
Freyd ta’limotini tan olmay turib zamonaviy shaxs nazariyalarini ob’ektiv baholab 
bo‘lmaydi. Uning u yoki bu (yoki hamma) g‘oyalari tan olinishi yoki tan olinmasligidan qat’i 
nazar, Freydning XX asr g‘arb sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan chuqur va mustahkam ta’sirini inkor 
etib bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, insoniyatning butun tarixi davomida kamdan-kam g‘oyalar 
shunchalik keng va kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. Uning inson tabiatiga o‘ziga xos qarashlari 
o‘sha davrda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga keskin zarba berdi: Freyd insonning qorong‘i, 
yashirin, demak, anglab bo‘lmas deb hisoblangan psixik hayoti qirralarini tushunishga 
erishishning qiyin, lekin jalb qiluvchi yo‘lini taklif qildi. 
Freydning shaxs faolligini butunligicha faqat shahvoniy xirsga bog‘liq qilib qo‘yishga 
intilishi yo‘nalishda bo‘lmagan psixologlarning ham ko‘pchiligida e’tiroz tug‘dirdi. Bu hol klassik 
freydizmning va undan muayyan chekinishlarning birikuvidan iborat xususiyatga ega bo‘lgan 
neofreydizm (A.Kardiner, E.Fromm, K.Xorni va boshqalar)ning kelib chiqish sabablaridan biri 
bo‘lgan edi. Kishilik jamiyatida ko‘pchilik kishilarning hayoti va taraqqiyoti jarayonida bu tabiiy 
ongsiz mayl energiyasi mehnat faoliyatiga aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. 
Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko‘chirilishini sudlimatsiya deb ataladi. 
Freydning ayrim shogirdlari uning ta’limotiga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritganlar. Masalan, Adolf 


Adler fikricha, seksual (jinsiy) mayl emas, psixik hayotning asosini, ustunlikka, hokimiyatga, 
boshqa kishilar ustidan hukmronlik qilishga bo‘lgan tabiiy mayl tashkil qiladi. 
Neofreydchilar shaxsning faolligini tushunish borasida shahvoniy mayllarning ustunligi 
fikridan voz kechishadi va insonning biologik mavjudotligidan chetga chiqishadi. Shaxsning 
muhitga bog‘liqligi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bunda shaxs go‘yo uni beixtiyor belgilaydigan 
ijtimoiy muhitning shunchaki oddiy tasviri sifatida namoyon bo‘ladi. Muhit shaxsga o‘zining eng 
muhim xususiyatlari aksini singdiradi. Ular ana shu shaxs faolligining ko‘rinishlariga aylanadi. 
Masalan, qanday bo‘lmasin mehr qo‘yishlariga va ma’qullashlariga muvaffaq bo‘lish uchun 
intilish, hokimiyatning, obro‘-e’tiborning va sohiblikning orqasidan quvish, obro‘-e’tiborli 
odamlar guruhining fikriga bo‘ysunishga va qabul qilishga intilish, jamiyatdan o‘zini olib qochish 
ana shunday ko‘rinishlardir. Bu konsepsiyalarda ham shaxsning faolligi haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydigan fikrligicha qoladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling