Qayd raqami
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. O'zbekistonda psixologiya fanining hozirgi holati. 2. O'zbekistonda psixologiyaning rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar. 3. O'zbekistonda birinchi eksperimental laboratoriya haqida gapiring. 8-SEMESTR 1-MAVZU: FАNNING MЕTОDОLОGIYASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHА Reja: 1. Psiхоlоgiyaning mеtоdоlоgiyasi psiхоlоgik tushunishpning mustаqil bo`limi sifаtidа. Fаn mеtоdоlоgiyasi tushunshаsi. Mеtоd tushunshаsini tоr vа kеng mа’nоdа tushunish. Mеtоdоlоgik bilimlаr tuzilishiiing vеrtikаl usuli: -fаlsаfiy mеtоdоlоgiya dаrаjаsi:-fаnning umumiy mеtоdоlоgiyasi: - yaqqоl-ilmiy mеtоdоlоgiya dаrаjаsi: -tаdqiqоt o`tkаzish vа uning mеtоdikаlаri dаrаjаsi. 2. Mеtоdоlоgiyani fаlsаfiy tushunish: prеdmеt ishidаgi, bilimlаrning yaqqоl-ilmiy bulimdаgi fаrqli tоmоnlаri. Mеtоdоlоgiya vа fаlsаfа mеtоdоlоgiyasi. Mеtоdоlоgiya vа fаnshunоs ilmiy fаоliyati mеtоdоlоgiyasi. Mеtоdоlоgiya vа psiхоlоgiya. 3. Psiхоlоgiya bilimlаr butun bir tizim ekаnligi hаqidаgi tаsаvvurlаr. Psiхоlоgiyaning хususiy mеtоdоlоgik mаsаlаlаri vа dаrаjаlаri. Psiхоlоgiyaning хususiy mеtоdоlоgik tаdqiqоtlаri mаqsаd vа vаzifаlаri. Umumiy metodologiyaning fan metodologiyasi tarmog‘i fan tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ilmiy tadqiqotning umumiy va xususiy metodlarini o‘rganadi, shuningdek, ob’ektiv real borliqning turli xususiyatli toifalariga hamdahar xil ilmiy muammolar turkumiga nisbatan ilmiy yondashuvlar, qarashlarning prinsiplarini tadqiqotqiladi. Ilmiy tadqiqotning umummetodologik prinsiplari dialektik bilish (kognitiv) nazariyasi va mantiq (logika) fanla rida mujassamlashgan bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladihamdao‘z ta’sirini o‘tkazadi. Prinsiplar ta’kidlab o‘tilgan fanlarning negizida fan metodologiyasi sohasi yuzaga keladi, rivojlanadi va o‘z navbatida tadqiqot muvaffaqiyatini ta’minlaydi, aks etishning mukammalligiga puxta zamin hozirlaydi. Fan metodologiyasi sohasi ilmiy tarmoqning ob’ekti sanalib, ilmiy tadqiqotning aynan jarayoni bo‘libhisoblanadi, ya’ni ilmiy bilish faoliyati bir butun organiq uzviy birlikda, uning tarkibiy qismi bo‘lmish fan metodologiyasi bilan o‘zaro uzviy aloqada, izchil uyg‘unlikda olib qaraladi. U yoki bu ilmiy tadqiqotning ob’ekti, ya’ni mazkur tadqiqot real voqelikning qaysi doirasi bilan munosabatga kirishishi tahlilining predmeti yoki ob’ektning maxsus jabhasi yaqqol holatni o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Tadqiqotni oldiga qo‘yilgan maqsad va ilmiy muammolarning yechimi jarayonidagi tadqiqotni amalga oshiruvchi aqliy faoliyatning bosqichlari, yuzaga kelgan vaziyatning xususiyatlari, shartsharoitlari muvaffaqiyatga erishishning negizi sanaladi. Tadbiqiy xususiyatli xilmaxil muammolarni yechishda qatnashuv fanning ijtimoiy funksiyasining kengayishi, ilmiy (aqliy) faoliyatning differensiallashuvi, murakkablashuvi munosabati bilan bilimlar va ularni egallashni maxsus tahlil predmetiga aylantirish zarurati paydo bo‘ladi. Shuningdek, hozirgi zamon fan va texnika tizimida ko‘pgina masalalar har xil sohalar bo‘yicha mutaxassislarning namoyandalari ishtirok etuvchi bir kator ilmiy guruhlar (mikro, mize ko‘lamli), jamoalar kuchini, aqliy salohiyati, ichki imkoniyatlarini birlashtirishni talab qiladi. Xuddi shu munosabat bilan fan metodologiyasi fanlararo tadqiqotni tashkil etishning rasional va samarador metodlarini ishlab chiqish, modifikatsiyalash, qorishiq shakliga keltirish, qayta qurish, ularning invariantlarini topish va yangi vaziyat (sharoiti)ga fikran ko‘chirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi zamon fan metodologiyasida bilishning (kognitiv holatning) umumiy prinsiplari, umuman olganda, fanning kategorial tuzilishini tadqiq etuvchi falsafiy metodologiya to‘rini ajratishga o‘rinish mavjud. Bizningcha, uning tarkibiga qo‘yidagilarni kiritish mumkin: 1. Fanning har xil sohalarida olib boriladigan tadqiqotlarning umumilmiy prinsiplari va shakllarining darajasi (masalan, nazariy kibernetika, umumiy psixologiya, sistemali va faoliyatli yondashuvlar va xokazo). 2. Yaqqol (qonkret) ilmiy metodologiyaning darajasi, boshqacha so‘z bilan aytilganda, u yoki bu ilmiy predmetga tatbiqqilinuvchi tadqiqoto‘tkazish prinsiplari va metodlarining majmuasi. 3. Tadqiqoto‘tkazishning texnikasi, texnologiyasi metodikasining darajasi, ya’ni ishonchli amaliy ma’lumotlar olishni va dastlabki amaliy yoki miqdoriy materiallarni qayta ishlashni (statistik texnologiyani) ta’minlovchi yo‘lyurikdar tanlash. Tadqiqot ishtirokchilarining yosh va gender xususiyatlari, milliy qiyofasi, intellektual darajasi, umumiy saviyasi, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy tayyorgarlik ko‘rsatkichi. 4. Tadqiqotni amalga oshirish jarayonidagi muhitning, vaziyatning, ob’ektiv va sub’ektiv shartsharoitning «inson omili»ga yo‘nalganligi. 5. Tajribasinov materiallari ob’ektlarining umumiy talablarga mutanosibligi, kashfiyotlarning ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etishi, jahon sivilizatsiyasiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi va hokazo. Psixologiya fanining metodologiyaga dahldor muammolari to‘g‘risida aniq, ravshan mulohaza yuritish orqali metodologiyaning o‘ziga qanday ta’rif berilganligini tahlilqilibchiqish lozim, bu borada maxsus nashrlarda (ensiklopediya, falsafiy va psixologik lugatlarda, ayrim monografiyalarda hamda darsliklarda) «metodologiya» terminining turlituman shaklda, keng va tor ko‘lamda mohiyatini ochib berishga harakat qilingan va bu asnoda muayyan darajada aniqlikka erishilgan ham. Hozirgi zamon psixologiya fanida ilmiy an’analarga asoslangan holda «metodologiya» termini tahlilqilinganida ilmiy yondashuvning har xil xususiyatli uch darajasi nazarda tutiladi va ularning o‘zaroaloqasi, o‘zaro birbiriga ta’siri hamda umumiylik, taqozo etuvchanlik tomonlari (jabhalari) zaruriy unsurlar sifatida e’tiborga olinadi. 1. Umumiy metodologiya tadqiqotchilar tomonidan qo‘llaniladigan, majmuaviy negiz sifatida asoslanadi gan bilimning umumiy usuli, unga umumiy tarzdagi falsafiy yondashuv, talqin, tabiatshunoslik va insonshunoslik gugrisidagi qonunlar, qonuniyatlar, mexanizmlar mukammal tarzda aks ettirilishidir. Psixologiya fani uchun ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida an’anaviy tus olib kelinayotgan dialektika, bilish nazariyasi, mantiq, biosfera va noosfera munosabatlarining umumlashgan majmuasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy metodologiya tadqiqotlar uchun (qaysisohabo‘lishidan qat’iy nazar) umumiy prinsiplar, qonunlar, qonuniyatlar, mexanizmlar, metodlar, tushunchalar, fazalar, darajalar, ko‘rsatkichlar, bosqichlar, munosabatlar yaxlitligini yuzaga keltiradi, aksariyat hollarda anglashilgan yoki anglashinilmagan asnoda ulardan foydalanish an’anaga aylanib boraveradi. Psixologiya fanida psixikaning ta’rifi, uning evolyusion taraqqiyoti, jamiyat, borliq, ong, shaxs, sub’ekt, komil inson va shunga o‘xshash kategoriyalarning mohiyati be vosita qo‘llaniladi. Ushbu psixologik holatning vujudga kelishiga asosiy sabab fanimizning falsafa tarkibida rivojlanib kelganligidir. Fan tarixi o‘zida mujassamlashtirgan, ob’ektiv va sub’ektiv (shaxslararo) munosabatlarning barqarorligi, o‘zgaruvchanligi, takomillashuvi to‘g‘risidagi mulohazalar umumiy metodologiyaning ham predmeti, ham ob’ekta hisoblanadi. Xususiy yoki maxsus metodologiya bu muayyan fan sohalarida qo‘llaniladigan prinsiplar, qonunlar, qonuniyatlar, metodlar, mexanizmlar, uslublar majmuasidir. Xususiy metodologiya umumiy metodologiyaning (falsafiy ilmiy asos sifatida) muhim prinsiplarini, metodlari va metodikalarini maxsus tadqiqot ob’ektlarida tatbiq etishda mu jassamlashadi. Bu, o‘z navbatida, bilishning muayyan usuli yoki uslubi bo‘libhisoblansada, lekin u tor doiradagi bilimlar tizimiga moslashtirilganligi bilan keskin ajralib turadi. Psixologiya fanining metodologiyasi o‘zining kelib chiqishi bo‘yichapsixologiya bilan sotsiologiyadan iborat ekanligi tufayli umumiy metodologiyaning prinsiplari xuddi ikkala sohaning negizlari shartsharoitlariga moslashgan holda ifodalanadi. Bunga yaqqol misol tariqasida faoliyatning taraqqiyot prinsipini keltirib o‘tish mumkin, chunonchi, ushbu tushunchalar falsafiy ma’noda: a) faoliyat insonning borliqka nisbatan munosabati mohiyatini aks ettiruvchi usuldir; b) taraqqiyot insonning ham ijtimoiytarixiy (filogenetik), ham individual (ontogenetik) kamolotini ifodalovchi mezondir. Ong va faoliyat birligi prinsipi to‘g‘risida ham xuddi shunday mulohazalarni bildirish o‘rinlidir, chunki bu bilan biz insonda ong paydo bo‘lishida mehnatning rolini alohida ta’kidlab o‘tishga erishamiz. Shuningdek, bu asnoda biz, birinchidan, umumiy prinsiplardan biri hisoblanganligini aks ettirish (in’ikos) prinsipi, ong esa aks ettirishning yuksak shakldagi ko‘rinishi ekanligini, shaxsning faolligini keltirib chiqaruvchi omil sifatida xizmat qilishini e’tirof etamiz. Ikkinchidan, faoliyat kishilik jamiyatini hukm surish imkoniyatining negizi ekanligi. Uchinchidan, inson o‘zini o‘ziboshqarishni amalga oshiruvchi ong tariqasida namoyon bo‘lishini, turtinchidan, taraqqiyot mulkulchilik manbai ekanligini va jamiyatda yuzaga keluvchi turli shakldagi munosabatlarning sifat jihatidan ta’minlanishini ta’kidlashga sharoit yaratadi. To‘rtinchidan, ijtimoiy munosabatlar mohiyatini ishlab chiqish, jamiyat qonunlarini kashf qilish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish orqali metodologiyaning prinsiplari o‘rtasida uyg‘unlik vujudga keladi. Beshinchidan, faoliyat tufayli yaratuvchanlik yuzaga keladi va uning natijasida ham yakka shaxslar turmushida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ham jamiyat farovonligi ta’minlanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, individning shaxslararo munosabatga kirishishi, uning shaxsga aylanishi faoliyat zamirida ruyobga chiqadi, yakka faoliyat hamkorlik faoliyati bilan umumiy tizimni tashkil qiladi. Oltinchidan, uning muvaffaqiyatini esa ong regulyator (boshqaruv vositasi) sifatida ta’minlab turadi, buning natijasida taraqqiyot, sivilizatsiya amalga oshadi. Yettinchidan, mazkur zanjir tariqasidagi aloqalar shaxsning maxsus faoliyat turi timsolidagi faollikni vujudga keltiradi,ob’ektga nisbatan sub’ektiv munosabatni barpo qiladi, keyinchalik «sub’ektob’ektsub’ekt» tarzidagi o‘zaro ta’sir yoki o‘zarota’sirlanishni aks ettiradi. Inson jamiyatda shaxslararo munosabat uslublarini egallay borib, umumiy metodologiya prisiplarini xususiy metodologiyaga tatbiq eta boshlaydi. Sub’ekt bilan ob’ekt qutblari o‘rtasidagi munosabatlar tizimi keng kulamda yakka shaxsga yaqqollashadi, ijtimoiy-psixologik rollarning o‘zgarishinatijasida teng chiqqanlilik, sheriklik imkoniyatlari namoyon bo‘ladi. Alohida faoliyatda yoki hamkorlik faoliyatida inson o‘z qiziqishlarini qaror toptirish natijasida atrofdagi muhitni, yaqqolvoqelikni egallay boradi, ularnio‘zgartirishga intiladi, moddiy olam to‘g‘risida kengroq ma’lumotga ega bo‘la boshlaydi. Uning ta’sirida shaxso‘zining bir turkumdagi ehtiyojini qondirish evaziga yangi xususiyatli boshqaehtiyojlar ko‘rinishi vujudga keladi, ularni qondirish esa uzluksiz ruhiy jarayonga aylanadi. Faoliyat taraqqiyoti, ong bilan faoliyat birligi prinsiplari goh jarayon, goh faollik, goh motivatsiya, gohehtiyoj tarzida inson shaxsini shaklllantirishga, kamol toptirishga xizmat qiladi, bir darajadan ikkinchiga o‘tish sifat o‘zgarishlarini (filogenetik hamda ontogenetik davrda) ta’minlaydi. Bu o‘rinda tarixiylik,monizm prisiplari muhim rol o‘ynaydi, ijtimoiytarixiy sharoit zaruratini, shaxsning individual liginy (betakrorligini) dalillash imkonini tugdiradi, shu bilan birga, vaziyatni oqilona, odilona, omilkorlik bilan baholashga negiz hozirlaydi. Umumiy metodologik prisiplar turlicha psixologik holatlarda o‘z ifodasinitopadi: individual faoliyatni egallashda shaxsning ob’ektiv va sub’ektiv omillarga nisbatan munosabati, ichki imkoniyati ruyobga chiqishida; faoliyatni hamkorlik deyatushunish, shuningdek, shaxslararo kommunikatsiyami vujudga kelish jarayonida; individual, guruhiy, jamoaviy hamkorlik faoliyat sub’ektiga aylanishida; faoliyat sub’ekta sifatida hamkorlik ishtirokchilarini tan olish va tushunish ularning maqsadi, ehtiyoji, motivatsiyasi ko‘rinishida kuzatiladi. Umumiy metodologiya prinsiplarini tadqiqotning me’yoriy asosi sifatida tan olinishi uning strategiyasini belgilaydi bu esa o‘z navbatida, xususiy yoki maxsus metodologiya funksiyasini ijro etadi. Buning natijasida shaxslararo munosabat ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan yakinlashadi, individual ma’no kasb etuvchi voqelik ijtimoiy xususiyatni o‘zida aks ettiradi. 2. Metodologiya bu tadqiqotning aniq, yaqqol metodik usullari majmuasidir, degan talqin bir qator chet el manbalarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, aksariyat holatlarda «metodika» termini bilan ayniylashtiradi. Metodikalar yoki metodlar majmuasi tariqasida tahlil va talqin qilinishi tufayli metodologiyaning tor yoki keng ma’noda tushunish umummetodologik qarashlar tizimidan tashqarida hukm surishini belgilaydi, albatta. «Metodologiya» tushunchasini uchinchi ma’noda talqin qilish va unga asosiy e’tiborni qaratish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Chunki har qanday empirik, eksperimental metodikalar (anketa, test, intervyu, sotsiometriya va boshqalar) qo‘llanilishidan qat’i nazar, ular umumiy va xususiy metodologiyadan ajralgan holda tahlilqilinishi mumkin emas. Modomiki shunday ekan, metodikalar metodologik muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi, bunda tadqiqotning muhimjabhalari har xil shartsharoitidan kelib chiqiladi. Xuddi shu boisdan umummetodologik prinsiplar to‘g‘ridan to‘g‘ritadqiqotga tatbiqqilinmasdan, balki ular xususiy metodologiya prinsiplari yordami bilan mohiyatga kirib boradi. Hozirgi zamon psixologiyasida tadk;ik;otning o‘ziga xos xirralari va qiyofalarini ochish uchun qo‘yidagi psixologik holatlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: 1. Tadqiqothamisha muayyan qonkret ob’ektlarga qaratilgan bo‘lib, u ma’lum kulamdagi empirik ma’lumotlarni umumlashtirgan holda fan predmetiga yoyishga yo‘naltiriladi. 2. Tadqiqotda differensial holda amaliy, mantiqiy, nazariy muammolar hal qilinishi, o‘z yechimini topishi rejalashtiriladi. 3. Tadqiqotda o‘rnatilgan, topilgan omillar, dalillar bilan faraziy mulohazalar o‘rtasidagi farqlar psixologik jihatdan yaqqol tavsiflab berishga muljallanadi. 4. Tadqiqotning maqsadi omillar, dalillar va jarayonlar tuzilishini izohlashgina emas, balki ularni oldindan payqash, his etish (sezish) hamda bashorat qilishdir. 5. Tadqiqotda har tomonlama tekshirilgan ilmiyamaliy ma’lumotlarni olish, ularni muayyan prinsip asosida birlashtirish, oldindan aytish (taxmin qilish) prinsiplarini qo‘llash va tekshirish. 6. Ma’lumotlarni matematikstatistika metodlari yordami bilan hisoblab chik;ish va ularga asoslangan holda umumiy xulosalar chiqarish, ya’ni umumlashmalar umumlashmasini vu judga keltirish. Ilmiy manbalarda (ensiklopediya va rasmiy lug‘atlarda) metodologiyaga metod to‘g‘risidagi ta’limot sifatida ta’rif beriladi, uning mazmunida bilish faoliyatining boshqaruv prinsiplari, usullari, uslublari majmuasi yotishi nazarda tutiladi. Buning natijasida kuzlagan shu maqsadga, ishonchli yo‘lyuriqqa, ob’ektiv bilimga erishish ta’minlanadi. Qo‘yilgan maqsadga erishishning harakat (sensor, sensomotor, aqliy) bilan mutanosibligi (mosligi) metodning tub mohiyati yoki ahamiyati «maqsadga erishuv yo‘li»ni aynan aks ettirishdan iborat bo‘lib, ularni harakatning operasional tomoni (jabhasi) tavsifi sifatida tushunish hollari ham uchrab turadi. Jumladan, F.Ilichev «metodologiya» tushunchasiga manbalarda berilgan ta’rifga asoslangan holda, tushunchaning etimologiyasi, uning tarixiy ahamiyati va ma’nosini izohlash uchun kamlik qilishini ta’kidlaydi. Tadqiqotchining qarashiga (yondashuviga) asoslanib, metodologiyani metod to‘g‘risidagi ta’limot deb ta’riflash mumkin emas, chunki «fizikaning metodologik muammolari»ga qo‘yidagilar (masalalar) kiritiladi: fan sifatida fizikaning predmeta, tarixiy taraqqiyot davomida ushbu fan predmetining o‘zgarib borishi, fizikaning matematikaga munosabati, fizik reallik tushunchasi, muvozanat prinsipi va hokazo. Boshqacha so‘z bilan aytganda, «fizika metodologiyasi» so‘z birikmasi nafaqat fizikaviy tadqiqot metodlari nazariyasini emas, balki u fizikaviy nazariyani o‘rganishni, uni asoslashni, ilmiy bilim tizimida egallagan o‘rnini, uning amaliyotga nisbatan bevosita munosabatini ifodalashni anglatadi. Ob’ektiv (tabiiy) va sub’ektiv (shaxsga oid) shartsharoitlar mavjudligiga. Ob’ektiv va sub’ektiv shartsharoitlar hukm surishini o‘zgartiruvchi tasodifiy va favquloddagi vaziyatlar ta’sirchanligiga, ustuvorligiga. Emotsiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb etishiga. Insonni shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga. Shaxsning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo. Shaxsning hayot va faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, maqsadigamuvofiq sa’yharakatlarni unga yo‘naltirish uchun quyidagilarga e’tibor qilish zaruratning zaruratidir: ob’ektiv va sub’ektiv shartsharoitlar o‘zgarsa, ularga tuzatishlar (korreksiya) kiritishga tayyorgarlikka; favquloddagi vaziyatlarga ko‘nikish uchun shaxsga trening yordami bilan ta’sir o‘tkazishga, unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga; organizmning har qanday stixiyalarga chidamligini orttirishga; komillikka intilish histuyg‘ularni takomillashtirishga; shaxs imkoniyatlarni ro‘yobga chiqishga ko‘maklashishga o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘ziga o‘zi buyruqberish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘ziga o‘zi taskin berish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish va hokazo. Inson hayotini va faoliyatini o‘zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo‘lib, ular muayyan darajada shaxsning ta’siriga beriluvchandirlar. Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari, determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi. 1. Determinizm prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiytarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog‘liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipiga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir. 2. Ong bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma’noni anglatadi: a) ong bilan faoliyat birbiriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat aynan birorbiriga o‘xshash ham emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir; (ko‘rsiv E.G‘.). Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo‘lsada, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan (rivojlanishini anglatuvchi) modeli ongda yuzaga keladi, odam atrofmuhit bilan munosabatga kirishganda undan mo‘ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o‘z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammovauningechimi variatsiyalar, invariantlar turtki vazifasini o‘ynaydi). Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi, birinchidan, xulqatvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat beradi; ikkinchidan, harakat, sa’yharakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning birligi psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyat, puxta shartsharoit yaratadi. Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi. Mazkur prinsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.M. Teplov, B.G.Ananev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan. 3. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqpashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o‘zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. Psixologlarningushbu prinsipgataallukli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S.Vigotskiy: ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn: ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov: qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo‘ladi; lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo‘la olmaydi. Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va miyaning mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, histuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. «Odamning ongliligi uning turlituman faoliyatida, xattiharakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar hisoblanadi. Inson o‘zi yashab to‘rgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiysiyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning histuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodi, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari astasekin o‘zgarib boradi. Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab to‘rgan borliqni yanada chuqurroq, to‘laroq, aniqroq aks ettirish imqoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xattiharakatlarining majmuasidir. Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi ob’ektiv borliqqa va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. O‘yinni kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini ifodalaydi. Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs akdzakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir natijasida unda akdning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi. Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish prinsiplarni quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi: determinizm; ong va faoliyat birligi; taraqqiyot; tarixiylik; predmetlilik; monizm; nutq va tafakkur birligi; faollik; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya; faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi; psixikani sistemali analiz; aks ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in’ikos qilinuvchi ob’ektga bog‘liqligi va hokazo. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling