Qayd raqami
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Test metodi. Test inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqpiy
o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilashga bogliqdir. 1905 yildan, ya’ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a so‘rganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi. Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroqtest tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSh, Yevropa va hokazo) testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liqruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq Ittifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Kruteskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarningtafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psihologlardan Rorshah Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo‘llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga: Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo‘ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to‘g‘risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo‘naltirilgan), og‘zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga’lim va kasb ta’limida tayyorgarlik darajasini aniqlaydi). Insonningakl idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo‘lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo‘riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi. Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o‘rganish va baholashga mo‘ljallangan bo‘ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldorligi: egiluvchanligi, tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlovchanligi, qonstruktivligi va hokazo) o‘rganishga yo‘naltiriladi. Mezonga mo‘ljallangan (kriterial orientirlangan) testlartekshiriluvchidan egallagan va kasbiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlashga mo‘ljallangandir. Mezon (kriteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Mezonning yaratilishi uning mantiqiypsixologik tuzilishini tahlil qilish asosida quriladi. Bunda metodika bilan mezonning psixologik mutanosibligi, relevantligi oldindan hisobga olinishi lozim. Stixiyalar haqida ham manfiy, xaotik harakatlarning ma’lum yo‘nalishda, muayyan fazoda va maqonda muvaqqat hukm surishi ehtimolini dalillash mumkin. Ba’zi o‘rinlardagi favquloddagi hodisalar, holatlar, kechinmalar, omadsizliklar yoki omad kulib boqishi kabi voqelikni tushuntirishda ham ikkiyoqlama stimulyator (goh musbat, goh manfiy) tarkibining dadillik, xayolparishonlik, frustratsiya, eyforiya (kayfiyat kuchayishi) qamrab olishi, bir tomondan, insonga quvonch tuyg‘usini, ikkinchi tomondan, omadsizlik, baxtsizlikni keltiradi. Sun’iy kuchaytirgich yoki susaytirgichlar ta’sirini ilmiy asosda tushuntirish psixologiya fani javob bera olmaydigan bironbir hodisa yo‘q ekanligidan dalolat beradi. Psixologiya fanida ko‘p yillar davomida ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi muvofiqlik, mutanosiblik taraqqiyotni belgilaydi, degan g‘oya fanimiz metodologiyasida hukm surib kelar edi. Vaholanki, ishlab chiqarish kuchlari (insonlar: xizmatchilar, ishchilar) bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi muvofiqlik, moslik taraqqiyotni emas, balki barqarorlik (stabillashuv)ni keltirib chiqaradi, holos. Binobarin, barqarorlashuv o‘sishni (professni) bildirib kelmasdan, balki uning bir tekis maromda kechayotganligini (mahsulot, xom ashyo tayyorlanilayotganligini) anglatadi, demak, bu holat umumiy taraqqiyotni emas, balki mo‘lko‘lchilikni, serobchilikni bildiradi. Ikkinchi tomondan ishchilar sinfiga nisbatan berilgan yuksak baho ham taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi to‘g‘risidagi muammoga adekvat tarzdagi javob vazifasini bajara olmaydi. Chunki ishchilar sinfi uyushgan, ilg‘or bo‘lishiga qaramasdan, bu makro guruh ijtimoiy hayotda mo‘lko‘lchilikni yaratish, ya’ni moddiy ne’matlar, mehnat aslahalari ishlab chiqarish bilan cheklangandir. Lekin ushbu sinf yangilik vujudga keltirish, kashfiyot qilish bilan aslo shug‘ullangan emas va bu narsani amalga oshirish imkoniyati bu ijtimoiy guruhda mutlaqo zaifdir. Bizningcha, taraqqietni yuzaga keltiruvchi asosiy omil — bu shaxslar (olimlar, qonstruktorlar, me’morlar, salohiyatli davlat arboblari) bo‘lib, ular biosfera va neosferaning insoniyat uchun noma’lum, yangi qirralarini ochish, fanni rivojlantirish, texnika va texnologiya ishlab chiqarishga qodirdirlar. Psixologiya fanida inson omili uzluksiz ravishda ta’kidlanib turilishiga qaramasdan, u taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi ekanligi batamom tan olinmagan. Xuddi shu bois individuallik va umumiylik («Biz» va «Men») ustuvor rol o‘ynashi birlamchi voqelik sifatida talqin qilingan. Bugungi kunda inson omili, komil inson psixologiyasining bosh maqsadiga aylanib, uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, iste’dod alomatlari qancha erta ro‘yobga chiqarilsa, demak, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni shakllantirish shunchalik tezlashadi, Inson kamoloti quyidagi bosqichlardan iborat: mo‘rtaklik — odam — inson — shaxs — sub’ekt — komil inson. Inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling