Qayd raqami
Tarixiy psixologik tahlil printsiplari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antikvarizm
Tarixiy psixologik tahlil printsiplari Tarixiy tadqiqotlardagi eng muhim printsip - tarixiylik printsipidir. Bu printsip tadqiqotchidan o'rganilayotgan hodisaning shu davrning hamma o'ziga xosliklari, ijtimoiy- madaniy aloqalari, uning butun konkret mazmuni bilan birga o'rganib, o'rganiladigan hodisaning qaytarilmasligi va noyobligini ko'rsata olishni talab qiladi. Tarixiylik printsipining tuzilishi prezentizm va antikvarizmda ko'rinadi. Prezentizm - tarixiy tadqiqotni o'rganilayotgan davrdan faqatgina hozirgi zamon tasavvurlariga mos bo'lgan ko'rinishlarinigina ajratib olib o'rganish bilan cheklanishdir. Antikvarizm - aksincha tarixiy o'tmishni hozirgi zamon talablariga bog'liq bo'lmagan, qotib qolgan hodisa sifatida o'rganadi. O'tmish hodisalarni tasvirlashdagi har qanday bir yoqlamalik, sxematizm tarixiylik printsipidan chekinishdir. Shu bilan tarixiy tadqiqotlar o'rganilayotgan hodisalarning umumiy qonuniyatlarini topishni talab qiladi. Bu talabni bajarishni asosan mantiqiylik va tarixiylikning birligiga tayanish ta'minlaydi. Bu printsipga ko'ra tarixchi o'tmish hodisasini shunchaki tasvirlab qo'ymay, balki uni nazariy jihatdan tasavvur eta olishi kerak, ya'ni bu hodisalarda qandaydir doimiylikni topa olishi kerak. Tarixiy psixologik g'oyalarni ijtimoiy, siyosiy yo'nalishni g'oyaviy mohiyatini aniqlashni talab qiladi. Bunday yondashish ilmiy kontseptsiyalarning jamiyatdagi ijtimoiy rolidan ajratib o'rganuvchi ob'ektivizm va sub'ektivizmdan farq qiladi. Tarixiy psixologik tadqiqotlarda M.G.Yaroshevskiy ta'kidlaganidek, determinizm - sababiylik printsipi katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, tarixda determinizmning ko'plab turlari paydo bo'lgan. Mexanikadan oldin, mexanik, biodeterminizm, psixodeterminizm, sotsiodeterminizm. Bularning har biri psixik hodisalar o'z - o'zidan paydo bo'ladi deb talqin qiluvchi indeterminizmga qarshi turadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling