Qayd raqami
Materializm va idealizm kurashi
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontekstik yondashish
Materializm va idealizm kurashi
Ba'zi ta'limotlarga ko'ra ikki dunyoqarash materialistik va idealistik dunyoqarashlar to'qnashuviga ta'sir etadi. Psixologiya ijtimoiy fanlar va tabiatshunoslik fani to'qnashuvida ekan, unda ana shu to'qnashuv aniq ko'rinadi. Ijtimoiy rivojlanishni bir davrda odamlar reflekslariga ega bo'lishdi, o'z xulqini analiz qila olgach, idealizm fikrini maxsus birlamchi haqiqat deb qabul qildi. Psixika xususiyatlarini idealizm boshlang'ich, hech nima bilan aniqlanmaydigan, boshqa hamma narsani tushuntira oladigan deb qabul qildi. Materializm ong va ob'ektiv haqiqat o'rtasida umumiylikni axtarib, ongni ob'ektiv haqiqatdan chiqqan deb o'rgatadi. Dialektika Haqiqatni o'rganish qiyin va qarama-qarshi xarakterga ega. O'rganish dialektikasining ko'rinishlaridan biri krizis holati va ilmdagi revolyutsiyadir. Psixologiya ham shu krizis va revolyutsiyalardan o'tdi. Uzoq vaqt burjuaziya tarixshunoslarida ikki xil yondashish hukmronlik qilgan: «personalistik» va «kontekstik». Personalistik yondashish Ilmiy gipotezalar, kashfiyotlar, adashishlar o'z avtorlariga ega, ularni nomalarini tarix saqlab qoladi, shuning uchun faktni rivojlanishi oxirgi nuqtasi ayrim shaxslarni aql idrokiga bog'liq, degan fikr paydo bo'ldi. Kontekstik yondashish Ko'p faktlar shuni bildiradiki, ilmiy g'oyalarning yo'nalishi ob'ektiv qonunga tobe, yakka omil - o'z zamonini namoyondasi, u o'z zamonini intellektual iqlimida chegaralanib qolgan. Kashfiyot - uni tayyorlovchi g'oyalarsiz bo'lmaydi. Kontekstik yondashishni tarafdorlaridan ko'zga ko'ringan amerikalik psixolog E.Borin, ilm- fan tarixi L.Tolstoyning «Urush va tinchlik» asarida ulug' qishilarni: «tarix qullari» deganini qo'llab-quvvatlaydi. Ularni nomlari davrni, maktablarni, oqimlarni, muhim tarixiy epizodlarni farqlashda ishlatilgan tamg'alardir. Yana bir amerikalik psixolog «personalistik» va «kontekstik» yondashishlar bir-birini to'ldiradi, deb hisoblaydi. Tarixda ulug' kishilar bor, ammo ulug' voqealar ham bor. Ikkovlon bir-biri bilan chambarchas bo'lib, bir-birini to'ldiradi. Ammo zamon ruhini roli katta, chunki inson qanchalik ulug' bo'lmasin, zamon iqlimidan uzoqroq bo'lsa, nom-nishonoiz yo'q bo'ladi. «Kontekst» kontseptsiyasi uning asosiy tushunchasini noaniqligidan muhim tushuntirish ahamiyatiga ega emas: «Intellektual iqlim», «Zamon ruhi», «Sotsial madaniy atmosfera» bunday noaniq determinantlarga murojaat qilish bizni na ilmiy fikr rivojlantirish harakatini va na ob'ektiv tarixiy logikani tushuntirishda olg'a siljitadi. Bir kontekstni ikkinchisi bilan almashtirish ilmiy natijani yo'q qilib, «kontekst» yondashishdan qoniqmaslik psixologiyani o'rganish tarixini boshqa usullar bilan axtarishni majbur qiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling