Qayd raqami
«Juftlarni qarama-qarshiligi » printsipi
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik sistemalar supernazariya sifatida
«Juftlarni qarama-qarshiligi » printsipi
Psixologik g'oyalar harakatini umumiy chiziqlarini aniqlashda sxemalarga asoslanilsa harakat qarama-qarshilikka ega deyiladi. Buni amerikalik tarixshunos «qarama-qarshilik jufti» deb atadi. Bir necha nazariyalar taklif qilindi. G.Merfi psixologik o'rganishlarni XX asrning 10-20- yillarida to'rt «qarama-qarshilik juft» larga bo'ldi: 1. «struktura - funktsiya » 2. «qisman butun» 3. «sifat - son» 4. «eksprimental - statistik» XX asrning 10-yillarida birinchisi hukmronlik qilgan, 20-yillarda ikkinchisi deb hisoblangan. Amerika psixologiya jurnalini 50 yil davomida bosilib chiqqanini analiz qilib D.Bruner va G.Olbert nazariyalarini umumlashtirib: 1.«ratsional - empirik» 2.«teologik- mexanik» 3. «sifat - son» deb ajratdilar. Ular har juftni ikkinchi qismini vazni bosib chiqishini xulosa qildilar. Keyinchalik G.Olbert nazariyalarni ikki guruhga ajratdi: a) determinizm printsipiga amal qiluvchilar; b) shaxsni kelajagiga orientatsiya qilishga aktsentratsiya qilganlar. Psixologik sistemalar supernazariya sifatida Psixologiyani rivojlantirishda olimlar bir xususiyatni aniqladilar, shuning uchun uning faktini va xarakteristikasini tasvirlash bilan birga sistemalar to'g'risidagi tushunchani kiritish kerak deb hisoblashdi. Psixologik sistemalar «supernazariya» (supernazariya) deb nomlanadi. Ularni paydo bo'lishini bir qator mualliflar psixologiyani teoritik yetilmaganligi bilan bog'laydilar. 1933yilda amerikalik psixolog Edna Xaydbreder «Fan spekulyatsiyadan o'zini tiyadi, fakt bilan tasdiqlanmagani kerak emas. Ammo psixologiya faniga yagona mustahkam sistemani yaratish uchun umuman faktlar yetarli emas» - deb yozadi. 40 yildan keyin bu fikrni yana eslab amerikalik psixologlar Melvin Marks va Vil`yam Xilks u xali kuchdaligini tasdiqlashadi. Bu mualliflar fikricha, sistema funktsiyaci «direktivdir». Bu sistema psixologga qaysi ob'ektlar bilan va qaysi metod bilan ishlash kerakligini ko'rsatadi. O'z- o'zicha sistemalarni xarakteristikasini «supernazariya» sifatida tasvirlab beradi xolos, uni kelib chiqishini, rolini ochmaydi. Qarama-qarshilik holatida sistemalarning har biri o'z fanini tasdiqlar, o'z ishlash usuliga ega edi. Shunday qilib o'rganilayotgan qismlarning birligi yo'q bo'lar edi. Psixologiyani birlik sonida gapirish mumkin emas. Marienson tomonidan bosilgan kitoblar «1930 yil psixologiyalari», «1925 yil psixologiyalari» deb ataladi. O'sha davrda psixologlar ko'p edi va ularni soni ham ko'payayotgan edi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling